Darsanvalizasiya
– deb chastotasi 200-300 kGs va kuchlanishi bir necha o`ndan bir necha yuz kV
bo’lgan, tok kuchi 10-15 mA bilan davolash usuliga aytiladi. Bu usulni 1822 yilda fransuz fiziologi
J.Darsenval taklif qilgan. Veterianriyada bu usul uzoq vaqt bitmagan yaralarni, teri kasalliklarni va
pereferik nervlarni davolashda ishlatiladi.
Diatermiya - hayvon tanasining ichki qismlarini 1-1,5 A tok bilan (1-2 MGs chastota va 100-150
V kuchlanish) isitish usuliga aytiladi. Veterinariyada diatermiya bronxopnivmaniyalarni, jigar
kasalliklarini, jinsiy organlarni davolashda ishlatiladi.
UVCh
- terapiyada hayvon biror organi 40-50 MGs.li generator elektrodlari orasiga qo’yilib
isitiladi. UVCh terapiya mastitni, frunkulni, gaymaritlarni davolash uchun ishlatiladi.
Organizm uchun xavfli tok 100 mA (odamlar uchun) hayvonlar uchun ancha farq qiladi. Buzoqlar
uchun 200-300- mA, qo’zilar uchun 150-200 mA, cho’chqalar uchun 170-200 mA, qoramollar
uchun 220 mA va 30
0
C da suv va 350 mA - 10
0
C temperaturada. Qanday tok xavfli ekanligi
to’g’risida biror qonuniyat mavjud emas. Hattoki 12 V ham odamni o’ldirishi mumkin, Bir fermada
mollarni avtomatik sug’aruvchi qurulmaga elektrodvigateldan bir fazaga tegishi tufayli 93 mol
halok bo’lgan. Hattoki 3-4 V kuchlanish sigirning sut berish mahsuldorligini kamaytirib yuboradi.
Go’sht kombinatida 0,8-1,2 A tok va 220 V kuchlanish beriladi. Bunda u tok o’chirilgandan so’ng 5-
minutgcha o’ziga kelmaydiadi
3.5. Moddalarning magnit xossalari, magnitabiologiya
Qadim zamonlardan temir birikmasi (FeO. FerO
3
) boshqa temir jismlarni tortishi ma’lum bo’lgan.
Erning ham magnit xossalari mavjudligi aniq bo’lgan va o’tkir uchga qo’yilgan magnit sterjen o’z-
o’zidan meridian bo’ylab joylashishi aniqlangan. Bu kampas Xitoyda bundan 3000 yil ilgari kashf
qilingan. Doimiy magnitlarni 1600 y Gilbert aniqlagan. Ularning ikkita qutbi, ya’ni temir buyumlarni
katta kuch bilan tortuvchi chekka sohalari va ular orasida tortmaydigan neytral zonalar mavjuddir.
Qutblarning biri doim shimolga, ikkinchisi esa janubga qaragan va shuning uchun shimoliy va
janubiy qutblar deyiladi.
Turli ismli qutblar o’zaro tortishadi, bir xillari esa itarishadi. Xuddi zaryadlangan jismlar elektr
maydoni orqali ta’sirlashgani kabi magnit jismlar ham bir biri bilan magnit maydoni orqali
ta’sirlashadi.
Magnit maydon materiyaning maxsus turi bo’lib, u orqali harakat-lanayotgan zaryadlangan
zarrachaga boshqa magnit momentga ega bo’lgan jism-larning o’zaro ta’siri o’rganiladi. Tabiatda
magnit zarrachalari yo’q.
Magnitni qancha bo’lsak ham alohida S qutb va alohida N qutb olib
bo’lmaydi. XVIII asrda Daniyalik olim Ersted chaqmoq nazariyasini o’rganishda, chaqmoq
ta’sirida temir buyumlarning magnitlanishi va
kampasning magnitsizlanishini aniqladi. Bu esa magnit va elektr
hodisalar o’zaro bog`liq ekanligini ko’rsatadi. Ersted simdan tok oqayotganda uning atrofidagi
magnit strelkasining yo’nalishi o’zgarishini aniqladi. Keyinchalik Fransuz olimi Amper tokli ikki
o’tkazgichning o’zaro magnit ta’sirini aniqladi. Magnit maydonni grafik usulda tasvirlash uchun
magnit kuch chiziqlari degan tushuncha kiritiladi.
Magnitobiologiya magnit maydonning organizmga ta’sirini o’rganadi. Qonning xarakteristikasi
magnit maydonda o’zgarishi mumkin, o’simliklarning rivojlanishi va hakozo ta’sirlar. Bunga sabab
molekulalarning magnit maydonda orentirlanishi. Ionlarning Xoll effekti tufayli siljishidir.
Yaxlit metallarda uyurmali toklar hosil bo’ladi. Bunday toklar biologik organlarda ham hosil
bo’lishi mumkin. Fizoterapiyada uyurmali toklar yordamida terining ba’zi qismlarini isitishda
foydalanadilar (induktoterapiya).
Magnit maydoni yordamida qoramollar yutgan temir buyumlarni oshqo-zondan olish mumkin.
Baland kengliklarda qutb yog’dusining ko’plab hosil bo’lishi, Er magnit maydonining ta’siri
bilan tushuntiriladi. Kosmosdan yerga uchib kelayotgan zaryadli zarrachalar Erning magnit
maydoniga tushadi va maydonning kuch chi-ziqlari bo’ylab, ularga «o’ralgan» holda harakatlanadi.
Er magnit maydonining konfigurasiyasi shundayki zarralar Erga asosan qutb sohalarida yaqinlashadi
va erkin atmosferada yolqin razryad hosil qiladi. Rus olimi Chinovskiy ko’plab biologik
jarayonlarning davriy takrorlanishini aniqladi. Bu esa quyoshda aktivlikning o’zgarishi bilan
bog’liqdir. Hayvonlar va hashoratlar populyasiyasi epidiyalarning takrorlanishi, sezondan boshqa
davrda hayvonlarning migrasiyasi, inson va hayvon qon to’qimasi tarkibining o’zgarishi, tug’ilish va
o’lish hattoki avtomabil halokatlari va travmatizmning o’zgarishi ham magnit bo’ronlariga bog’liq
ekan. Magnitabiologik effektlar asosan quyidagilardan iborat: 1. Doimiy magnit asosan tomirlarga,
jigarga, o’pkaga ta’sir qiladi. 2. Lekosit va eritromisetlar ko’payadi. 3. Miyaning elektr aktivligi
oshadi. 4. Hayvonlar harakatchanligi oshadi. Baliq va qushlarda 4000 x 10
-4
Tl. maydonda to’la
harakat to’xtaydi. Erning o’rtacha magnit maydoni 0,7 x 10
-4
Tl.
Qonning turli tomirlardagi tezligini o’lchash uchun maxsus elektromagnit hisoblagich ixtiro qilingan.
Bu qurulma zaryadlangan zarrachalarning magnit maydonida harakatiga asoslangan. Qonda juda
ko’p zaryadli ionlar mavjud. Masalan, qon plazmasida 145 mmol/l Na
+
ionlari, 125 mmol/l Cl
-
ionlari
mavjud.
Boshqa ionlar konsentrasiyasi ancha kam, faraz ma’lum miqdor bir zaryadli ionlar arteriyada V
tezlik bilan harakat qilsa va u magnit maydoniga joylashtirilsa, bu ionlar arteriyaning turli
tomonlariga harakatlanadi. Arteriyada U patensiallar farqi hosil bo’ladi. U holda tezlik
(3.23)
Demak, qon harakati tezligini o’lchash uchun patensiallar farqini bilish zarur. d – tomir diametri.
Erkin radikallar – bu molekula yoki molekulaning bir qismi bo’lib, u konpensasiyalanmagan
elektron spinga ega.
Erkin radikalning magnit momenti mavjud, shu sababli to’g’ridan-to’g’ri magnit
kirituvchanlikni o’lchash yo’li bilan erkin radikalni aniqlash mumkin. 1944 y Zavayskiy elektron
paramagnit rezonans usulini aniqladi. Bunda elektromagnit energiyaning yutilishiga asoslangan.
Rezonans yutilish moddaning magnit xossasi bilan bog’liqdir, ya’ni elektron va atom yadrosi magnit
xossalariga asoslangan. EPR yordamida biologik sistemalarda erkin radikallarni aniqlash mumkin.
Silliq sirtli urug’larni (beda, zig’ir, yo’ngichka) yovvoyi o’tlarning g’adur-budur sirtli
urug’lardan tozalaydigan urug’ tozalash magnit mashinasini ishlashi ham ferromagnit xossalariga
asoslangan. Bu urug’lar aralashmasiga ferromagnit kukunlar aralashtiriladi. Ular yovvoyi o’t
urug’lari g’adurbuduriga kirib qoladi va elektromagnit barabaniga tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |