1-ma’ruza: Geografik informatsion tizimlar xaqida umumiy ma’lumotlar


-ma’ruza. GICni shakllantirish uchun ma’lumotlar manbalari. Sirt va relьefning raqamli modeli. Relьef raqamli modelini shakllantirish uchun ma’lumotlar manbasi



Download 395 Kb.
bet13/16
Sana08.04.2022
Hajmi395 Kb.
#536592
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
ГАТ-Лотин1-8мавзулар

7-ma’ruza. GICni shakllantirish uchun ma’lumotlar manbalari. Sirt va relьefning raqamli modeli. Relьef raqamli modelini shakllantirish uchun ma’lumotlar manbasi.

Grafik ma’lumotlarni tashkillash usuliga ko’ra geoinformatsion tizimlar quyidagi turlarga bo’linadi:



Ma’lumotlar manbalari va ularning tiplari
Quyidagilar geoinformatsion tizimlardagi ma’lumotlarning manbalari sifatida qabul qilinadi:

  • Kartografik materiallar (umumgeografik va topografik xaritalar, xududiy boshqaruv bo’linishiga ko’ra xaritalar, kadastr rejalari va hokazolar). Xaritalardan olinayotgan ma’lumotlar xududiy bog’langan bo’ladi, shuning uchun ushbu ma’lumotlarni geoinformatsion tizimlarning bazaviy qismi sifatida qo’llaniladi.

  • Masofaviy kuzatishlardan olingan ma’lumotlar (MKOM). Ulardan geoinformatsion tizim ma’lumotlar bazasini shakllantirishda keng qo’llaniladi. MKOM tarkibiga kosmik tarqatuvchilardan olingan materiallar kiradi. Masofaviy kuzatishlarni amalga oshirish uchun tasvirlarni suratga oluvchi va ularni Yerga uzatuvchi turli xil texnologiyalar qo’llaniladi. Suratga olib tarqatuvchi qurilmalar (kosmik qurilmalar va sputniklar) turli xil asbob-uskunalar bilan to’liq ta’minlanadi va turli orbitalarga joylashtiriladi. Ushbu tarqatuvchi kosmik qurilmalar orqali mazmuni jixatidan turlicha bo’lgan va bir-biridan farq qiluvchi ob’ektlarni tabiiy muxitning turli spektr diapazonlari (ko’rinuvchi va yaqin infraqizil, issiq infraqizil va radiodiapazon) dagi xarakatlanishini tasvirlovchi suratlarni olish imkoniyatiga ega bo’lamiz. Bularning xammasi MKOMni qo’llash orqali yechimini topishga xizmat qiluvchi keng spektrdagi ekologik masalalardir.

Masofaviy kuzatish metodlariga aero va yerdagi suratga olish metodlari, bundan tashqari dengiz tubi relьefining gidroakustik suratlarini olishda qo’llaniladigan metodlar ham kiradi. Bunday metodlar orqali suratga olingan materiallar tabiiy muxitdagi turli xil ob’ektlarning soni va sifati xaqida axborot olish imkoniyatini beradi.
Xududlarning dala qidiruv materiallari tarkibiga quyidagilar kiradi: topografik ma’lumotlar, muxandislik-geodezik qidiruvlar, kadastr suratlari, tabiiy ob’ektlarning geodezik o’lchamlari, amalga oshiriladigan biror bir nuqtaga nisbatan ob’ektning eng baland nuqtasini xisoblash, burchak o’lchovchi asboblar va GPS qabul qilgichlari orqali, shuningdek, geobotanik va boshqa metodlar orqali xududning kuzatish natijalari, masalan, xayvonlarning joylashuvi bo’yicha tadqiqot o’tkazish, tuproqni taxlili va boshqalar.
S tatistik ma’lumotlar xalq xo’jaligining turli tarmoqlari to’g’risidagi, shuningdek, statsionar o’lchovchi kuzatuv postidagi ma’lumotlar (gidrologik va metrologik ma’lumotlar, atrof-muxit ifloslanishi to’g’risidagi ma’lumotlar va boshqalar).
Adabiy ma’lumotlar (grafik ob’ektlarning aloxida tiplari bo’yicha ma’lumotnomalar, kitoblar, monografiya va maqolalar).
Geoinformatsion tizimlarda ma’lumotlarning faqat bir turi kamdan kam qo’llaniladi, ko’pincha ular bilan birga qaysidir xudud haqidagi ma’lumotlarning to’liq ma’lumotlari ham aks ettiriladi.
Ma’lumki, XXI asr – axborot va axborot texnologiyalari asri. Fan va texnikadagi texnologiyalar jadal suratlar bilan rivojlanib borayotgan bugungi kunda, o’qitish va dars jarayonlarini tashkil qilishda yangi zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni taqozo etadi. Kelajagimiz bo’lgan yoshlarni yuksak madaniyatli, o’tkir bilimli qilib tarbiyalashda har bir pedagog xodim o’zini mas’ul shaxs ekanligini bilgan holda, dars samaradorligini oshirib borishi, yangi texnologiyalardan unumli foydalanishi dolzarb masala hisoblanadi. Elektron resurslarni yaratish va ulardan oqilona foydalanish bugungi davr talabiga aylangan bir paytda, rivojlanib borayotgan texnika va dasturiy vositalardan unumli foydalanish o’rinli.
Darhaqiqat, Ukraina fanlar akademiyasining akademigi V.M.Glushkov ta’kidlaganidek: “XXI asrda texnik rivojlangan davlatlarda axborotlarning asosiy qismi ovozsiz ko’rinishda EHM xotirasida saqlanadi. Bu bilan XXI asr boshida ushbu axborotdan foydalana olmagan kishi XX asr boshidagi o’qishni ham, yozishni ham bilmaydigan kishiga o’xshab qoladi”.
B ugun barkamol avlod tarbiyasi davlat miqyosidagi masalalar darajasiga ko’tarilgan. Ustozlar davr talabiga mos holda ta’lim-tarbiya berishda, o’zlari ushbu kun yangiliklaridan boxabar, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohadagi o’zgarishlarni mazmun-mohiyatini to’g’ri anglab yetgan holda o’quvchi yoshlarga sodda, qalbiga yetib boradigan qilib, tushunarli usullardan foydalanib darslarni tashkil etishlari zarur. Bunda maxsus va umumta’lim fanlari o’qituvchilariga, fanlari bo’yicha yaxshi bilimlarga ega bo’lishlaridan tashqari, bugungi zamonaviy axborot va kommunikatsion texnologiyalarini mukammal bilishlari talab etiladi.
Ta’limda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llaganda o’quvchi eshitish, ko’rish, ko’rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga va eng asosiysi tasavvurga ega bo’ladi. Ta’lim jarayonida darslarni interfaol usullarda tashkillashtirish uchun xozirgi kunda shart – sharoitlar mavjud.
Geografik axborot tizimlar yoki geoinformatsion tizimlar (GAT-GIS) – bu geografik fazoviy ma’lumotlar yoki ular bilan bog’liq bo’lgan tekisliklarda bilim va axborotlar yig’ishni ta’minlash, saqlash, qayta ishlash, taxlil qilish va tasvirlashga mo’ljallangan axborot tizimidir.
GIS texnologiyalaridan ta’lim jarayonida foydalanish yuksak darajada samara beradi. CHunki geografik axborot tizim fazodagi turli ob’ektlarning nafaqat tashqi ko’rinish suratlari, balki ularning xaritadagi joylashuvi, tarkibiy tuzilishi, qatlamlari to’g’risidagi ma’lumotlarni taqdim qilish imkonini beradi. Bu esa bilimlarni tasavvur qilishda katta yordam beradi.
Geografik axborot tizimlarning ma’lumot manbalari quyidagilar:

  • Kartografik materiallar (umumgeografik va topografik xaritalar, xududiy boshqaruv bo’linishiga ko’ra xaritalar, kadastr rejalari va hokazolar). Xaritalardan olinayotgan ma’lumotlar xududiy bog’langan bo’ladi, shuning uchun ushbu ma’lumotlardan geoinformatsion tizimlarning bazaviy qismi sifatida foydalanish mumkin.

  • Masofaviy kuzatishlardan olingan ma’lumotlar (MKOM). Ular geoinformatsion tizim ma’lumotlar bazasini shakllantirishda keng qo’llaniladi. MKOM tarkibiga kosmik tarqatuvchilardan olingan materiallar kiradi. Masofaviy kuzatishlarni amalga oshirish uchun ob’ektlarni suratga oluvchi va ularni Yerga uzatuvchi turli xil texnologiyalar qo’llaniladi. Suratga olib tarqatuvchi qurilmalar (kosmik qurilmalar va sun’iy yo’ldoshlar) turli xil asbob-uskunalar bilan to’liq ta’minlanadi va turli orbitalarga joylashtiriladi.

  • Xalq xo’jaligining turli tarmoqlari to’g’risidagi, shuningdek, statsionar o’lchovchi kuzatuv postidagi statistik ma’lumotlar (gidrologik, metrologik, ekologik va boshqa ma’lumotlar).

  • Adabiy ma’lumotlar (grafik ob’ektlarning aloxida tiplari bo’yicha ma’lumotnomalar, kitoblar, monografiya va maqolalar).

Geoinformatsion tizimlarda ma’lumotlarning faqat bir turi kamdan kam qo’llaniladi. Ko’pincha ular bilan birga ma’lum xudud haqidagi axborotlarning to’liq ko’rinishi ham aks ettiriladi. SHuning uchun ta’lim berish jaarayonida geografik informatsion texnologiya ilovalaridan foydalanish yuqori darajada samara beradi.
Axborot texnologiyalari asrida har bir yosh avlod kompьyuterdan samarali va unumli foydalanib borishi o’rgatiladi. SHunday ekan, shiddat bilan hayotimizga kirib kelayotgan internet tarmog’i imkoniyatlaridan foydalanib, o’quv mashg’ulotlari samaradorligini yanada oshirish mumkin. Bunda masofaviy o’qitish texnologiyalari asosiy o’rinni egallamoqda. Maxsus fanlarni o’qitishda “Nuqtai nazar”, “Aqliy hujum”, “Ajratish” va “T” kabi usullardan foydalanish o’quvchidagi bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlashga yordam beradi.
H ozirgi kunda Oliy o’quv yurtlari bakalavr talabalari va magistrlariga maxsus fanlarni o’qitishda zamonaviy pedagogik, interaktiv axborot kommunikatsion texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. Buning natijasida talaba – yoshlarimizning bilim, ko’nikmalari ortib bormoqda. Lekin ayrim fanlarni o’qitish jarayonida bu pedagogik texnologiyalardan foydalanish yetarli emas. Ularda axborot kommunikatsion texnologiyalari bilan bir qatorda Internet tizimlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
8-ma’ruza. Ma’lumotlar tuzilmalari va formatlari. Ma’lumotlar bazalari. Ma’lumotlar bazalarining ierarxik, tarmoq, relyatsion va ob’ektga yo’naltirilgan modellari. Meta ma’lumotlar.
Ob’ekt xaqidagi fazoviy bo’lmagan qo’shimcha ma’lumotlar atributlar to’plamini tashkil etadi.


Download 395 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish