Integral mikrosxema ko`rinishidagi tuzilgan kuchaytirgich operatsion kuchaytirgich deb ataladi.
Integral operatsion kuchaytirgichlar.Universal hisoblanib, ular matematik operatsiyalarnibajarish bilan birga signallarni generatsiya qiladi, kuchaytiradi va o`zgartiradi.
Operatsion kuchaytirgichlarda kirish sifatida differensial kuchaytirish kaskadi qo`llanilib, u kuchaytirgich chiqish potensialini bir maromda bo`lishini ta`minlaydi, qolaversa ikkita kirish borligi evaziga uni imkoniyatlarini oshiradi.
Kirish signali chiqish signali bilan bir fazada yotadimi yo`qmi, unga qarab kirishlar invertirlovchi va noinvertirlovchi (kirish 2.) bo`ladi (2-rasm).
Operatsion kuchaytirgichlarni ta`minlash uchun har hil qutbli En1 va En2 manbalardan foydalaniladi, ular tinch holatda nolga teng potensial olish imkonini beradi.
3-rasm. Noinvertirlovchi kuchaytirgich.
Operasion kuchaytirgichlarni asosiy parametrlaridan biri uni kuchlanishini kuchaytirish differensial koeffisienti hisoblanadi. Operasion kuchaytirgichlarni kuchaytirish differensial koeffisienti juda yuqori (bir necha million) va chiqish qarshiligi juda oz (Rchiq10.....100 Om orasida).
Chiziqli kuchaytirgichlar tuzish uchun manfiy teskari bog`lanishdan foydalaniladi.
Qaysi kirishga kirish signali kuchlanishni berilishiga qarab invertirlovchi va noinveritrlovchi kuchaytirgichlar bo`ladi.
Noinvertirlovchi kuchaytirgichlarda (3-rasm) kirish va chiqishdagi signal fazalari bir hil. Kirish kuchlanishi noinvertirlovchi kirishga beriladi, kuchaytirgichni chiqishdan R1 R2qarshilikni bo`lgich orqali inventirlovchi kirishga manfiy teskari bog`lanish kuchlanishiberiladi. Manfiy teskari bog`lanish borligi tufayli kuchaytirgichning kuchaytirish koeffisienti etarli darajada muayyan R1 va R2 miqdorlarini tanlash yo`li bilan kerakli kuchaytirish
koeffisientini olish mumkin bo`ladi. Invertirlovchi kuchaytirgich hosil qilish uchun (4-rasm) kirish signali va teskari bog`lanish signali bir vaqtda invertirlovchi kirishga beriladi, ikkinchi kirish esa erga ulab qoyiladi.
4-rasm. Invertirlovchi kuchaytirgich.
Operasion kuchaytirgichni kirish tokini hisobga olmasak i1 toki teskari aloqa toki i2 teng bo`ladi ya`ni i1i2 .
Integral operasion kuchaytirgich kuchaytirish koeffisienti juda katta bo`lganligi tufayli uni
qarshidagi differensial sig`im Ukir.d juda oz. Haqiqatdan
|
bo`lsa
|
bu erda
|
kuchaytirgichni teskari
|
bog`lanishsiz kuchaytirish koeffisienti. Bundan kelib chiqib UkirR1i1 , UchiqR2i2 manfiy ishora.
Chiqishdagi faza signali kirishdagi faza signaliga teskariligini bildiradi, yani kuchaytirgich invertirlovchi hisoblanadi. Toklarni tezligini hisobga olgan holda yozamiz:
U kirR1
Olingan hulosalar kirish signallarini jamlaydigan kuchaytirgich sxemasini tuzish mumkin ekanligini isbotlaydi. Buning uchun bir nechta kirish signallarini (masalan uchta) bir hil uchta rezistorlar orqali kuchaytirgichni invertirlovchi kirishga berish mumkin bo`ladi.
Uchna kirishga ega bo`lgan zanjirga ulangan operasion kuchaytirgich kuchlanishlarini jamlash ajgebraik operasiyasini bajaradi, shuning uchun ham u summator deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |