11.5 – rasm. Shinalarni betonga mah’kamlash.
Kuch pollari mavjud bo’lgan tajribaxonalarda
sinash obektlarini o’rnatish, turli xil asbob-
uskunalar Bilan jixozlash, h’ar xil yuklovchi
sistemalar va o’lchov majmualaridan foydalanish
ancha qulay bo’ladi. Barcha o’lchov asboblarini EHM ga bir yo’la ulash orqali
tajriba jarayonini yuqori darajada avtomatlashtirishga erishiladi.
11.6 – rasmda vaqtinchalik stendda konstruktsiyani yig’iq kuch bilan
yuklash jarayoni ko’rsatilgan. Sinalayotgan to’singa domkrat 3, osqich 2 va
ko’ndalang traversalar 1 yordamida yig’iq kuch qo’yiladi. Kuch traversasi 4
zo’riqishni ankerlar 5 ga uzatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |