1. Ma’naviyat tushunchasi, predmeti, maqsad va vazifalari. «Ma’naviyat»ning kategoriyalari va rivojlanish qonuniyatlari


Insonparvarlik – inson va jamiyat ma’naviy qiyofasining mezoni



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/51
Sana20.04.2022
Hajmi1,72 Mb.
#567381
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   51
Insonparvarlik – inson va jamiyat ma’naviy qiyofasining mezoni 
Vatanparvarlik 
tushunchasi 
insonparvarlik 
tushunchasi 
bilan 
uyg‘undir. 
Vatanparvarlik uchun intilish, vatanparvarlik uchun kurashning zaminida insonparvarlik 
yotadi.
Insonparvalik bu o‘zbek halqi milliy ruhiyatining ajralmas fazilatidir. U purma’no va 
sermazmun tushunchadir. Insonparvarlik o‘zbek halqining ajralmas hislati tarzida ko‘zga 
tashlanadi. Qur’oni Karim insonparvarlik g‘oyalari asosiga qurilgan. Muxammad 
alayhissalom hadisi shu g‘oyalarga boy hikmatlar majmuasi sanaladi. Insonparvarlik 
kishilarning bir-biriga hurmatida, qadr-qimmatida, mehr-shafqatida, diyonatda, o‘zaro 
ko‘maklashuvda, hamdardlikda, boshqalar qayg‘usiga sherik bo‘lib, quvonchidan va 
baxtidan sevinishda, xalq baxti va yutuqlaridan faxrlanishda ko‘rinadi.
O‘zbek halqining turmush tarzi, mehnat faoliyati, o‘zaro munosabatlari, hamkorlik, 
hamdardlik, vafodorlik, bir-biriga suyanishi, yaxshi qo‘shnichilik, bolajonlik, ota-onaning 
farzandga, farzandning ota-onaga hurmati, sadoqati kabi qadriyatlari insonparvarlik 
g‘oyalari bilan sug‘orilgan. O‘zbek xalqi bir umr mehr-shafqatli bo‘lgan, barchaga 
yordam qo‘lini cho‘zgan. O‘zbek halqi o‘zining insonparvarligini fashizmga qarshi kurash 
yillari yetim bolalarning boshini silab, o‘z tarbiyasiga olib yorqin namoyon etdi.
O‘zbek halqi doimo umuminsoniyat dardini kuylab kelgan. Al-Xorazmiy, al-
Beruniy, Ibn Sino, az-Zamaxshariy, Pahlavon Mahmud, Alisher Navoiy, Ogahiy 
asarlaridagi g‘oyalar- insonparvarlik ruhi bilan ajralib turadi. Xususan, Navoiy ijodida 
insonparvarlik alohida ahamiyat kasb etadi. Uningcha, vatanga, halqqa sadoqat eng avval 
uning taqdiri ustida g‘amho‘rlikdan iboratdir. Insonga nisbatan beparvolik, uning taqdiri 
va baxtu saodati ustidagi g‘am yemaslik sharafli inson uchun tamomila yotdir. 


Navoiyning barcha-barchani insonga g‘amho‘r bo‘lishga chaqirgan, insonparvarlikni 
kuylagan bayti asrlar osha hammamiz uchun ibrat yanglig‘ yangrab turibdi:
Odami ersang, demagil odami,
Onikim, yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.
Navoiy ijodida bu mazzuning alohida o‘rin egallaganligi tahsinga sazovordir. U


nafaqat badiiy ijodda, balki o‘z amaliy faoliyatida alohida o‘rin egallaganligi 
tahsinga sazovordir. U nafaqat badiiy ijodda, balki o‘z amaliy faoliyatida ham yuksak 
insonparvarlikka sodiq qolgan mutafakkirdir. U halq uchun, el-ulus uchun, beva-bechora, 
yetim-yesirlar uchun madrasalar, tabobat xonalar, shifo maskanlari qurdirgan. 
Doshqoznlarda ovqat pishirib tekinga tarqatgan. Dardmanlarga bepul tabobat ko‘rigi 
uyushtirib tibbiy yordam bergan. Bunday insonparvarlik namunasidan hammamiz har 
qancha o‘rnak olsak arziydi.
O‘zbek milliy an’anamizga ko‘ra dardmanlarga malham topish, ojizlar va 
kambag‘allarning ko‘nglini ko‘tarish, yetimlar va beva ayollarga yordam, rahm-shafqat 
qilish insoniylik jihatidan burch, diniy jihatdan katta savobli ishdir.
Alisher Navoiy bu haqda ham quyidagi ajoyib misralarni yozgan:
Kimki bir ko‘ngli buzug‘ning xotirin shod aylagay,
Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa obod aylagay.
Demakki, bir muxtojning, noiloj, chorasiz qolgan odamning ko‘nglini ko‘tarish, 
dardiga malham topish savoblik darajasi jihatidan vayron bo‘lgan Ka’bani qayta 
tiklashdan ko‘ra afzaldir.
Bahovuddin Naqshband ham insonga xizmat qilish, unga rahm-shafqat, mehr-
muruvvat ko‘rsatishni savobli ishlar turkumiga kiritadi. Uning fikricha, hatto namoz 
o‘qiyotgan vaqtda bir odamga yordam berish kerak bo‘lib qolsa, darhol namozni to‘xtatib, 
yordamga oshiqish kerak. Nochor odamga ko‘rsatilgan yordamdan kelgan savob namoz 
o‘qib orttirilgan savobdan afzalroqdir.
Buyuk davlat arbobi, cheksiz saltanat sohibi Amir Temurning mashhur «Kuch-
adolatda!” shiorining negizida ham insonparvarlik g‘oyalari yotganligini anglab olish 
qiyin emas.
Insonparvarlik boshqa xalqlarga ham xos xususiyat. Buni xech Kim inkor etolmaydi. 
Ammo o‘zbek xalqi ma’naviy dunyosidan chuqur joy olgan va ildiz otgan insonparvarlik 
teran mazmuni va mohiyati bilan ulardan farqlanadi.
Shunday qilib insonparvarlik-insonlarning o‘zaro hurmatida, bir-birini qadrlashda, 
ko‘nglini ko‘tarishda, mehr-oqibatli bo‘lishda, ko‘maklashishda, hamdardligida namoyon 
bo‘ladigan ma’naviylik mezonidir.
Tilimizdagi mehr-oqibat, mehr-muhabbat, mehr-shavqat, qadr-qimmat degan, bir-
birini chuqur ma’no bilan boyitadigan va to‘ldiradigan iboralar negizida insonparvarlik 
g‘oyalari yotganligini anglab olish qiyin emas. Prezidentimiz ta’kidlaganidek: «...bu 
tushunchalar kimdir shunchaki o‘ylab topgan shirin kalom, quloqqa xush yoqadigan 
so‘zlar emas. Bunday tushunchalar asrlar mobaynida el-yurtimizning dunyoqarashi, 
ma’naviy hayotining negizi sifatida vujudga kelgan, ongu shuurimizdan chuqur joy olgan 
buyuk qadriyatlarning amaliy ifodasidir.
Masalan, ezgu odatimizga aylanib ketgan mehr-oqibat tushunchasini oladigan 
bo‘lsak, uning juda teran tarixiy, milliy, diniy ildizlari borligini ko‘rish mumkin. Bu 
avvalo insonning inson bilan, qo‘shnining qo‘shni bilan, qarindoshning qarindosh bilan, 
eng muhimi, shaxsning jamiyat bilan uyg‘un bo‘lib yashashini, yetim-yesir, beva-bechora 
va nogironlarga, musofirlarga yordam berishni anglatadi va bunday xususiyat 
xalqimizning ma’naviy olamiga singib ketganini hech kim inkor eta olmaydi.”1
1 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. 8-9-betlar.
Mustaqil O‘zbekiston otliq davlatimizning butun siyosati insonparvarlik g‘oyalari 
bilan sug‘orilganligi va uni amaldagi namunasi ekanligi bilan har birimiz har qancha 


faxrlansak arziydi. Jumxuriyatimizda inson huquqlari va demokratiyaga oid masalalar 
maxsus qonun bilan belgilab qo‘yilgan.


Prezidentimiz va O‘zbekiston davlatining eng ulug‘vor va insonparvarlik 
g‘oyalaridan biri-ichki va tashqi tinchlik siyosatidir. Inson tug‘ilgan ekan, u yashashi 
kerak. Yashash uchun tichlik zarur. Demak, davlatimizning tinchlik siyosati 
insonparvarlik siyosati mazmuni bilan yo‘g‘rilgan.
O‘zbekiston davlatining ekologik siyosati ham insonparvarlik mazmuni bilan 
bog‘langan. Ekologiya buzilar ekan, inson salomatligi yomonlashadi. Inson nosog‘lom 
ekan, bu jamiyatdagi nosog‘lomlikni keltirib chiqaradi. Mamlakatimizda «Sog‘lom avlod 
uchun” dasturining ilgari surilganligi insonparvarlikka qaratilgan katta tashabbusdir. 
Mustaqil O‘zbekiston o‘z halqining salomatligi haqida qayg‘urar ekan, bunga milliy 
boylik sifatida qaraydi.
1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 
o‘zining insonparvarlik g‘oyalari bilan ajralib turadi. Bu haqda Islom Karimov shunday 
yozadi: «Shu ko‘hna zamin odamlari ko‘nglida ustivor bo‘lgan adolat, haqiqat, iymon, 
mardlik, tantilik, bag‘ri kenglik kabi ulug‘ xislatlar bu muborak hujjatdan munosib o‘rin 
olgan.” Bu tarixiy hujjatda insonparvarlik o‘z ifodasini to‘la topgan. Chunonchi: «39-
modda. Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek boquvchisidan 
mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish 
huquqiga ega. Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman 
belgilab qo‘yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas.» 
Davlatimizning asosiy qonuni o‘zining insonparvarlik kafolati ustivorligi tufayli xalq 
oldida katta obro‘-e’tiborga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ilgari surgan islohotlarning muhim tamoyilidan 
biri ijtimoiy siyosatga qaratilgani bilan ajralib turadi.
Bugun mamlakatimizda yuz berayotgan o‘zgarishlar insonlar hayotiga, taqdiriga 
daxldor ekanligini har birimiz his qilishimiz va shundan tegishli xulosalar chiqarishimiz 
lozim. 
Yurtimizda 
amalga 
oshirilayotgan 
islohotlar, 
barcha 
o‘zgarishlar va 
yangilanishlarning markaziga inson va uning manfaatlari qo‘yilganligi hammamizni 
quvontiradi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek: «...bugungi kunda ana shu jarayonlarning 
mohiyatida islohot-islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun 
xizmat qilishi kerak, degan maqsad mujassam ekanini va uning amaliy ifodasini barcha 
sohalarda ko‘rish, kuzatish qiyin emas”.1
1 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. 106-bet.
Biz tanlab olgan yo‘l, bozor iqtisodiyoti jamiyatda ma’lum ma’noda tabaqalashishga 
olib kelishi tabiiy. Shu bilan birga, biz barpo etayotgan jamiyatda davlat xalqning keskin 
tabaqalanib, oshib-toshib ketgan boylaru kambag‘al-qashshoqlarga bo‘linib ketishiga yo‘l 
qo‘ymaslik chor-tadbirlarini ko‘rib, bu borada o‘ziga xos kuchli ijtimoiy siyosat 
yuritmoqda. Aholining eng kam himoyalangan va mahtoj tabaqalarini o‘z vaqtida qo‘llab-
quvvatlash, xalq farovonligi, insonparvarligi yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar 
muvaffaqiyati garovidir.
Bu to‘g‘rida Islom Karimov shunday yozadi: “Islohotlarimizning muhim 
tamoyillaridan biri-aholining kam ta’minlangan tabaqasi, ya’ni qariyalar, nogironlar, 
bolalarni muhofaza qilish, ularni puxta himoyalashdir. Yoshlarning bilim olishi, kasb-
hunar egallashi, ish bilan ta’minlanishida har tomonlama yordam berish davlatimizning 
muqaddas burchidir”.
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan 1997 yildan buyon o‘tgan har bir yilni 
“Inson manfaatlari”, “Ayollar”, “Sog‘lom avlod”, “Onalar va bolalar”, “Qariyalarni 


qadrlash”, “Obod mahalla”, “Mehr-muruvvat”, “Homiylar va shifokorlar”, “Yoshlar yili” 
kabilar deb belgilanishida ham chuqur insonparvarlik ma’nosi yotadi.
Insonparvarlikning ko‘rinishlaridan biri bu insonni ulug‘lashdir. Inson tabiatning 
gultoji. U har qancha maqtovga loyiq zot sanaladi. Bu haqda Qur’on va


hadislarda, mutafakkirlar ijodida ajoyib, ibratli fikrlar aytilgan. Biz bu o‘rinda 
«Sharq Gegeli” degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan faylasuf shoir, mutafakkir Mirzo 
Abdulqodir Bedil so‘zlarini keltirish bilan cheklanamiz. Bedil insonni irqiy, milliy, diniy 
e’tiqodlaridan qat’iy nazar hurmat va ehtiromga sazovor zot deb biladi va bu haqda 
shunday deydi: “Har kimki, hazrati insonni sajdaga sazovor demasa, u malundir”. Qanday 
ajoyib fikr! Ushbu fikr har qanday davr uchun ham adolatli, ardoqli va oliyjanobdir.
Mustaqil Respublikamiz fuqarolari, xususan yoshlari ruhiyatida vatanparvarlik va 
insonparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, ularni rivojlantirish demokratik, adolatli 
jamiyatni barpo etishning muhim kafolati sanaladi. Shuning uchun vatanparvarlik va 
insonparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish butun tarbiyaviy ishimizning muhim 
yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmog‘i lozim.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish