1 - Ma’ruza
Klassik mexanikaning fizik asoslari. Ilgarilanma va aylanma harakat kinematikasi.
Reja:
1. Fizika fani haqida ma’lumot. Fizika va texnika.
2. Malakali muhandislar tayyorlashda fizika fanining tutgan o‘rni.
3. Fizika fani va uning rivojlanish bosqichlari.Fizik kattaliklar va ularni o’lchash. Klassik mexanika va uning rivoji.
4. Moddiy nuqta harakatining kinematik ta’riflari.Ilgarlanma va aylanma harakat.
5. Egri chiziqli harakat kinematiksi.
Tayanch so’z va iboralar: Kinematika, moddiy nuqta, radius vektor, traektoriya, tekis harakat, tezlik, o’rtacha tezlik, tezlanish, burchak, radian, burilish burchagi, aylanma harakat, aylanish davri, aylanish chastotasi, chizikli tezlik, burchak tezlik, burchak tezlanish.
1. Fizika fani haqida qisqacha ma’lumot. Fizika va texnika.
Fizika grekcha” fyuzis” so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zbekchaga tarjima qilinsa, “tabiat” degan ma’noni anglatadi. Fizika tabiat haqidagi fan bo’lib, bizni o’rab olgan olamdagi barcha jonsiz narsa va hodisalarning tuzilishi, ularning harakati va o’zgarish qonuniytlarini o’rganadi. Tabiatning sir asrorlarini kimyo, biologiya va boshqa tabiiy fanlar ham o‘rganadi. Tabiat hodisalarini o‘rganadigan barcha fanlar tabiiy fanlar yoki tabiatshunoslik fanlari deb ataladi.
Tabiiy fanlarni taraqqiy etishi natijasida fan va texnika sohasida yangi qonunlarining ochilishi, jamiyat ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishi uchun turtki bo‘ldi. Ma’lumki,tabiiy fanlar ichida fizika fani muhim o’rin egallaydi.
Fizika fan sifatida XVII asrdan boshlab sekin-asta rivojlana boshladi. 19-asrning boshlarida fizikaning rivojlanishi, texnikaning shiddat bilan taraqqiy etishiga olib keldi. Fizika tarixida fizika va texnikaning bir-biriga o‘zaro bog‘liq holda taraqqiy etganligini ko‘rish mumkin.
19-asrning o‘rtalarida bug‘ mashinalari paydo bo‘ldi va takomillashtirildi. Bu davrga kelib, issiqlik jarayonlarini chuqur o‘rganish va issiqlik energiyasidan unumli foydalanish natijasida fizikadan yangi fan yo‘nalishi – termodinamika fan sifatida ajralib chiqdi. Bu paytda issiqlik mashinalaridan ishlab chiqarish va transportda keng foydalanila boshlandi.
19-asrning oxiri va 20-asrning boshlarida elektr mashinalari paydo bo‘ldi va takomillashtirildi. Fizika taraqqiyotining bu davriga kelib elektr sohasida juda katta kashfiyotlar qilindi va fizika fani tarkibidan elektrotexnika, radiotexnika va shunga o‘xshash fan sohalari ajralib chiqdi.
20-asrning o‘rtalariga kelib lazer nurlari, atom yadrolarining bo‘linishi (yadro zanjir reaksiyasi) elementar zarralar va kosmik nurlanishlarning ochilishi kabi yirik kashfiyotlar qilindi. Shuningdek, fizikaning radiolokatsiya, fizikaviy elektronika, robototexnika va elektron hisoblash texnikasi kabi sohalari ham jadal rivoj topdi. Shu vaqtlar davomida yadro energiyasi, lazer nurlari va elektron asboblardan amaliy maqsadlarda foydalanish bo‘yicha keng ko‘lamda izlanishlar olib borildi.
Tabiat haqidagi fanlarning rivojlanish tarixi shuni ko‘rsatadiki, texnikaning jadal taraqqiy etishiga aynan fizika fani ulkan imkoniyatlar yaratganligini ko‘rish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, zamonaviy texnikaning poydevori, fizika fani yutuqlari asosida qurilgan desa mubolog’a bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |