Tayanch tushunchalar
Kursning obyekti - hozirgi ozbek adabiy tili.
Kursning maqsadi - talabalarni adabiy tilga oid nazariy va amaliy bilimlar bilan tanishtirish.
Kursning vazifalari talabalarga hozirgi ozbek adabiy tilining tarixiy ildizlari va dialektal asoslari, adabiy til taraqqiyotini belgilovchi ichki va tashqi omillar haqida malumot berish, ularda hozirgi ozbek adabiy tilining sistemaviy va strukturaviy xususiyatlarini mustaqil tahlil qila olish konikmalarini shakllantirish.
Adabiy til - milliy tilning ishlov berilgan, meyorlashtirilgan oliy formasi.
Sistema - har biri alohida mustaqil (avtonom)bolgan murakkab mexanizmlar (fonemalar tizimi, morfemalar tizimi, leksik birliklar tizimi, sintaktik konstruksiyalar tizimi) ortasidagi aloqadorlikdan tarkib topgan makrotizim.
Struktura - bir butun tizim (makrotizim) tarkibidagi mikrotizimlar, ular ortasidagi aloqalar mexanizmi.
Norma (meyor) - adabiy tilga va adabiy nutqqa xos barqaror belgi-xususiyatlar. Ular ijtimoiy til amaliyotida tanlab olinadi va mustahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |