1-ma’ruza. Fizika fani haqida. Moddiy nuqtaning to’G’ri chiziqli harakati


Moddiy nuqta. Absolyut qattiq jism. Fazo va vaqt



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana26.02.2022
Hajmi0,9 Mb.
#466717
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-лекция

Moddiy nuqta. Absolyut qattiq jism. Fazo va vaqt 
 
Klassik mexanikada o’rganiladigan eng sodda ob’ekt moddiy nuqta hisoblanadi. 
Moddiy nuqta
deb, ma’lum massaga ega bo’lgan, o’lchami o’rganiladigan masofalarga nisbatan juda 
kichik bo’lgan jismga aytiladi. 
Moddiy nuqta tushunchasi abstraktdir. Masalan, Yerning o’lchami Quyoshgacha bo’lgan masofaga 
nisbatan juda kichik bo’lgani uchun, Quyosh atrofidagi harakatida uni moddiy nuqta deb faraz qilish mumkin. 
Bunda Yerning butun massasi uning geometrik markazida mujassamlangan, deb hisoblanadi. 
Jismlar biri-biri bilan o’zaro ta’sirlashganda ularning shakli va o’lchamlari o’zgarishi mumkin. 
Har qanday sharoitda deformatsiyalanmaydigan jism 
absolyut qattiq jism
 
deb ataladi

Qattiq jismning qismlari yoki ikki nuqtasi orasidagi masofa o’zgarmasdir. Qattiq jismlarning istalgan 
harakati ilgarilanma va aylanma harakatlar majmuasidan iborat. 
Ilgarilanma harakat
– bu shunday harakatki, unda harakat qilayotgan jism bilan mustahkam bog’langan 
istalgan to’g’ri chiziq boshlang’ich holatiga nisbatan parallelligini saqlab qoladi. 
Aylanma harakat
– bu harakatda jismning barcha nuqtalarining harakat traektoriyalari aylanalardan 
iborat bo’lib, ularning markazi esa aylanish o’qi deb ataladigan to’g’ri chiziqda yotadi. 
Jismlar harakatini tekshirishda, ularning vaziyatini boshqa, shartli ravishda qo’zg’almas deb qabul 
qilingan jismning holatiga nisbatan aniqlash kerak. 
1 - rasm. Fazoviy sanoq tizimida moddiy nuqtaning koordinatalari 
Jismlarning fazodagi vaziyatini aniqlashga imkon beradigan, qo’zg’almas jism bilan bog’langan 
koordinatalar tizimi 
fazoviy sanoq tizimi 
deb ataladi. 
Tanlab olingan fazoviy sanoq tizimidagi har bir nuqtaning o’rnini uchta 
x
,
y

z
koordinatalar orqali 
ifodalash mumkin (
1 - rasm
). 
Koordinata boshidan 
A
nuqtagacha yo’naltirilgan kesma 
radius-vektor
 
deb ataladi. Radius- vektor
ning koordinatalari 
x,
y, 
z
o’qlardagi proektsiyalaridan iborat, ya’ni: 
Bu yerda 
, koordinata o’qlari bo’ylab yo’nalgan birlik vektorlardir. 


Agar 
A
moddiy nuqtaning biror sanoq tizimidagi radius - vektori bo’lsa, uning 
x,
y, 
z
koordinatalari 
t
vaqtning funktsiyasi ko’rinishida ifodalanadi: 
Har 
qanday 
harakatni 
o’rganish uchun 
fazoda 
turli 
sanoq 
tizimlarini 
tanlab 
olish 
mumkin. shuni 
qayd 
etish 
kerakki, 
turli 
sanoq 
tizimlarida ayni 
bir 
jismning 
harakati 
turlicha bo’ladi. Lekin, sanoq tizimi sharoitga qarab tanlanadi. Masalan, jismlarning harakati Yer bilan 
bog’langan sanoq tizimi yordamida o’rganiladi. 
Yerning sun’iy yo’ldoshlari, kosmik kemalarning harakati esa, Quyosh bilan bog’liq bo’lgan 
geliotsentrik sanoq tizimida tekshiriladi. 
Ma’lum bir tanlangan sanoq tizimidagi nuqta holatini belgilovchi 
x
, y, 
z
koordinatalar qandaydir 
sonlardan iborat deb hisoblasak, eng avval, ularni o’lchash usulini yoki printsipini tan 
Katta masofalarni o’lchashda namunalardan foydalanish imkoniyati yo’q bo’lgani uchun yorug’lik 
nurining tarqalish tezligidan foydalaniladi. Kichik masofalarni o’lchash uchun esa, aniq tuzilishli 
moddalarning fizikaviy xususiyatlaridan foydalaniladi. 
Vaqt ham fizik kattalik bo’lgani uchun uning miqdoriy qiymatlari ayrim sonlardan iborat bo’ladi. 
Ammo, uzunlikka o’xshash vaqtning absolyut qiymati yo’q. Vaqt deganda qandaydir vaqt oralig’ini tushunish 
kerak. Vaqtni amaliy o’lchash usullaridan biri Yerning o’z o’qi atrofidagi aylanishdagi Quyosh sutkasidan 
iborat. Unga ketgan vaqtning 86400 dan bir ulushi sekunddir. 
Vaqtni o’lchash usullarining eng anig’i deb Tseziy atomining asosiy holatlariga tegishli ikki energetik 
sathlar orasini o’tishda elektromagnit nurlanishning 9192631770 marta tebranishiga ketgan vaqt olinadi. Bu 
vaqt bir sekundga tengdir. 

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish