1. Ma’naviyat tushunchasi, predmeti, maqsad va vazifalari. «Ma’naviyat»ning kategoriyalari va rivojlanish qonuniyatlari



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/51
Sana20.04.2022
Hajmi1,72 Mb.
#567381
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
huquqiy madaniyat nima 
degan savol tug‘iladi? 
Huquqiy madaniyat bu 
qonunni tushunish, bilish, hayotga tatbiq etish, ijrosini 
ta’minlash va har bir shaxsni, fuqaroni ijtimoiy hayotda faol ishtiroki va bunday faollikni 
boshqalardan ham talab qilish jarayonidir. Huquqiy madaniyatni, avvalo insonning ichki 
dunyosi, ichki madaniyati, umuminsoniy an’analarga va huquqiy bilimlarga bo‘lgan 
munosabatlari belgilaydi. Shaxsning ichki madaniyati uning tashqi odobini ko‘rsatadi. 
Huquqiy madaniyat egasi bo‘lgan kishi jamiyat talablari va qoidalariga hurmat bilan 
qaraydi, jamiyatni boshqarishda o‘zining huquqiy malaka va bilimlarini ishga solib faol 
qatnashadi.
Ko‘pincha kishilar huquq, qonun, burch, adliya kabi atamalarni, ba’zan tasodifan 
qonunbuzarlik qilib qonun oldida javobgarlik holatiga tushib qolganlaridagina eslaydilar. 
Nega qonunga ro‘para bo‘lding, deb so‘ralganida “Bunday bo‘lishidan xabarim yo‘q edi”-
deb ko‘zini mo‘ltillatib, advokatdan najot kutib turadilar. Shuni yaxshi anglashimiz 
kerakki, qonunni bilmaslik hech qachon aybni yengillashtirmaydi. Biz qonunga 
mensimaslik bilan qarasak, uni o‘rganmasak, hurmat qilmasak shunday noqulay ahvolga 
tushib qolamiz. Qonunni bilish, hurmat qilish jinoyatdan, jinoiy olamdan yiroq yurishning 
birdan-bir yo‘lidir. Qonunga harmat inson madaniyati va ma’naviyati bo‘lib qolganda, 
bunday jamiyatni boshqarish ham, adolatni qaror toptirish ham oson bo‘ladi.
Buning uchun esa huquqiy savodxonlik yuqori darajada bo‘lishi lozim bo‘ladi. 
Huquqiy savodxonlik, huquqiy ong va huquqiy madaniyat tushunchalari kundalik hayot 
ko‘p ishlatiladi. Aslida ular biri ikkinchisini to‘ldiruvchi tushunchalar hisoblanadi. Ayni 
paytda ular o‘ziga xos ma’no-mazmuniga egadirlar. Huquqiy ong har bir fuqaroning 
qonunlarni bilishi bo‘lsa, huquqiy madaniyat ularni bilish bilan birga o‘zining hayotida 
ulardan foydalana bilishi hisoblanadi. Huquqiy savodxonlik esa qonunlarni nafaqat bilishi, 
shuningdek ularning ma’no, mazmunini tushunib yetishi, real hayotda qonunlarning 
qanday maqsadga yo‘naltirilganligini tushunib yetishi hisoblanadi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, fuqarolarning huquqiy savodxonligi qay darajada yuqori 
bo‘lsa, nafaqat ularning o‘z huquq va burchlarini shu darajada tushunib yetishiga, shuning 
bilan birga ularning jamiyatni qonunlar asosida boshqarilishida faol ishtirok qilishiga 
yordam beradi. Huquqiy savodxonlikning yuqori darajada bo‘lishi fuqarolarning tinch-
totuv yashashi va faoliyat ko‘rsatishiga, jamiyatda barqarorlik mustahkam bo‘lishiga 
o‘zining ijobiy ta’sirini o‘tkazadi.
Mana shuning uchun ham huquqiy savodxonlikni yuqori darajaga ko‘tarish tarbiya 
borasidagi asosiy ishlarimizdan biri bo‘lib qolmog‘i kerak. Prezident huquqiy 
savodxonlikni oshirish borasidagi vazifa “O‘z haq-huquqini taniydigan, o‘z kuchi qa 
qadriyatiga tayanib yashaydigan, atrofida ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga mustaqil 
munosabatda bo‘ladigan, shu bilan birga, o‘z shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq 
manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan erkin shaxsni shakllantirish uchun barcha zarur 
shart-sharoitlarni yaratish darkor”1 deb belgilab berdi. Huquqiy madaniyatni, 
savodxonlikni rivojlantirmay turib qonunni mensimaydigan buzg‘unchilar, o‘g‘ri va 
yulg‘ichlar, tovlamachilar, laganbardorlar, ahloq-odobsizliklar, qo‘rqoqlar, qotilliklar kabi 


salbiy 
holatlarning 
oldini 
olish, 
tugatish 
anchayin 
murakkab 
ish. 
Bunday 
qonunbuzarlardan avvalo odamlarni, jamiyatni himoya qilish zarur. Yurtboshi 
I.A.Karimov so‘zi bilan
1 Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. 
Toshkent, 2000, 12-bet.


aytganda: “...davlat davlatligini qilmoqchi bo‘lsa, fuqaroni o‘z panohiga olishi 
zarur...”
Boshqacha aytganda, davlat har bir fuqarosini himoya etishi, unga huquqiy yordam 
berishi kerak. Qonun oldida barcha barobar. Mamlakat qonunlariga jami fuqaro – 
yoshidan, millatidan, irqi, dinidan qat’iy nazar – barcha barobar bo‘ysunmog‘i farz. Agar 
qonun qog‘ozda kelib ketsa, jamiyat aslo ravnaq topmaydi, qonun amalda bo‘lishi lozim.
Yuqoridagilarni bajarish, fuqarolar huquqlarini himoya qilish adolatli davlatning 
ma’naviy va ma’rifiy vazifasi. Bizning vazifamiz esa fuqarolar manfaatini ko‘zlovchi 
qonunlarga to‘liq rioya etishdan iborat.
Qaerda qonunlarga itoat qilinmas ekan, u yerda adolat buziladi, zo‘ravonlik vujudga 
keladi, ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlar kuchayadi va oxir oqibatda jamiyat ma’naviy 
qashshoqlikka giriftor bo‘lib, parokandalikka uchraydi. Shuning uchun qonunlarga itoat 
qilish har bir shaxsning ma’naviy yuksaklik mezoni bo‘lishi bilan bir vaqtda jamiyatning 
barqaror rivojlanishining ham asosiy sharti hisoblanadi.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish