Elektr impulslari nerv, muskul to’qimalarning faoliyati vaqtida paydo bo’ladi va tirik
organizmlarda kechadigan fiziologik va patalogik jarayonlarni aks ettirishi mumkin. Bioelektrik
hodisalarni o’rganish 1771 yilda L.Galvani tajribalaridan boshlandi.1838 yilda Matteuchi
muskulning tashqi sirti musbat, ichki sirti manfiy zaryadga ega ekanligini aniqladi. Tinch holatdagi
muskulning tashqi va ichki sirtlari orasidagi potensialari esa muskulning qisqarishi, bezlar
sekresiyasi, hujayralarning ta’sirlanishi paytida hosil bo’ladi.
1875 yilda rus fiziologi V.E.Danilevskiy birinchi bo’lib bosh miyaning biopotensialarni
aniqladi. Biopotensialarning hosil bo’lishi ancha murakkab masala bo’lib, hozirgacha uning to’liq
nazariyasi yo’q. Hozirgi vaqtda 1952 yil Xodjiken, Xaksli, Kachilar nazariyasi ko’p qo’llaniladi.
Shu nazariyasi bilan qisqacha tanishamiz.
Biror to’qimaning potensiali uning tarkibidagi hujayralar potensiallari yig’indisi deb qarash mumkin.
U holda xujayra tirik organizmning asosiy struktura elementiga emas, asosiy elektrik
elementi hamdir. Hujayra va uni o’rab olgan hujayradan tashqaridagi biologik muhitni, tashqi
muhitdan yarim o’tkazgichli hujayra menbranasi bilan ajralgan murakkab sistema deb qarash
mumkin. Huyjayra ochiq termodinamik sistema bo’lib tashqi muhit bilan uzluksiz energiya, modda
va informasiya almashinadi. Bu almashinuv menbranalar orqali amalga oshiriladi. Menbrana oddiy
holda lipid qatlamidan iboratdir. Lipidlar qatoriga neytral yog’lar efirlar kiradi. Hujayrada lipidlar,
oqsil qatlamlari bilan o’rab olingan. Menbrana lipid qatlamida diametri 0,7-0,8 nm.li teshiklar
mavjud bo’lib, ular orqali suv va boshqa mayda malekulalar o’tadi, katta malekulalar esa o’ta
olmaydi. Teshiklar, elektr zaryadiga ega bo’lganligi uchun, hujayraga ma’lum ishorali ionlar
o’tishiga imkon beradi va teskari ishorali ionlarning o’tishiga halaqit beradi. Ayniqsa ko’p valentli
ionlar o’tishi qiyin bo’ladi, chunki ularning zaryadi katta bo’lgani uchun gidrat qatlami bilan
qoplanadi va effektiv diametri oshadi. Turli ionlar o’tkazuvchanligi har xil bo’lgani uchun
menbrananing turli tomonida ba’zi bir ionlarning nosimmetrik tarqalishini biopotensiallar paydo
bo’lishining asosiy sababi deb qarash kerak.
Hujayra sitoplazmasida va tashqi muhitda eng ko’p miqdorda bo’lgan asosiy ionlar, bu K
+
,
Na
+
, Cl
-
, va katta diametrli ionlar.M aminakislota ionlari R dir. Hujayra ichida K
+
, Cl
-
va R
-
ionlari,
tashqarisida esa faqat K
+
va Cl
-
ionlari bo’lsin. Kaliy va xlor ionlari menbrana orqali ikkala
yo’nalishda ham diffuziyalanadi, R
-
ioni esa hujayra ichida qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: