Lingvistik omillar - til strukturasi va sistemasiga mansub bolgan, shu tizim qoida-qonuniyatlaridan kelib chiqadigan omillar: fonemalarning funksional xususiyatlari, morfema tiplari, leksik va grammatik tizimlar xususiyatidan kelib chiqadigan faktorlar. Ular lisoniy omillar deb ham yuritiladi.
Ekstralingvistik omillar - tildan boshqa sistemalarga oid faktorlar (nolisoniy omillar). Ular til taraqqiyotiga tashqaridan (til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur munosabatlari jarayonida) tasir otkazadi.
Uzus leksema, frazema, soz shakli va sintaktik konstruksiyalarning til egalari tomonidan qabul etilgan qollanishi.
Til fonetik, leksik va grammatik vositalar ortasidagi aloqa-munosabatlardan tarkib topgan barqaror tizim (sistema).
Nutq til vositalari ishtirokida fikr ifodalash jarayoni.
Ierarxiya til tizimida quyidan yuqoriga qarab bosqichma- bosqich joylashgan sathlar (yaruslar) yigindisi: fonetik-fonologik sath (quyi yarus), morfemik sath, leksik sath (yuqori yaruslar), grammatik sath (yanada yuqoriroq yarus) kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |