6-rasm. Ikkilangan harakatli list shtamplash pressi
7-rasm. Ko’p pozitsiyali press-avtomatning tashish mexanizmi (greyfer) ish sxemasi: 1 – zagotovkani kesib olish operatsiyasi; 2-8 - mahsulotga shakl berish operatsiyalari; 9 – tayyor mahsulotni chiqarib tashlash; 10 – lenta uchun ko’plab tashlash; 11 – greyferga zagotovkalarni tashlab berish mexanizmi; 12 – greyfer; a – greyfer qamragichlarining yaqinlashishi; b – zagotovkani keyingi ishlov berish positsiyasiga surish; c – greyfer qamragichlarining ochilishi; d – greyferning dastlabki holatga qaytishi
8-rasm. Ko’p pozitsiyali press-avtomatning davriy diagrammasi
5-MA’RUZA Shtamplangan detallar aniqligi Reja: Shtamplangan detallar aniqligi haqida umumiy ma’lumotlar.
Shtamplangan detallar sifatini nazorat qilish usullari va vositalari.
Presslash sexlarida ishni tashkil qilish.
1. Shtamplangan detallar aniqligi haqida umumiy ma’lumotlar Shtamplangan kuzov detali chizmada berilganidan farq qiladi va ushbu farq haqiqiy detalni tayyorlash texnologik jarayonining nomukammalligi bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Farq darajasi detal aniqligini xarakterlaydi. Shunday qilib, berilgan aniqlik – detal chizmasi, master-model va nazorat moslamasi bo’yicha talablar yig’indisidir. Haqiqiy aniqlik – ishlab chiqarishda olinadigan, real detal aniqligidir.
1-rasm. Master-model (a) va kuzov detali chizmasi (b) Kuzov detallarining aniqligini ta’minlash – ularni ishlab chiqarish texnologik jarayonini ishlab chiqishning asosiy masalalaridan biridir. Kabinalar va kuzov detallari geometrik o’lchamlarining aniqlik darajasi ularni ishlab chiqarish va yig’ish-payvandlash texnologik jarayoni tannarxiga ta’sir qiladi.
Kuzov detallarini ishlab chiqarish uchun erishish mumkin bo’lgan eng yuqori aniqlik muhim emas, balki iqtisodiy aniqlik deb ataladigan, texnik jihatdan maqsadga muvofiq bo’lgan va shtamplar yeyilishining joiz qiymatini hisobga oluvchi, detallarni tayyorlashning eng qulay aniqligi tushuniladi.
Tayyorlashning talab qilingan aniqligini tavsiflovchi, berilgan geometrik parametrlarning joiz og’ishlari chizmalarda tegishlicha dopusklar bilan belgilanadi. Mabodo, dopusklar chizmalarda berilmagan bo’lsa, unda tegishli parametrlar og’ishlari maxsus texnik shartlarda belgilangan chegaralarda bo’lishi lozim. Master-modellarni qo’llash bilan shtamplarda tayyorlanadigan avtomobil kuzovlari va kabinalari detallari uchun avtomobil zavodlarida aniqlik bo’yicha maxsus nizomlar borki, ularda shakl, joylashuv va o’lchamlar dopusklari belgilangan bo’ladi.
Shtamplangan kuzov detallarining aniqligi og’ishlarni keltirib chiqaruvchi, bir qator ishlab chiqarish omillariga bog’liq bo’ladi:
bukish va bo’rttirish bilan olinadigan detallar chiziqli o’lchamlarining elastik deformatsiyalanishi va og’ishiga sabab bo’luvchi, metallning elastiklik va plastiklik xususiyatlari;
listsimon metall qalinligining o’zgarishi va mexanik xususiyatlari bo’yicha bir jinsli emasligi;
detallar chiziqli o’lchamlarining o’sishi bilan og’ishlar mutlaq qiymatlarining ortishi;
shtampda zagotovka yoki yarimfabrikatni qayd qilish usuliga bog’liq tarzda, o’rnatish noaniqliklari ta’sirida hosil bo’luvchi og’ishlar;
operatsiyalar ketma-ketligi va miqdorining ortishiga bog’liq tarzda
og’ishlarning ortishi;
shtamplar konstruksiyalari va ularni tayyorlash sifatiga bog’liq bo’lgan detallarning dastlabki aniqligi (erishiladigan aniqlik);
shtampning konstruksiyaga bog’liq holda yeyilishi, ishchi qismlarning ta’mirlanish va qayta tiklanish imkoniyatlari;
pressning holati va uning muayyan shtamplash operatsiyasini bajarish uchun talab qilinadigan yuklanishga muvofiqligi.
Muayyan kuzov detalini tayyorlash texnologik jarayonini ishlab chiqish vaqtida shtamplash qurilmasi, jihoz, metallni tanlash va sifatni nazorat qilish kabi masalalar kompleks yechiladi.