Dasturiy kompleksning Analysis menyusini ko’rib chiqaylik. Undagi
birinchi uchta komandalar (Activate, Pause va Stop) va knopkalarga o’xshash.
DC Operating Point — rejimlarni o’zgarmas tok bo’yicha hisoblash. Ushbu rejimda modellanayotgan sxemadan hamma kondensatorlar olib tashlanadi va hamma induktivliklar qisqa tutashtiriladi.
AC Frequency… —chastotaviy xarakteristikalarni hisoblash. Komanda bajarilishidan oldin dialog oynasida (2.5-rasm) quyidagi parametrlarni o’rnatish kerak:
1-rasm. CHastotaviy xarakteristikalarni hisoblash oynasi
Transient… — o’tish jarayonlarini hisoblash. Ushbu komandaning dialogoynasi (2.6-rasm) quyidagi punktlarni o’z ichiga oladi:
2-rasm. O’tish jarayonlarini hisoblash oynasi
Initial conditions — modellashning boshlang`ich shartlarini o’rnatish (Set to Zero – nolli boshlang`ich holat; User-defined – boshlang`ich shartlarini foydalanuvchi boshqaradi (o’rnatadi); Calculate DC operating point – boshlang`ich shartlar o’zgarmas tok rejimini hisoblash natijalaridan olinadi.
TSTART i TSTOP — o’tish jarayonlarini tahlil qilishning boshlanish va tugallanish vaqtlari.Generate time steps automatically — O’tish jarayonlarini avtomatik ravishda tanlanadigan o’zgaruvchi qadam bilan hisoblash.
Tsteps — modellash natijalarini ekranga chiqarish uchun vaqt bo’yicha qadam.
Fourier… —spektral tahlil.
Signallarning spektrlarini tahlil qilish uchun Analysis menyusining Fourier punkti tanlanadi. Dialog oynada Fure bo’yicha tahlil qilish optsiyalarini o’rnatish 2.7-rasmda ko’rsatilgan. Analysis parametrlar blokining yuqoridan birinchi oynasida sxemaning tahlili amalga oshirilishi kerak bo’lgan tugunining nomeri ko’rsatiladi. YUqoridan ikkinchi oynachada esa asosiy garmonikaning chastotasi o’rnatiladi va uchinchi oynachada hisoblanishi kerak bo’lgan garmonikalar soni ko’rsatiladi. Result blokida vertikal o’q bo’yicha masshtab tanlanadi, faza spektrini aks ettirish uchun blokning Display phase punkti yoki amplituda spektrini uzluksiz chiziq ko’rinishida aks ettirish uchun Output as line graph punkti belgilanadi.
Modellash parametrlari 3-rasmda ko’rsatilgan dialog oynasida beriladi, unda quyidagioptsiyalarmavjud:
3-rasm. Fourier Analysis oynasi
Output node — signalning spektri tahlil qilinishi kerak bo’lgan nazorat nuqtasining tartib raqami;
Fundamental frequency — tebranishlarning asosiy chastotasi (birinchi garmonikaning chastotasi);
Number harmonic — tahlil qilinadigan garmonikalar soni;
Vertical scale — U o’qi bo’yicha masshtab.
Advanced —blok optsiyalarining to’plami.
Number of points per harmonic — bitta garmonika uchun sanashlar soni; Sampling frequency — tanlovlarning diskretlik chastotasi.
Display phase — hamma tashkil etuvchilar fazalarining taqsimlanishini uzluksiz funktsiya ko’rinishida ekranga chiqarish (sukut bo’yicha faqat amplitudalar grafigi chiqariladi);Output as line graph — garmonikalar amplitudalarining taqsimlanishini ekranga uzluksiz funktsiya ko’rinishida chiqarish (sukut bo’yicha chiziqli spektr ko’rinishida chiqariladi).
Monte Carlo … — Monte-Karlo usuli bilan statistik tahlil. Dialog oynasida (4-rasm) quyidagi parametrlar beriladi:
4-rasm. Monte-Karlo usuli bilan statistik tahlilning dialog oynasi Number of runs —statistik sinashlar soni;
Global Tolerance —rezistorlar, kondensatorlar, induktivliklar, o’zgaruvchan va o’zgarmas tok va kuchlanish manbalari parametrlarining nominal parametrlarga nisbatan og`ishi (xatoliklari);Speed — ehtimoliy kattalikning boshlang`ich qiymati (0…32767)
Distribution type — ehtimoliy sonlarning taqsimlanish qonuni.
Do'stlaringiz bilan baham: |