I-bob. Galaktika tuzilishi va uning tarkibiy qismlari
1-§. Galaktika aholisining turlari va tarkibiy qismlari
Somon Yo'li deb ataluvchi Galaktikamizni bir nechta quyidagi tarkibiy qismlarga ajratib ko'rsatish mumkin, shulardan asosiylari: yadro, balj, ingichka disk, qalin disk va galo (1-rasm). Balj - Galaktikaning markaziy qismidagi qalinlashgan soha, galo - butun galaktikani o'rab turgan sferoidal tarkibiy qism, va turli xil fizik parametrlarga ega yulduzlarning populyatsiyasidan tashkil topgan ikki turdagi yupqa va qalin disklar. Somon Yo'li tekisligining yaqinida ko'rinadigan yulduzlarning taxminan 85 foizi yupqa tarkibiy qismga tegishli.
1-rasm. Galaktika modeli (yon qirrasidan qaralgandagi xol). Nuqtalar bilan ba’zi sharsimon to’dalar ko’rsatilgan. Rasmdagi o’lchamlar taxminiy: tojning o’lchami aslida Somon yo’li diametridan o’n marta katta.
Somon Yo’li tarkibi yakka yulduzlardan tashqari karrali yulduzlar, yulduz birlashmalari (assotsiatsiyalari) yulduz to’dalari va yulduzlararo muhit moddasidan iborat. Yulduz ob’ektlarining turlari tushunchasi amerikalik astronom Uolter Baade tomonidan 1944 yilda kiritilgan. Dastlab U.Baade Andromeda tumanligi (M31) da turli xil yulduzlar turli yo'llar bilan taqsimlanishiga e'tibor qaratdi: qizil gigantlar galaktikaning yadrolari atrofidagi sohada, zangori yulduzlar esa, asosan spiral tarmoqlarda to'plangan. Spiral tarmoqlarning yulduzlariga I-turdagi Baade vakili, galaktikaning markaziy hududlarining yulduzlariga II – tur yulduz vakili nomi berilgan.
Baadaning o'zi ham va undan keyin boshqa tadqiqotchilar ham, yulduzlar o'rtasida bevosita fizikaviy bog'liqlik bo'lmagan ko'plab xususiyatlar, masalan, yoshi, kimyoviy tarkibi, kinematik xususiyatlari va galaktik orbitalarning elementlari Galaktikadagi ob’ektlarning taqsimoti bilan chambarchas bog'liqligini aniqladilar.
Aniqlanishicha, eng qadimgi ob’ektlarlar, ya’ni II – tur vakillari tashkil etadgan ob’ektlar, bir vaqtning o'zida og'ir elementlarga kambag'al, qoldiq tezliklarning yuqori dispersiyasiga ega va Galaktika markazi atrofida kuchli cho'zilgan, deyarli radial galaktik orbitalar bo'ylab harakatlanadi. II-tur yulduz vakillari bu yulduzlarning sharsimon to’dalari, subkarliklar, RR Lyr va W Vir kabi o'zgaruvchan yulduzlardir.
Galaktikada ular sharsimon tarkibiy qismni, yoki galoni hosil qilib (bu teng zichlikli yuzalarning sferoidal shakli) Galaktika markaziga qarab kuchli konsentratsiyasi va sekin aylanishi bilan tavsiflanadi.
Yulduzlarning I - tur vakillari (kichik yoshdagi ob'ektlar) tarkibida og'ir elementlar o'nlab va yuzlab marta ko'p, ularning qoldiq tezliklari dispersiyasi nisbatan kam va ular deyarli aylanma orbitalar bo'ylab harakatlanib, Galaktika diskining tez aylanuvchan tarkibiy qismini tashkil qiladi. I - turda bosh ketma-ketlikda kuzatilgan yulduzlar, supergigantlar, qizil gigantlarning ko'pi qismi, yulduzlararo gaz va chang bulutlari, yulduzlarning tarqoq to’dalari va yulduz birlashmalari (assotsiyatsiyalari) mavjud.
Vaqt o'tishi bilan Baade tasnifi (klassifikatsiyasi) yanada murakkablashdi va o'zgartirildi. Ammo ushbu kontseptsiyadagi eng muhim narsa o'zgarishsiz qoldi - bu xususiyatlarning yoshga bog'liqligiga asoslangan populyatsiyalarning turli xususiyatlari o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik. Ushbu aloqa Galaktikaning tuzilishi va evolyutsiyasini tushunish uchun kalit bo’ldi. Bu, Galaktikada yulduzlar paydo bo'lishi tarixini, geometrik va kinematik xususiyatlari va kimyoviy tarkibiy xususiyatlari bilan galaktika qismlarining shakllanish tarixini birlashtirishga imkon berdi.
Galaktika ob’ektlarining turi to'g'risidagi tushuncha uning tarkibiy qismlari tushunchasi bilan chambarchas bog'liq. Turli yoshdagi ob’ektlar Galaktikada turli xil tarkibiy qismlarni tashkil qiladi. Hozirgi kundada Galaktik galo (ya'ni II-tur) ham birjinsli bo'lmasdan, uchta qismostidan iborat: ancha metalga boy ([Fe / H]> -1.0) qalin disk, metalliligi kam bo’lgan galo va akkretsion galo (yoki toj).
Tarkibiy qismlari
|
Baade bo’yicha qismlari
|
Yoshi, mlrd.yilda
|
Metallilgi, [Fe/H]
|
Tezlik dispersiyasi, km/sek
|
|
Yupqa disk
|
I
|
<(7- 9)
|
> -0.4
|
<30
|
< 0.25
|
Qalin disk
|
II
|
10 ? 12
|
-0.4 ? -1.0
|
≈ 50
|
0.2 ? 0.5
|
Xususiy galo
|
II
|
>(12-13)
|
<-1.0
|
≈ 80
|
0.5 - 0.9
|
Akkretsiyali galo
|
II
|
>9
|
<-0.5
|
>120
|
>0.8
|
30>
Do'stlaringiz bilan baham: |