1-rasm. Zamonaviy avtomobil konstruksiyasi
o’lchamlarini aniqlash bilan sirtlar sifatini ta’minlash bo’yicha talablarni, alohida zonalarning strukturaviy holatini, detallar mustahkamligi va umrboqiyligini ishlab chiqadi va shu bilan zagotovka tayyorlashdan boshlab yaxlit mahsulotni yig’ishgacha bo’lgan texnologik jarayonlar bosqichlarini belgilab beradi.
Texnologik loyihalash ishlari tugatilishi bilan ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashga o’tiladi: tipaviy texnologik jarayonlar tanlanadi yoki ular yangidan ishlab chiqiladi: masalan zagotovkalarni quyish yoki shtamplash bilan olish, mexanik ishlov berish usullari bilan detallarni tayyorlash, termik yoki kimyoviytermik ishlov berish usullari bilan detallarning mustahkamligini oshirish, mos texnologok jihozlarni tanlash kabi to’liq texnologik jarayon elementlari vaqt, informatsion va iqtisodiy bog’lanishlarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Bunda tayyorlanadigan detallarning ishlatilishi bilan bog’liq barcha o’ziga xosliklar hisobga olinadi.
Shunday qilib, avtomobilni tayyorlashning texnologik va konstruktorlik muammolari o’zaro bog’liqdir.
Shuning uchun yangi mahsulotni tayyorlashning loyihalash bosqichidayoq uni ishlab chiqarish bilan bog’liq talablar hisobga olinishi lozim.
Konstruktor nimadan foydalansa bo’lishi va loyihalangan detalni tayyorlashning texnologik jarayoni uchun yana nimani ishlab chiqishi kerakligi haqida yaqqol tasavvurga ega bo’lishi lozim: yangi material, texnologik jarayon, ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish, maxsus texnologik jihozlar va h.k. Shu bilan birga, amalda mavjud bo’lgan texnik va texnologik qarorlarni mashinaning yangi konstruksiyasi uchun (dvigatel, avtomobil, traktor) darhol qo’llashning mavjud ishlab chiqarish sharoitida imkoni bo’lmasligini nazarda tutish lozim, chunki korxonaning texnologik bazasi konstruktorning qaysidir talablarini bajarishga imkon bermasligi mumkin.
Avtomobil sifatini texnologik ta’minlashda konstruktorning roli
Avtomobildek murakkab mashinani tayyorlashning konstruktorlik va texnologik bosqichlari orasidagi bog’lanishni tahlil qilish bilan quyidagi o’ziga xoslik aniqlanadi. Konstruktor parametrning maqbul qiymatini (masalan shesternya tishi o’zagining qattiqligi) aniqlash bilan uning o’zgarish intervalini qisqartirishga intiladi, texnolog esa, jihoz texnologik imkoniyatlarini, qo’llanilayotgan material xususiyatlarini hisobga olgan holda, aksincha, ushbu intervalni kengaytirishga harakat qiladi. Puxtalashdagi parametr qiymatining o’zgarish intervali (qattiqlik, puxtalangan qatlam qalinligi va b.) qancha katta bo’lsa, qo’llanilayotgan material xususiyatlari va detallar resurslarining sochilishi (dispersiyasi) shuncha katta bo’ladi. Avtomobildan foydalanishda bu holat unga texnik xizmat ko’rsatish va uni ta’mirlash sarflarining ortishiga olib keladi. Aniqlanishicha avtomobilga texnik xizmat ko’rsatishga, uni tayyorlashdagiga nisbatan 9 baravar ko’proq mablag’ sarf bo’lar ekan. Avtomobildan foydalanishning mehnat sarfi esa uni tayyorlashdagiga nisbatan 30 baravar ko’proqdir. Bundan tashqari avtomobil egalari texnikalarining to’xtab qolganidan zarar ko’radilar. Konstruktor va texnologning hamkorlikdagi ishida termik puxtalashdan keyin detalning mustahkamligi va umrboqiyligi texnik hujjatlashtirishda keltirilgan darajagacha borib yetmasligi bilan bog’liq vaziyat yuzaga kelishi mumkin. Sabablar turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, detal loyihalash bosqichida detalni puxtalash parametrlari (masalan, sementatsiya va nitrosementatsiya qilingan tishli g’ildiraklar uchun o’zak qattiqligi, samarali qatlam qalinligi, sirt qattiqligi) noto’g’ri tanlashi mumkin. Amaliyotda shunday holatlar ham uchraydiki, bunda hujjatlashtirishga mos keluvchi turlicha ko’rsatkichlarga umumlashtirishda ulardan har-birining muhimligi hech qanday shubha uyg’otmaydi, ammo negadir detallar umrboqiy bo’lmaydi. Bunday holda muammoning yechimini konstruktor va texnolog birgalikda qidirishi lozim. Konstruktor, mustahkamlik va umrboqiylik bo’yicha talablarni pasaytirmagan holda, mustahkamlash ko’rsatkichlari qiymatini o’zgartirishi lozim: qattiqlikni, puxtalangan qatlam qalinligini, mikrostrukturada tashkil qiluvchilarning nisbatini va h.k. Texnolog esa texnologik parametrlardagi mumkin bo’lgan noaniqliklarni bartaraf qilishi kerak: haroratni, isish va sovitish tezligini, jarayonning alohida bosqichlari davomiyligini va h.k.
Konstruktorlar va texnologlarning vazifasi birikuvchi detallar hisoblarga mos keluvchi sharoitlarda ishlashi, birikmadagi haqiqiy yuklanish ushbu detallar sirt qatlamlari mustahkamligini xarakterlovchi parametrlar qiymatlaridan doimo kichik bo’lishi uchun zarur bo’ladigan barcha ishlarni qilishdan iborat.
Shunday qilib yuqori ishonchlilik, umrboqiylik, tejamkorlik, xavfsizlik, ko’rsatkichlariga ega zamonaviy avtomobilni muvaffaqiyat bilan tayyorlash omillariga va turli mutaxassislarning hamkorlikdagi ishiga bog’liq bo’ladi.
Ammo texnologlar, ishlab chiqarish tashkilotchilari va boshqa mutaxassislar hissasi ahamiyatini kamaytirmagan holda shuni qayd qilish lozimki, asosiy rol konstruktorlarga tegishli bo’ladi.
Konstruksiyaning zamonaviyligi va texnologikligi avtomobilni ishlab chiqishning majburiy shartlaridan biridir. Yana bir majburiy shart bu ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini ta’minlashdir. Buni alohida detallari va agregatlarining sifati yetarlicha yaxshi bo’lmaganligi sababli 60-70 % to’xtashlar (zamonaviy avtomobillarning) bilan bog’liq fakt tasdiqlaydi. Shu sababli avtomobillarni ishlab chiqarish texnologiyasini doimiy takomillashtirish avtomobilsozlikning eng muhim yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.
Konstruktorlar va texnologlarning hamkorlikdagi muvaffaqiyatli faoliyati uchun yondosh mutaxassisliklar bo’yicha ham bilim va ko’nikmalar zarur bo’ladi, chunki ular avtomobilni tayyorlashning to’liq ishlab chiqarish jarayonini hali loyihalash bosqichida turib belgilab berishlari lozim bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |