5. Tilning grammatik qurilishida: 1) qadimgi turkiy va eski ozbek adabiy tillarida ot, sifat, son, olmosh, fel va ravish kabi mustaqil soz turkumlari bolgan. Bunday mustaqil sozlar hozirgi ozbek adabiy tilida ham bor; 2) qadimgi turkiy va eski ozbek adabiy tillarida yordamchi sozlar komakchilar, boglovchilar va yuklamalar bolgan. Bunday turkumlarga xos sozlar hozirgi ozbek adabiy tilida ham mavjud; 3) qadimgi turkiy va eski ozbek tillarida undovlar va modal sozlar bolgan. Ular hozirgi ozbek adabiy tilida ham bor; 4) qadimgi turkiy tilda ham, eski ozbek tilida ham har bir soz turkumining oziga xos grammatik kategoriyalari (otlarda-egalik, kelishik, son; sifatlarda- daraja; fellarda - shaxs-son, mayl, nisbat, zamon va b.lar) bolgan. Bu xususiyatlar hozirgi ozbek adabiy tiliga ham xos. Biroq, hozirgi ozbek adabiy tilida qadimgi turkiy va eski ozbek tillaridan farq qiladigan yangi jihatlar ham uchraydi: 1) hozirgi ozbek adabiy tilida morfemalar qadimgi turkiy va eski ozbek adabiy tillaridagiga nisbatan miqdoran kop va mazmunan boydir. Masalan: qadimgi turkiy tilda ozakdan oldin qoshiluvchi affiks morfemalar (prefikslar) bolmagan. Bu tipdagi morfemalar eski ozbek tilida va hozirgi ozbek adabiy tilida uchraydi: bebosh, bevosita, bavosita (bilvosita), noorin, sersuv, sergap kabi; b) eski ozbek adabiy tilida "-ov","-ev", "-ova", "-eva", "-ovna", "-evna", "-ovich", "-evich" kabi familiya va otchestvo yasovchi qoshimchalar bolmagan. Hozirgi ozbek adabiy tilida bunday qoshimchalar bor; d) eski ozbek adabiy tilida "-lar" affiksi koplikni (odamlar, qishloqlar kabi), birgalikni (Karimlar kelishdi), mano kuchaytirilishini (suvlar oqib yotibdi), chama yoki taxminni (qirq yillar boldi kabi) ifodalagan. Hozirgi ozbek adabiy tilida esa "-lar" affiksining sozlarni terminlashtirish funksiyasi ham paydo bolgan: qirqquloqsimonlar, sutemizuvchilar... kabi; 2) qadimgi turkiy va eski ozbek adabiy tillarida singarmonizm mavjud bolganligidan kopchilik morfemalarning yo’g’on va ingichka turlari saqlangan: "-mыz" va"-miz" (baramыz va kelamiz kabi), "-gan" va "-g’on" ( kelgan va borg’on), "-chы" va "-chi" (yog’chы "azani boshqaruvchi" va bәdizchi- "naqqosh" kabi). Hozirgi o’zbek adabiy tilida esa ulardan faqat bittasi standart forma sifatida saqlangan (boramiz, kelamiz, borgan, kelgan, qo’riqchi va ishchi kabi), "-lыq" va "-lik" haqida ham shu fikrni aytish mumkin; 3) eski o’zbek adabiy tilidagi ba’zi affikslar hozirgi o’zbek adabiy tilida qo’llanmaydi. Masalan, "-vul" affiksi eski o’zbek adabiy tilida qorovul, yasovul kabi so’zlarni yasagan, hozir esa bu affiks so’z yasash xususiyatini yo’qotgan; 4) qadimgi turkiy tilda bosh kelishik, qaratqich kelishigi, tushum kelishigi, vosita kelishigi ("-n", "-ы", "-in", "-үn", "-un", "-on", "-әn"), jo’nalish kelishigi, o’rin-payt kelishigi, chiqish kelishigi bo’lgan. Hozirgi o’zbek adabiy tilida shulardan bittasi - vosita kelishigi yo’q. U qadimgi turkiy tilda "bilan" ko’makchisi funksiyasiga teng bo’lgan: masalan, tilin sőzlәp, qolqaqыn eshidip ("tili bilan so’zlab, qulog’i bilan eshitib...") kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |