Nazorat uchun savollar:
1. Xalqaro baholash dasturlari deganda nimani tushunasiz?
2. Bu dasturlarning ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyati nimalarda deb o‘ylaysiz?
3. PISA qanday baholash dasturi?
4. PIRLS xalqaro dasturida o‘quvchilar bilimi qaysi jihatlariga ko‘ra baholanadi?
5. Xalqaro baholash dasturlarini mamlakatimizda amalga oshirish istiqbollari haqida o‘z fikrlaringizni bildiring?
Ona tili fani bo‘yicha uzluksiz ta’limning Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari mazmuni.
Reja:
Ta’lim sohasiga oid qonunlar, qarorlar va ularning amaliyotga joriy etilishi.
Uzviylashtirilgan o‘quv dasturlari, darslik, o‘quv qo‘llanmalarining qiyosiy tahlili
Ta’lim sohasiga oid qonunlar, qarorlar va ularning amaliyotga joriy
etilishi
Vatanimiz taraqqiyotining asosiy poydevori ta’lim va tarbiya bo‘lib, bu boradagi faoliyatimizni har tomonlama puxta, aniq rejalar asosida tizimli tashkil etishimiz lozim.
Rasmiy ta’lim-tarbiya uzluksiz ta’lim tizimini tashkil qiladi. Uning boshqa ta’lim-tarbiyalardan farqi shuki, jamiyat talabi asosida ishlab chiqilib, davlat buyurtmasi, talablari mazmun mohiyatiga mos tasdiqlangan dastur, ishchi reja asosida amalga oshiriladi. O‘zbekistan Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, shuningdek, 2017 yilning 15 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 140-sonli Qarori bilan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi Nizom ta’lim sohasiga oid asosiy qonun va qarorlar hisoblanadi.
“Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi Nizom O‘zbekistan Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom talablari barcha umumta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi. Xususan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining huquqiy maqomi bir vaqtning o‘zida 2 ta qaror bilan tartibga solingan edi (Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 21- noyabrdagi 440-son va 1998-yil 13- maydagi 203-son qarorlari). Shu bilan birga ushbu qarorlarda ayrim normalarning boshqa qonun hujjatlariga zid, shuningdek, unda o‘z kuchini yuqotgan Hukumat qarorlariga havolalar mavjud bulgan. Mazkur Nizom tasdiqlangunga qadar ta’lim tizimida bir qator o‘z yechimini kutayotgan masalalar mavjud edi.
Jumladan, sinflarda o‘quvchilar sonini me’yordan ortib ketganligi, 6 yoshli bolalarning maktabga qabuli, umumiy o‘rta ta’limga to‘liq qamrab olinishi va o‘quvchilarning harakatini doimiy nazoratga olish uchun har bir umumta’lim muassasasiga ma’lum bir hudud (mikrohudud) biriktirilmaganligi, birinchi sinfga o‘quvchilarni qabul qilish uchun topshiriladigan hujjatlar ro‘yxatiga aniqliq kiritilmaganligi, 8-9- sinflarda jismoniy tarbiya fanidan guruhga bulinmay olib borilayotganligi, olis (tog‘li, cho‘lli) aholi punktlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining filiallari, kam komplektli sinflar tashkil etish tartibi, logopediya shoxobchalari hamda kuni uzaytirilgan guruhlar faoliyatiga oid masalalar mavjud edi.
Ushbu Nizom tasdiqlanganligi natijasida yuqoridagi masalalar o‘z yechimini topdi.
Birinchidan, barchamizga ayonki, ayrim umumta’lim maktablarida o‘quvchilar soni 40-50 nafarni tashkil etadi. Ushbu jarayonni tartibga solish maqsadida, sinfda o‘quvchilar soni 35 nafardan oshmasligi, dars jarayonida o‘quvchilar bilimini nazorat etishga va sanitariya normalariga amal qilinishiga sharoit yaratildi. Bu esa o‘quvchilarning sifatli ta’lim- tarbiya olishlariga imkon yaratadi.
Ikkinchidan, maktab yoshidagi bolalarning ota-onalariga yengillik yaratish maqsadida, 203-sonli Nizomda bolalarni umumta’lim maktabiga qabul kilish tibbiy-psixologiya-pedagogika komissiyasining tavsiyanomalari bo‘yicha 6-7 yoshdan amalga oshirilgan bo‘lsa, mazko‘r yangi tahrirdagi Nizomda umumta’lim muassasalarining birinchi sinfiga har yili 31 avgustga qadar (shu kuni ham) 6,-5 yoshga to‘ladigan barcha bolalar tibbiy-psixologiya-pedagogika komissiyasining tavsiyanomalarisiz fakatgina tibbiy xulosaga muvofik qabul kilinishi belgilab berildi. Qabul kilinayotgan o‘quvchilar umumta’lim muassasasining birinchi sinfiga tayyorgarlik darajasidan qat’i nazar, tanlovlarsiz qabul qilinadi. O‘qishga qabul qilinayotgan bolalarning ota-onalari umumta’lim muassasasi ustavi, ichki tartib-qoidalari va ta’lim-tarbiya jarayonini tartibga soluvchi boshqa hujjatlar bilan tanishtirilishi lozim. Agarda, tegishli yilning 31 avgustiga qadar 6,-5-yoshga to‘lmagan, 1-sinfda o‘qish istagini bildirgan bolalarning ota-onalari bilan umumta’lim muassasasining pedagog xodimlari va psixologi tomonidan bolani maktabda o‘qishga jismonan va ruhan tayyorlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boriladi.
Uchinchidan, ota-onalarni sarsongarchilik va turli kog‘ozbozlikni oldini olish maksadida, maktabda birinchi sinfga qabul qilish uchun ota-onalar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning yagona shakli ishlab chiqilib, hujjatlarning aniq ro‘yxati tasdiqlandi.
Ota-onalar tomonidan umumta’lim muassasasi direktori nomiga ariza: ota-onalarning fuqarolik pasporti (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi) nusxasi (doimiy propiskasi yoki turgan joyi buyicha hisobga olinganligi haqidagi qayd yozuvi ko‘rsatilgan holda);
bolaning tug‘ilganlik hakidagi guvohnomasi nusxasi;
bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnoma;
bolaning 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 4 dona rangli fotosurati kabilar taqdim etiladi.
To‘rtinchidan, maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga to‘liq qamrab olish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida, tuman (shahar) hokimliklarining karori bilan maktablarga mikrohududlar biriktirilishi hamda hudud doirasida pedagog xodimlar tomonidan bolalarni birma-bir (uyma-uy yurib) ro‘yxatga olish tartibi belgilab berildi. Umumta’lim muassasasi rahbariyati mazko‘r muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni o‘z vaqtida umumta’lim muassasasiga o‘qishga jalb qilish uchun mas’ul hisoblanadilar.
Beshinchidan, o‘quvchilarni sinfdan-sinfga, bir umumta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazishda o‘quvchilar harakati nazorati kuchaytirish maqsadida, umumiy o‘rta ta’lim muassasasida ish hujjatlarini yuritilishi aniq tartibga solindi.
Oltinchidan, 8-9 sinf o‘quvchilarning soni 25 nafar yoki undan ziyod bo‘lganda o‘quvchilarning fiziologik rivojlanishini hisobga olib, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini orttirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish uchun jismoniy tarbiya fanidan o‘g‘il bolalar va qiz bolalar alohida guruhlarga bo‘linib, mashg‘ulotlar tashkil etilishi belgilandi.
Yettinchidan, mazko‘r qarorda olis hududlardagi maktablarning filiallarini tashkil etish, kam komplektli sinflar bilan ishlash tartibi takomillashtirildi. Maktabda kuni uzaytirilgan guruhlar va logopediya shahobchalari tashkil etish va ularning faoliyatini olib borish tartibi belgilandi. Olis (tog‘li, cho‘lli) aholi punktlarida yashovchi maktab yoshidagi bolalarning umumiy o‘rta ta’lim olishlarini tashkil etish maksadida tegishli tuman (shahar) hokimliklarining qarori asosida umumta’lim muassasalarining filiallarida o‘quvchilar soni 100-180 nafar bo‘lganda tashkil etiladi.
Davlat umumta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:
O‘zbekistan Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari;
umumta’lim muassasasining tadbirkorlik faoliyatidan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan shartnoma asosida pullik xizmat ko‘rsatish, bino va inshootlarni, jihoz va anjomlarni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
ota-onalarning istaklariga ko‘ra, umumta’lim muassasalarida pulli xizmat asosida 5-6 yoshli bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlov guruhlari ham tashkil etilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |