GIC texnologiyalarining rivojlanish tarixi
Geoinformatsion tizimlarni rivojlanish tarixi to’rtta davrga ajratiladi:
Pionerlik davri (1950 yillar oxiridan 1970 yillar boshigacha).
Printsipial imkoniyatlar tadqiqi, bilimlar va texnologiyalarning chegara doiralari, empirik tajriba ishlanmalari, dastlabki yirik loyixalar va nazariy ishlanmalar.
Davlat tashabbuslari davri (1970 yillar oxiridan 1980 yillar boshigacha).
Davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan yirik geoinformatsion loyixalar rivoji, GIC soxasini shakllantirish uchun xizmat qiladigan davlat institutlari, kichik guruxlar va aloxida tadqiqotchilar rolining pasayishi.
Tijorat rivojlanishi davri (1980 yillar boshidan xozirgi davrgacha).
- turli dasturiy vositalarning keng bozori, kichik xajmli GIClarning rivoji, fazoviy bo’lmagan ma’lumotlarning integratsiyalashgan bazasi xisobiga qo’llanilish doirasining kengayib borishitarmoq ilovalarining paydo bo’lishi, professional bo’lmagan foydalanuvchilar sonining sezilarli darajada paydo bo’lishi, individual tizimga yo’l ochib beradigan aloxida kompьyuter to’plamlarini paydo bo’lishi.
Foydalanuvchi davri (1980 yillar oxiri va xozirgi davr).
Geoinformatsion texnologiyalarni tijorat maqsadlarida ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat muxitining ortishi GIC xizmatlaridan foydalanuvchilar uchun talay imkoniyatlar yaratdi. Dasturiy vositalarga kirishning osonligi va “ochiqligi” foydalanuvchilar o’zlari muxitga moslashish, dastrurdan mustaqil qo’llashlari va xattoki dasturlarni modifikatsiyalashlariga imkoniyat yaratadi, foydalanuvchilar “klublari”, telekonferentsiyalar, turli ning paydo bo’lishi, turli xududlardagi bitta mavzu bilan birlashgan foydalaunvchilar guruxlari, geoma’lumotlarga bo’lgan talabning o’sib borishi boshlang’ich dunyoviy geoinformatsion infrastrukturalarning shakllanishi.
GICning qo’llanilish soxasi
Maxalliy boshqarmalar
Munitsipal xo’jaliklarni boshqarish masalalari – GIC ilovalarining yirik soxalaridan biri xisoblanadi. Maxalliy boshqarmalarning istalgan faoliyatida (erlarni tadqiq qilish, yerdan foydalanishni boshqarish, mavjud qog’ozdagi yozuvlarni almashtirish, resurlar boshqaruvi, xususiy mulk (ko’chmas mulk) va yo’l magistrallari xolatining xisob-kitobi)da GICni qo’llash mumkin. Ular shuningdek, monitoring qilish markazlarini buyruqli punktlarni boshqarish va tezkor ta’sirchan xizmat soxalarida ham qo’llanilishi mumkin. Istalgan munitsipal yoki xududiy axborot tizimlarining boshqaruvida GIC (qurilmaviy, texnologik, dasturiy) ajralmas komponent xisoblanadi.
Kommunal xo’jaliklar
Kommunal xizmatlarni bajarilishini ta’minlovchi tashkilotlar GIClardan foydalanib asosiy vositalar (quvurlar, kabellar, nasoslar, bo’luvchi stantsiyalar va boshqalar) xisobini yurituvchi ma’lumotlar bazasini yaratadilar. Bu ularning axborot texnologiyalari strategisini markaziy qismi xisoblanadi. Odatda, bu sektorda tarmoqlardagi turli me’yordan chetga chiqishlarini modellashtirilishini ta’minlab beruvchi GIClar yetakchilik qiladi. Kartografiya qilish va korxonaning asosiy vositalarini “tashqi rejalashtirilish”ini qo’llab – quvvatlovchi tizimlar: kabelь yotkizish, zanjirlar joylashuvi, xizmat ko’rsatish shitlari va x.k. soxalarda kengroq qo’llaniladi.
Atrof muxit muxofazasi
Dastlabki GIClarning foydalanuvchilari atrof muxitni muxofaza qilishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar edi. Eng sodda darajada atrof muxitni tadqiq qilish (masalan, daryo yoki o’rmonlarning joylashuvi va xolati) uchun qo’llanilgan. Undan ko’ra murakkabroq bo’lgan ilovalar GICning taxliliy imkoniyatlaridan foydalanib, tuproq eroziyasi yoki katta miqdorda yog’in bo’lganda daryolarning quyilishi, sanoat korxonalarining ishlashi oqibatida atmosferaning ifloslanishi masalalarini xal etish kabi atrof muxit jarayonlarini modellashtirishda keng qo’llaniladi. GICda kartografik ma’lumotlar olinib jamlangandan so’ng ularning taxliliy qayta ishlanishi amalga oshiriladi.
Sog’liqni saqlash soxasi
GICning asosiy vositalar boshqaruvining oddiy masalalari taxlil qilish imkoniyati tarkibiga sog’liqni saqlash ilovalari ham kiradi, masalan, tez tibbiy yordam idorasindan mijoz xonadonigacha bo’lgan eng yaqin yo’lni aniqlashda, shuningdek, epidekiologik xolatlar: turli kasalliylar tarqalish xarakteri va ularni paydo bo’lish sabablarini taxlil qilishda keng qo’llaniladi.
Transport soxasi
Transport soxasi ilovalarini yaratishda GIC juda katta potentsialga egadir. Transport infrastrukturasini rejalashtirish va qo’llab quvvatlash – bu qo’llanilishning aniq soxasidir. Xozirgi vaqtda yangi texnologiyalarni qo’llashga bo’lgan qiziqish ortib bormoqda, masalan, katta gruzli avtomobillar xarakatlanishini nazorat qiluvchi navigatsiyali texnologiyalar. Ularni joylashgan joyini xaydovchi kabinasining displeydagi raqamli xaritalarda aks ettirish va tashuvlarni amlaga oshirishning boshqaruv markazida GIC tomonidan qo’llab-quvvatlashni talab qiladi.
CHakana savdo soxasi
G’arbning yirik tijorat firmalari GICdan shaxar markazi xududlaridagi ko’pgina yangi supermarketlarning joyini ijtimoiy-iqtisodiy axvol detallarini saqlash va berilgan xududning buyurtmachilari potentsialini aniqlashda foydalanadilar. Omborlar va xizmat ko’rsatish doirasining joylashuvi mol yetkazib berish vaqtini xisoblash va raqobatdosh omborlarning ta’sirini modellashtirish orqali ishlab chiqish mumkin. SHuningdek, GICni yetkazib berish tizimining boshqaruvida ham ishlatish mumkin.
Moliyaviy xizmatlar
Moliya soxasidagi, shuningdek, chakana savdo ilovalari xizmatlari: bank filiallari va jamiyat binolarining joylashgan joyini aniqlashda; ko’chmas mulk ob’ektlari va sug’urtaga qo’yilgan mablag’larning tavakkalchilik darajasini baxolash instrumenti sifatida; tavakkalchilikning yuqori/quyi soxalarini aniqlash va boshqalarda GICdan keng foydalanish mumkin. Buning uchun kriminal xolat, xudud resurslari, ko’chmas mulk xarakteristikalari to’g’risidagi ma’lumotlar bazasini bo’lishi talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |