Muhandislar tayyorlashda fizika fanining tutgan o‘rni.
Mamlakatimizda qishloq va suv xo‘jaligi korxonalari faoliyatini tubdan yaxshilash uchun malakali mutaxassislar nihoyatda zarur. Buning uchun hozirgi vaqtda texnika, agrar, irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash oliy o‘quv yurtlarida, yetuk, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan mazkur oliy o‘quv yurtlarida aniq fanlarni chuqur o‘qitish, ayniqsa, fizika fanini o‘qitishda, talabalarga nazariy bilim berish bilan birga, olgan bilimlarini amalda qo‘llash malakalarini shakllantirish lozim.
Barcha texnika oliy o‘quv yurtlarida o‘tiladigan fizika va matematika fanlari asosan talabalarni mantiqiy fikrlashga, texnik ijodkorlikka, olgan bilimlarini amalda qo‘llash va favqulotda muhim qarorlar qabul qilishga o‘rgatadi.
Muxtasar qilib aytganda, yetuk muxandis kadrlarni tayyorlashda fizika fanining asosiy maqsadi talabalarni fizik hodisalar va ularning qonuniyatlari, ilmiy ixtiro va kashfiyotlar hamda fanning eng so‘nggi ilmiy nazariyalari bilan tanishtirish, shuningdek, ular olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llay bilish malakalarini shakllantirishdan iborat.
Fizika fani va uning rivojlanish bosqichlari.Fizika faniva uning rivojlanish bosqichlarini tahlil qiladigan bo‘lsak, uni uch davrga bo‘lish mumkin.
Fizika fanining rivojlanishida I-davr XVIIasrdan boshlab XIX asrning birinchi o’n yillarigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davr fizikaviy bilimlarni to’plash va tartibga solish bilangina cheklanmasdan, balki tajribalarga boy bo’lgan davr hamhisoblanadi. Bu davrda I.Nyuton, H.Gyuygens, B.Paskal, R.Boyl, E.Mariot, G.Leybnits, P.Laplas, I.Kepler, D.Bernulli, Sh.Kulon, B.Fraklin, M.V.Lomonovsov, G.Rixman, va boshqalar tomonidan juda ko’p tatqiqotlar o’tkazilgan. Lekin bu davrda hozirgi zamon fizikaviy tasavvurlarga uncha mos kelmagan fizik tushunchalar; teplorod, elektr va magnit substantsiyasi (moddasi), elestik efir va boshqalar hukmron edi. Shunga qaramasdan fizika fanida ulkan kashfiyotlar qilindi. Masalan, M.V.Lomonosov tomonidan moddalarning malekulyar-kinetik nazariyasi ishlab chiqildi, va hokazo.
Fizika fani rivojlanishining II davri XIXasrning birinchi o’n yilliklaridan boshlab XIX asr oxirigacha davrni o’z ichiga oladi. Bu davr mobaynida fizikaga doir asosiy qonun va tushunchalar shakllandi. Masalan: energiyaning saqlanish qonuni, yorug’likning to’lqin nazariyasi, elektromagnit induksiya hodisasi va hokazo. Bu davrda mashhur fiziklar L.Galvani, A.Volta, V.V.Petrov, M.Faradey, Dj.Maksvell, G.Gerts, P.N.Lebedev, A.S.Popov va boshqalar fizika va texnika sohasida buyuk kashfiyot va ixtirolar qildilar. Bu deavrda M.Faradey tomonidan elektromagnit induksiya hodisasi, Yu.R. Mayer va Joullar tomonidan energiyaning saqlanish qonuni kashf etildi
Fizika fani rivojlanishining III davriesa XX asr boshlaridan to hozirgi kungacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.XX asr boshlarida fizika fanida inqilobiy o’zgarishlar yuz berdi va yirik kashfiyotlar qilindi. Bu kashfiyotlarga elektronning ochilishi, atomning murakkab tuzulishini o’rganish, nisbiylik nazariyasi, radiaktivlik, elementlarning o’zaro almashinuvi kabilarni ko’rsatish mumkin.
20-asrning o‘rtalariga kelib lazer nurlari, kosmosni o’zlashtirish, elementar zarralar va kosmik nurlanishlarning tabiatini o’rganish, elektronika va shunga o’xshash fizikaning ko’p sohalarida yirik kashfiyotlar qilindi.
O’tgan 20-asrning 70-yillaridan boshlab fizikaning fizikaviy elektronika, mikroelektronika, robototexnika elektron hisoblash texnikasivananotexnolo-giyalar kabi sohalari ham jadal rivoj topdi.
Hozirgi zamon fizikasi nafaqat makroolamdagi balki mikroolamga ham tegishli bo’lgan harakat va hodisalari chuqur o’rganish hamda uning sirlarini ochish bilan shug’ullanmoqda. Fizikaning rivojlanishi texnikaqning ham tarraqiy etishiga olib keldi.
Fizika fani O’zbekistonda ham yuqori darajada rivojlangan. Hozir O’zbekiston fanlar akademiyasining “Fizika quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, yadro fizikasi, elektronika institutlarida va shuningdek, Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti, Samarqand, Buxoro, Farg’ona Davlat Universitetlari va boshqa oliy o’quv yurtlarida yuzlab fizik olimlar fizikaning turli yo’nalishlari bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar. O’zbekistonlik fiziklar olib borayotgan tadqiqotlar hozirgi kunda butun dunyo olimlari tomonidan e’tirof etilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |