2-rasm. Yengil avtomobillar kuzovlariga misollar
Kuzovning yuqori sifati uni tayyorlashning turli bosqichlari natijasida ta’minlanadi:
ishlab chiqarishni tayyorlashda – kuzovlarni uzellar va detallarga ratsional konstruktiv-texnologik bo’laklash, kuzovning shtamplangan detallari va yig’ma birliklari texnologikligini ta’minlash;
shtamplash texnologik jarayonini ishlab chiqishda – yuqori sifatli detallar olishning optimal sxemalarini hosil qilish;
kuzovni yig’ish-payvandlash texnologik jarayonini ishlab chiqishda – bazalash, mahkamlash va yig’ishning ratsional sxemalarini tanlash.
Kuzovning turli detallarini tayyorlash uchun har-xil materiallar ishlatiladi (po’lat, alyuminiy, shisha, plastmassa, mato, rezina va b.) va bunda ularga texnologik ishlov berishning turli shakllari (shtamplash, yig’ish-payvandlash, bo’yash, metall qoplash va b.) qo’llaniladi.
Avtomobilning har-bir yangi modeli – bu yangi kuzov (kabina) zarur bo’ladi deganidir. Avtomobil tashqi shaklining uzluksiz takomillashuvi, massaning kamayishi va ekspluatatsion xarakteristikalarning ortishi – kuzovsozlik
konstruktorlari, texnologlari va ishchi xodimlari oldida turuvchi asosiy masalalardir. Avtomobillarni yalpi ishlab chiqarishni ta’minlash uchun kuzovlarning alohida detallarini tayyorlashdan ularni yig’ishgacha bo’lgan va yaxlit kuzovni pardozlash texnologik jarayonlarini oqimli ishlab chiqarishni tashkil qilish zarur bo’ladi.
Bu o’rinda kuzovlar konstruktorlari ularni tayyorlash texnologik
jarayonlarining asoslarini, texnologlar esa – ularni loyihalash asoslarini bilishlari muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Faqatgina shu holda kuzovlar, yig’ma birliklar va detallar konstruksiyalari ko’proq texnologik, kuzovni tayyorlash texnologiyasi esa ko’proq takomillashgan bo’ladi.
Kuzov detallarini tayyorlash uchun qo’llaniladigan materiallar
Avtomobillar kuzovlari va kabinalari detallarini tayyorlash uchun, asosan, list materiallar qo’llaniladi.
Materialni tanlash avtomobillar kuzovlari sifatini ta’minlovchi asosiy omil sanaladi. List materiallarga quyidagi talablar qo’yiladi:
material uzeldagi detal mustahkamligini ta’minlashi va berilgan shakldagi detalni shtamplash uchun zarur bo’lgan plastik xususiyatlarga ega bo’lishi kerak;
material qalinligi shtamplash vaqtidagi plastik deformatsiyalanishdan keyin detalning zaruriy mustahkamligini ta’minlash uchun yetarli bo’lishi kerak;
material kuzov va kabinalar tayyorlashning boshqa texnologik jarayonlarini
(payvandlash, bo’yash va h.k.) sifatli bajarishni ta’minlashi kerak;
qo’llaniladigan list yoki rulon materiali qalinliklari, markalari va o’lchamlari nomenklaturasi imkon qadar kam bo’lishi kerak.
Kuzovning asosiy materiali bo’lib, sovuq prokatlash usuli bilan tayyorlanadigan, yupqa listli kam uglerodli sifatli po’lat xizmat qiladi. Qo’llaniladigan po’lat listlar, odatda, 0,6-1,5 mm qalinlikda bo’ladi. Po’latlar markalari, xususiyatlari va sortamenti quyidagi standartlar bilan tartiblanadi:
ГОСТ 9045-93. Sovuq shtamplash uchun yupqa listli sovuq prokatlangan kam uglerodli sifatli po’lat prokat. Texnik shartlar;
ГОСТ 16523-97. Umumiy qo’llanish uchun sifatli va odatdagi sifatli uglerodli po’latdan tayyorlangan yupqa listli prokat. Texnik shartlar;
ГОСТ 19904-90. Listli sovuq prokatlangan prokat. Sortament (Mahsulot turi).
ГОСТ 9045-93 bo’yicha tayyorlangan listli po’lat eng murakkab va javobgar detallar uchun, shuningdek, kuzovning yuza detallari uchun qo’llaniladi. Po’lat prokat quyidagicha farqlanadi:
mahsulot turi bo’yicha;
me’yorlangan xarakteristikalar bo’yicha;
sirtni pardozlash sifati bo’yicha;
shtamplash-bo’rttirishga moyilligi bo’yicha.
Mahsulot turi (sortament) prokat list va rulonlarga bo’linadi.
Me’yorlangan xarakteristikalar bo’yicha prokat besh turkumga bo’linadi, bu turkumlarning har biri prokatning mexanik xususiyatlari xarakteristikalarini aniqlaydi.
Me’yorlangan xarakteristikalarga oquvchanlik chegarasi , cho’zilishga vaqtinchalik qarshilik , nisbiy cho’zilish , Rokvell bo’yicha qattiqlik, sferik o’yiqcha chuqurligi (Eriksen sinash usuli bo’yicha list namunada maxsus asbob vositasida uning buzilib ketishigacha hosil qilingan).
Listli prokat sirtini pardozlash bo’yicha prokat uch xil bo’ladi: I – juda yuqori pardozlash uchun, II – yuqori pardozlash uchun, III – o’rtacha pardozlash uchun. I guruh prokarlari jiloli ( < 0,6 mkm), jilosiz ( = 0,6 ÷ 1,6 mkm) va g’adir-
budir ( > 1,6 mkm) sirtli ko’rinishlarda ishlab chiqarilishi mumkin.
Shtamplash-bo’rttirishga moyilligi bo’yicha prokat quyidagi turlarga bo’linadi: ВОСВ; ВОСВ-Т– behad murakkab bo’rttirish uchun, ОСВ – juda murakkab bo’rttirish uchun, СВ – murakkab bo’rttirish uchun, ВГ – juda chuqur bo’rttirish uchun.
ГОСТ 9045-93 ga muvofiq holda 08Ю, 08кп, 08пс markali po’latlar ishlab chiqariladi. Asosiy marka 08Ю hisoblanadi, ular bo’rttirishga moyilligi bo’yicha barcha ko’rinishlarda ishlab chiqarilishi mumkin. 08кп, 08пс markali po’latlar esa shtamplash-bo’rttirishning faqat ВГ turi uchun ishlab chiqariladi.
Prokat turkumlari va ularning bo’rttirishga moyilligi me’yorlangan ko’rsatkichlarga bog’liq tarzda 1-jadvalda keltirilgan.
Prokatning mexanik xususiyatlari 2-jadvaldagi talablarga muvofiq bo’lishi lozim.
ГОСТ 9045-93, shuningdek, yuqorida keltirilgan po’latlar markalarining kimyoviy tarkibini ham tartiblaydi.
Kuzov va kabinalarning bir qator ichki, javobgarligi past detallari uchun
ГОСТ 16523-97 bilan tartiblangan listli prokat qo’llaniladi va ular ishlab chiqarish
Do'stlaringiz bilan baham: |