NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
Kuchaytirgich deb nimaga aytiladi.
Ko`p kaskadli kuchaytirgichlar qandau hosil qilinadi.
“Operasion kuchaytirgich” nima ma`noni anglatadi.
Noinventirlovchi va inventirlovchi kuchaytirgich deganda nimani tushunasiz.
28-ma’ruza. Electronics Workbenche modellashtirish dasturi.
Reja.
Electronics Workbench komponentlari bazasi.
Sxemalarni modellash.
Electronics Workbench komponentlari bazasiga passiv elementlar, tranzistorlar, boshqariladigan energiya manbalari, boshqariladigan kalitlar, gibrid elementlar, indikatorlar, mantiqiy elementlar, trigger qurilmalari, raqamli va analogli elementlar, maxsus kombinatsion sxemalar mavjud.
Faol elementlar modellari ideal va real holatlarda berilgan. O’lchashlarni olib borish uchun ampermetr, voltmeter, osillograf, multimetr, Bode-plotter (sxemalarni chastota xarakteristikalarini grafik tasvirlagich), funktsional generator, mantiqiy analizator, mantiqiy o’zgartirgich kabi asboblar mavjud.
Electronics Workbench sxema tahlili o’zgarmas va o’zgaruvchan tokda amalga oshirilishi mumkin.
Electronics Workbench dasturi turli murakkabliklardagi sxemalarni quyidagi harakatlar yordamida yig’ish imkonini beradi:
Electronics Workbench Multisim elektron zanjirlarni modellash, tekshirish, ishlab chiqish va sozlash ishlarini amalga oshirishga imkon beruvchi dastur bo’lib hisoblanadi.
Bu ishda laboratoriya ishlari bo’yicha nazariy ko’rsatmalar va xisoblash formulalari, elektron zanjirlar va qurilmalar sxemalarining tavsifi keltirilgan, hisoblash va tajribalarni o’tkazish topshiriqlari, tajribalarni o’tkazish bo’yicha tavsiyalar, olingan natijalar ustida ishlash va xisobotlarni rasmiylashtirish ifodalangan.
Electronics Workbench Multisim yetarlicha sodda ko’rinishdagi foydalanuvchi interfeysiga ega va qulay. Unda elektron qurilmalarning yetarlicha ko’p sonli modellari mavjud, hamda foydalanuvchiga o’zining modelini yaratish imkonini beradi.
Dasturiy majmuada nafaqat “ideal”, balki “real” elementlar bilan ham ishlash mumkin, realga maksimal yaqinlashtirish maqsadida, turli xalaqitlar va shovqinlarni imitatsiya qilish imkoni mavjud.
Bulardan tashqari Еlectronics Workbench Multisim dasturi standart yondoshishda murakkab bo’lgan jarayonlarda elektron zanjirlarni tahlil qilishga imkon beradi.
Еlectronics Workbench Multisim elektron zanjirlar ishlab chiaruvchi sanoat korxonalarida ham va elektron qurilmalarni o’rganayotgan oliy o’quv yurtlarida ham foydalanish mumkin. Undan narhi qimmat bo’lgan uskunalar o’rnida foydalanish mumkin.
Electronics Workbench dasturida katta sxemaning bir qismini ost :xemaga aylantirish mumkin. Buning uchun sxemaning bir kismi sichqonchaning chap tugmasi bosilgan xolatda surilib ajratiladi va Circuit menyusining Create Subcircuit punkta tanlanadi. Favorites oynasida o’rnatilgan ost sxemaning tasvirixosil bo’ladi. Ost sxemalardan foydalanish murakkab qurilmaning kompakt sxemasini olish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |