1.Lingvistik (lisoniy) omillar. Bularga muayyan tilning strukturaviy va sistemaviy xususiyatlari - fonemalar tizimi, lugat boyligi, morfema tiplari, soz yasash modellari, grammatik qurilishi, leksik, grammatik birliklarning semantik va funksional xususiyatlari, ular ortasidagi aloqa va munosabatlarni belgilovchi qoida-qonuniyatlar kiradi. Adabiy til taraqqiyoti, birinchi navbatda, ana shularga tayanadi.
2.Ekstralingvistik (nolisoniy) omillar. Bularga tildan tashqarida mavjud bolgan faktorlar kiradi: ijtimoiy tuzum formalari, tarixiy jarayonlar, xalqlar va millatlar ortasidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy va marifiy aloqalar, ilm-fan rivoji, ishlab chiqarish va texnika taraqqiyoti, ijtimoiy tafakkur, inson ruhiyati, his-tuygulari, til va yozuvga oid qonun va farmonlar shular jumlasidandir. Masalan, Ozbekiston mustaqillikka erishgach, uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-marifiy va manaviy hayotida ham jiddiy ozgarishlar yuz berdi: bozor iqtisodiga bosqichma-bosqich otish jarayoni boshlandi, milliy qadriyatlarga etibor kuchaydi, ishlab chiqarish va xizmat korsatishning yangi shakllari yuzaga keldi. Bularning barchasi ozbek tili leksikasiga ham tasir otkazdi: sobiq ittifoqdagi davlat tuzumiga xos ayrim tushuncha nomlari (
Do'stlaringiz bilan baham: |