GIC qurilma vositalarining baxolash mezonlari
GICning eng muxim xarakteristikasi – bu uning yordamida namoyish qilinadigan fazoviy ma’lumotlar modellarini to’plamidir. Axborotlarni taqdim etish modelini kontseptsiya va qonunlar tizimi deb ataladi. Ular ob’ektlar tipi va nusxalari o’rtasidagi o’zaro aloqani ta’minlash bilan xarakterlanadi. Bunda taxliliy funktsiyalarning bir guruxi bir nechta modellarga, boshqasi esa faqatgina aniq bitta modelga tadbiq etilishi mumkin. Bundan tashqari, bitta funktsiyani bir nechta modellarga tadbiq qilishning axamiyatli tomonlari mavjud. Deyarli barcha taxlil operatsiyalari va metodlari, ma’lumotlarni kiritish usullari va olinadigan natijalarning o’ziga xosliklari fazoviy ma’lumotlar modelining xarakterini aniqlab beradi. Turli ma’lumotlar modeliga o’tish imkoniyati mavjud, lekin bu jarayon murakkab va sezilarli darajada mexnat talab qiladi hamda axborotlarning butunlay qayta tiklab bo’lmas darajada yo’qolishiga sabab bo’lishi mumkin. Umuman olganda ma’lumotlar modelining bir turidan boshqa turiga o’tish imkoniyati to’g’risida gapirish juda qiyin. Vektorli topologik, vektorli topogikbo’lmagan va rastrli modellar keng tarqalgan.
6-maruza. Geoaxborot tizimlarida «ma’lumotlar», «axborot», «bilimlar». GICda ma’lumotlar tuzilmasi – qatlamlar, qatlamlar guruxlari, afsonalar.
Geografik informatsion tizimlari yoki geoinformatsion tizimlar (GIS)- bu geografik fazoviy ma’lumotlar yoki ular bilan bog’liq bo’lgan fazodan tashqari bilim va axborotlar yig’ishni ta’minlovchi, saqlovchi, qayta ishlovchi, taxlil qiluvchi va tasvirlashga mo’ljallangan informatsion tizimdir.
Dunyo bo’ylab aylanuvchi barcha axborotlarning yarmidan ko’pini ob’ektlarning geografik joylashishini xisobga olish muhim bo’lgan faoliyat turlari bilan shug’ullanadigan korxona va tashkilotlar tomonidan qo’llaniluvchi geografik yoki fazoviy ma’lumotlar tashkil qiladi. Geoinformatsion tizimlar- optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilishda fazoviy ma’lumotlar asosida taxlil qilish imkoniyatini ta’minlab berishga mo’ljallangan axborot tizimlaridir.
Geoinformatsion tizimlarni aniqlashtirishda fazoviy ma’lumotlarning taxlili yoki fazoviy taxlil tushunchalari asosiy kalit so’zlari bo’lib xizmat qiladi. Geoinformatsion tizimlar quyidagi savollarga javob berishi kerak:
Berilgan soxada nimalar mavjud?
Berilgan shartlar to’plamini qoniqtiruvchi soxa qaerlarda joylashgan?
Zamonaviy geoinformatsion tizimlar xaritalardan foydalanishda grafik ma’lumotlarni aloxida mavzuviy qavatlar sifatida saqlanganligi hisobidan kengaytirildi. Ularning tarkibidagi ob’ektlarning sifat va miqdor xarakteristikalarini ma’lumotlar bazalari sifatida qo’llaniladi.
Ma’lumotlarlarning bunday tashkillanishi ularni boshqarishda egiluvchan mexanizmlarning printsipal jixatdan mavjudligi yangi imkoniyatlarni ta’minlaydi.
Geoinformatsion tizimlarda “ma’lumot”, “axborot”, “bilim” tushunchalari.
Dastlab “ma’lumot”, “axborot” va “bilim” tushunchalariga aniqlik kiritamiz. Ushbu tushunchalar informatsion tizimlarda qo’llanilish masalasida ularning umumiy jixatlari mavjudligi bilan bir qatorda moxiyati bo’yicha farqlanadi.
“Ma’lumot” – ob’ekt xaqida aniqlangan faktlarning jamlanmasi yoki ushbu ob’ektlarni o’lchashdan olingan natijalardir. Geoinformatsion tizimlarda olingan ma’lumotlarni yuksak darajada formalizatsiya qilinadi. Ma’lumotlar bu axborotlarni yaratish jarayonining asosiy tarkibiy qismidir. CHunki u ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida yuzaga keladi.
GIS tizimidagi axborot tushunchasi- bu ob’ekt xaqidagi bilimlarning xajmini belgilaydigan ma’lumotlarning yig’indisidir.
SHuningdek bilim axborotni izohlash natijasi sifatida namoyon bo’ladi. Bilim- bu amaliyotda o’z tasdig’ini topgan atrof-olamni o’rganish natijasidir.
Ilmiy bilim tizimga solinganligi, asoslanganligi va yuksak darajadagi strukturalashtirilganligi bilan farqlanadi. Axborot tizimlarini bilimlar olishning samarali quroli sifatida ko’rish mumkin.
“Ma’lumot”, “axborot” va “bilim” tushunchalarining o’rtasidagi farqlari texnik tizimlarning rivojlanish tarixida kuzatiladi.
Dastlab ma’lumotlar banki, keyinroq intellektual tizimlar, so’ng bilimlarga asoslangan ekspert tizimlar paydo bo’ldi.
Hozirgi vaqtda dasturiy maxsulotlar bozorida fazoviy taqsimlangan informatsiyalar bilan ishlaydigan bir necha turdagi tizimlar mavjud. Hususan, ularga avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlari, avtomatlashtirilgan kartografiya tizimlari va geoinformatsion tizimlar kiradi. Geoinformatsion tizimlar boshqa avtomatlashtirilgan tizimlardan fazoviy ma’lumotlarni taxlil qilishning rivojlangan vositalariga egaligi bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |