Fizik kattaliklar va ularni o’lchash.
Fizikaviy hodisalar va ularning qonuniyatlarini aniqlashda, kuzatish, o‘lchash va modellashtirish usullaridan foydalaniladi. Ko‘pincha fizikaviy hodisa va jarayonlar fizik kattaliklarni o‘lchash bilan bog‘liq.
Fizikaviy kattaliklar deb, jismlar (yoki fizik hodisa) ning shunday xossa va xususiyatlariga aytiladiki, ular turli jismlarda, har xil miqdorda yoki bir jismning o‘zida o‘zgarib turishi mumkin. Bunday kattaliklarga uzunlik, massa, vaqt, harorat, bosim va x.k. kabi kattaliklar kiradi.
Har bir kattalik o‘lchash natijasiga qarab, turlicha aniq qiymatda bo‘lishi mumkin. Biror fizik kattalikni o‘lchash deganda, shu kattalikni birlik sifatida qabul qilingan ma’lum namuna qiymati (etalon) bilan solishtirish tushuniladi. O‘lchash natijasida shu kattalik o‘lchov birligidan necha marta katta yoki bu birlikning qancha qismini tashkil etishini ko‘rsatadi.
Masalan, mexanikabiy kattalik bo’lmish, uzunlir va vaqtni qanday o’lchanishini ko’raylik.
Fazodagi nuqta yoki jism holatini belgilovchi x, y, z koordinatalar uzunlikdan iborat bo‘lgani uchun, uzunlikni o‘lchash usulini tanlash kerak bo‘ladi. Odatda, uzunlikni o‘lchash uchun, qandaydir qattiq sterjenni namuna(etalon) deb hisoblab, uni o‘lchov birligi deb qabul qilinadi. Uzunlikningo’lchov birligi qilib Xalqaro birliklar tizimida(XBT) 1 metr(1m qabul qilingan.
Nuqtaning fazodagi koordinatalaridan birini o‘lchash uchun, shu yo‘nalishga o‘lchov birligi bo‘lgan namuna necha marta joylashish soni aniqlanadi. Ana shu son tanlangan yo‘nalishdagi jismning uzunligini belgilaydi. Agarda bu son butun bo‘lmasa, namuna mayda bo‘laklarga (o‘ndan bir qismi, yuzdan bir qismi va h.k.) bo‘linadi.
Bunday o‘lchash to‘g‘ridan - to‘g‘ri o‘lchash deb ataladi. Ammo bu usul kamchiliklardan holi emas. Masalan, Yerning radiusini, Yerdan Oygacha va Quyoshgacha bo‘lgan masofalarni o‘lchashda namunadan foydalanib bo‘lmaydi. Bunda bilbosita o’lchash usullaridan foydalaniladi.
Vaqt ham fizik kattalik bo‘lgani uchun uning miqdoriy qiymatlari ayrim sonlardan iborat bo‘ladi. Ammo, uzunlikka o‘xshash vaqtning absolyut qiymati yo‘q. Vaqtning o’lchov birligi qilib Xalqaro birliklar tizimida 1sekund (1s) qabul qilingan. Vaqt deganda qandaydir vaqt momentlari oralig‘ini tushunish kerak. Fazodagi har qandaymexanik jarayon biror vaqt oralig’ida sodir bo’ladi.
Jismlar harakatini fazo va vaqtdan ajralgan holda tasavvur qilib bo’lmaydi.Shuning uchun ham jismlarning mavjudligi va ularning harakatlari fazo va vaqtda sodir bo’ladi deb qaraladi.
O‘lchashlar o‘lchash asboblari yordamida amalga oshiriladi. Masalan, massa tarozi bilan, harorat termometr bilan, kuch dinamometr bilan, tok kuchi esa ampermetr bilan o‘lchanadi va x.k. Xalqaro birliklar tizimiga 7 ta asosiy, 2 ta qo‘shimcha va 27 ta hosilaviy birliklar kiradi. Asosiy birliklar: uzunlik (metr), massa (kg), vaqt (sekund), modda miqdori (mol), temperatura (Kelvin), tok kuchi (Amper), yorug‘lik kuchi (Kandela)ni asosiy o‘lchov birligi sifatida qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |