8-ma’ruza: Morfemik va so‘z yasalish sathi
Reja:
1.Morfemik sath
2.Morfemaning turlari.
3.So‘z yasalish sathi.
Tayanch iboralar:morfemik sath, morfemalar, grammema, affiksal morfema, yordamchi morfema.
Morfemik sath asosini morfemalar tashkil qiladi. U so‘z va grammatik formalar tarkibiga kiradi, talaffuzda fonemalar yig‘indisidan iborat va grammatik shakllar tarkibida variantlarga ega bo‘ladi. Morfema — (grekcha - shakl) tilning asosiy birliklaridan biri. Ma’lum fonetik shaklga (ifodalovchiga) aniq ma’no (ifodalanmish) teng keladigan minimal birlik sifatida boshqa shu turdagi birliklarga ajralmaydi. Morfema nutqiy matnni ikki tomonlama — tilni belgilarga ajratuvchi birinchi bo‘linishning (A.Martine) mahsuli sifatida o‘zi bilan muayyan bir ierarxik qatorga joylashgan va bir tomonlama formal bo‘linish sanalgan ikkinchi turdagi bo‘linishning mahsuli bo‘g‘indan farq qilishi bilan xarakterlanadi. Morfema eng kichik ma’noli birlik bo‘lib, nutqiy jarayonida variantlar orqali voqelanadi. Ayrim ilmiy manbalarda morfema variantlari morf yoki allomorf deb yuritiladi. L.V.Shcherbaning ta’kidlashicha, tilshunoslikka "morfema" atamasini I.A.Boduen-Kurtene olib kirgan. U bu atama orqali so‘zning eng kichik ma’noli qismini belgilagan. Uning fikricha, uzviy bog‘liq muayyan nutq gaplarga yoki iboralarga, gaplar so‘zlarga, so‘zlar morfologik bo‘g‘inlar yoki morfemalarga, morfemalar fonemalarga bo‘linadi.
V.M.Solnsev morfema atamasini turli manbalarda bir-biridan farq qiluvchi muayyan belgilar asosida ajratilishini hisobga olib, ularni umumlashtirgan holda quyidagicha izohlashni taklif qiladi:
1) Vandries morfemasi uchun asosiy xarakterli jihat yordamchilikdir, ya’ni morfema sifatida tilning ohang, urg‘u va birliklarning joylashish imkoniyatini e’tiborga oluvchi vositalar tushuniladi;
2) Blumfild morfemasi uchun asosiy xususiyat minimallikdir: morfemalar til sistemasidagi o‘rni va boshqa birliklarga bo‘lgan munosabatidan qat’i nazar, eng qisqa, ma’noli qismlardir;
3) Boduen morfemalari uchun eng xarakterli tomon ularning til sistemasidagi o‘rni va boshqa birliklarga munosabati asosidagi minimallikdir: morfemalar so‘zning minimal ma’noli kismlaridir.
G.Paul ma’noli so‘zlar faqat morfemalarninggina emas, balki barcha turdagi yordamchi so‘zlarning rivojlanishi uchun asosdir. Uningcha, predlog va bog‘lovchilar mustaqil so‘zlar asosida yuzaga keladi.
Gurk va fin-ugor tillarining strukturasini tadqiq qilib, I.D.Serebryakov muayyan xulosaga keladi va so‘z hamda so‘z birikmalarining tarixiy o‘zgarishini tahlil qilish asosida uch xil kategoriyani ajratadi: I a) leksik ma’noli so‘zlar;
5) so‘z-qurilmalar (konstruktlar);
v) morfemalar.
U morfemalarning tarixan to‘la leksik ma’noli so‘zlar bo‘lganligini, hozirda bu imkoniyatini yo‘qotganini ko‘rsatib o‘tadi.
Morfemaga nisbatan so‘zning birlamchiligi zamonaviy tillarda ham e’tirof etiladi, morfemalarga ajratilmagan so‘zlarning mavjudligi haqidagi muammoni o‘rtaga tashlash imkonini beradi. So‘z va morfema munosabatlarini yuqoridagi hodda diaxron aspektda o‘rganish ular o‘rtasidagi munosabatlar sinxron planda tekshirilganda ham etarlicha samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |