1. Ma’naviyat tushunchasi, predmeti, maqsad va vazifalari. «Ma’naviyat»ning kategoriyalari va rivojlanish qonuniyatlari


Vatanparvarlik – yetuk ma’naviyatlilik mezoni



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/51
Sana20.04.2022
Hajmi1,72 Mb.
#567381
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   51
Vatanparvarlik – yetuk ma’naviyatlilik mezoni 
Milliy mustaqillik- halqimizda, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh barkamol avlodimizda 
vatanparvarlik tuyg‘ularining tiklanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Hozirda 
vatanparvarlik o‘zining qanday qirralari bilan namoyon bo‘layotir? Vatanparvarlikning 
mohiyati nimalarda, qanday amaliy ishlar faoliyatida namoyon bo‘ladi? Umuman 
vatanparvarlik nima, uni qanday tushunmoq kerak, u haqda donishmandlar nima 
deganlar? Quyida ana shular haqida bahs yuritmoqchimiz.
Vatanparvarlik- Vatanga nisbatan sadoqat, unga xizmat qilish, yurt tinchligini asrash, 
Vatan ravnaqi uchun faol bo‘lishga undaydigan ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy fazilat. Uning 
mazmuni-Vatanga mehr-muhabbat va sodiq bo‘lishdan, yurtning o‘tmishi va hoziri uchun 
fahrlanishdan, mamlakat manfaatlarini himoya qilishga intilishdan iborat. Vatanparvarlik 
ota-bobolardan meros qolgan zaminni sevish, halq urf-odatlarini, qadriyatlarini asrash va 
rivojlantirish, o‘z ona Vatanini dushmanlardan, yot va begona g‘oyalardan himoya qilish, 
uning ozodligi va mustaqilligi uchun jonini ham ayamasligi nazarda tutiladi.
Vatanparvar insongina hozirgi kunda o‘zlarining g‘arazli va jirkanch niyatlarini 
amalga oshirish maqsadida yurtimizga har-xil yo‘llar bilan kirib kelayotgan, mustaqil 
dunyoqarashi shakllanib ulgurmagan yoshlarimizni qalbi va ongini qandaydir zararli va 
buzg‘unchi g‘oyalar bilan egallashga harakat qilayotgan yovuz kuchlarga qarshi kurasha 
oladi va o‘z yurtini g‘animlardan himoya qiladi.
Jamiyat rivojlangani sari katta ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan ma’naviy 
qadriyatlardan biri vatanparvarlik tuyg‘usidir. Vatanparvarlik ona yurtining, halqining 
tarixi va taqdiriga chuqur hurmat bilan qaraydigan, vatan manfaatlari yo‘lida fidoyilik 
namunalarini ko‘rsatishga qodir bo‘lgan shaxslarga xos fazilat.
Vatanparvarlik-o‘z taqdirini vatan, millat taqdiri bilan bog‘lagan barcha kishilarga 
xos fazilat. Mamlakat, millat taraqqiyotining imkoniyatlari, shon-shuhrati, obro‘-e’tibori 
ham shu millat kishilari vatanparvarlik tuyg‘usining darajasi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Ota-bobolarimiz, avlod-ajdodlarimiz uchun Vatanga, eliga muhabbat muqaddas 
tuyg‘u bo‘lgan. Ular vatan, halq manfaati, milliy qadr-qimmat, or-nomus masalasini 
hamma narsadan ustun qo‘yganlar, kerak bo‘lganda bu manfaatlar yo‘lida o‘z jonlarini, 
hayotlarini qurbon qilishni o‘zlari uchun sharaf deb bilganlar.
Agar har bir odam o‘zi tug‘ilgan qishloq yoki shaharnigina vatanim deb tushunsa, bu 
mahalliychilik kayfiyatlarini kuchaytiradi, kishilarni muayyan hududda yashayotgan 
ijtimoiy-etnik birlik sifatida uyushishiga, birlashishiga, butun mamlakat, millat 
manfaatlarini bir yoqadan bosh chiqarib himoya qilishga to‘sqinlik qiladi. Yahlit yagona 
vatanni tan olmaslik milliy parokandalik, vatan tanazzulining belgisidir.
Vatanparvarlik muayyan mamlakatda yashovchi barcha millat va elatlarning 
vakillarini aniq maqsad va manfaatlar yo‘lida birlashtiruvchi umummilliy g‘oya hamdir. 


Agar biror mamlakatda yashovchi barcha fuqarolar tarqoq, uyushmagan, umummilliy 
manfaatlar birligini anglamagan, qabila-urug‘chilik, mahalliychilik, guruhbozlik girdobiga 
o‘ralib qolgan bo‘lsa, ularda mushtarak vatanparvarlik tuyg‘usi, hamda


e’tiqodi bo‘lmaydi. Bunday millat kishilarini bir-biriga qarama-qarshi qilib qo‘yib, 
asoratga olish oson kechadi. Vatanparvarlik tuyg‘usi va e’tiqodi bilan sug‘orilgan milliy 
birlik, birdamlik, ahillik, hamkorlik, hamdardlik tuyg‘usi millatning kuchi va qudratini 
belgilovchi, istiqbolini porloq qiluvchi ma’naviy omil va mezondir.
Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotida umummilliy birlikning ahamiyati va aksincha 
umummilliy tarqoqlikning salbiy jihati haqida Prezidentimiz aytgan quyidagi so‘zlar 
yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega: “Yurtimizda 
yashayotgan har qaysi inson o‘zini eng avvalo O‘zbekiston fuqarosi deb, shundan 
keyingina muayyan bir xudud vakili, aytaylik, xorazmlik, samarqandlik yoki Farg‘ona 
vodiysi farzandi deb his qilishi lozim. Tabiiyki, bu holat har birimiz mansub bo‘lgan 
“mo‘jaz vatan”ning, tug‘ilib o‘sgan shahar yoki qishloqning qadri va ahamiyatini aslo 
kamaytirmaydi. Biroq shuni esda tutish kerakki, haddan tashqari bo‘rttirib yuborilgan 
mahalliy vatanparvarlik millatning, halqning jipslashuviga xalaqit beradi.
Biz vatan tuyg‘usini mana shunday yaxlit holda, ya’ni dunyoda yagona o‘zbek 
millati bor, xorazmlik, farg‘onalik, surhondaryolik o‘rtasida hech qanday milliy farq yo‘q, 
ularning barchasi o‘zbek halqining farzandi deb anglashimiz, yosh avlodimizni aynan shu 
ruhda tarbiyalashimiz zarur”.1
1 Karimov.I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. 90-91-betlar.
2 Qarang: Erkin Yusupov. Inson kamolotining ma’naviy asoslari. 149-b.
Vatanga, uning istiqboliga bo‘lgan munosabat ma’naviyat darajasiga ko‘tarilib, inson 
faoliyatiga maqsad va yo‘nalish berish-vatanparvarlikdir. Vatanparvarlik-bir ijtimoiy etnik 
guruhga mansub bo‘lgan kishilarning o‘z tarixini, tili, madaniyati, urf-odatlarini, milliy 
obro‘si, qadir-qimmatini bilish, hurmat qilishi, ularga tayanishi, shu bilan birga boshqa 
halqlarning ham obro‘-e’tiborini, mafaatlarini hurmat qila bilishni ifodalovchi ma’naviy 
mezondir.2
Vatan inson uchun ona kabi qadrdon va mo‘tabardir. Inson uchun ona bitta bo‘ladi. 
Iymonli, e’tiqodli kishilar uchun vatan ona kabi muqaddas va yagonadir. Vatanga bo‘lgan 
muhabbat kishilarni har qanday mafkuraviy g‘oyalardan kuchliroq asosda birlashtiradi, 
ulug‘ ishlarni hamjihatlik bilan boshlashga safarbar etadi.
Vatanparvarlik-vatanni ulug‘lashdan tashqari, uning qadr-qimmatini, uning har bir 
qarich yerini, mustaqilligini himoya qila bilishdir. Vatanparvarlik vatan taqdiri, uning 
taraqqiyotining eng ma’suliyatli davrlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Vatanga hiyonat qilish, o‘z manfaatini vatan manfaatiga qarama-qarshi qo‘yish 
vatanga qilingan hiyonat va sotqinlik sanaladi. Vatanni, uning manfaatlarini pulga, 
boylikka, maishiy qulay sharoitga almashtirish, vatanfurushlik ma’naviy tubanlashishning 
belgisidir.
Qadimgi turkiy davlatlaridan birining asoschisi Metexon bilan bog‘liq quyidagi 
voqea ajdodlarimizga xos bo‘lgan vatanparvarlikning misoli bo‘la oladi.
“Qo‘shni davlatning podshosi bu mamlakatga xujum qilish, uni bosib olish, 
boyliklarini talash uchun bahona qidirgan. Metexon esa urush chiqib, el yurtning vayron 
bo‘lishini istamas edi. Urushqoq qo‘shni davlat podshosi dastavval Meetexondan juda 
yaxshi ko‘rgan otini so‘ragan. Metexon yurt tinchligi, ozodligi yo‘lida noiloj bu talabni 
bajargan, hech ikkilanmay otini unga bergan. Keyin esa chiroyli kanizagini so‘ragan. 
Metexon noiloj bu talabni ham bajargan. U, «men vatanimni o‘z ishqim o‘g‘risiga xor 
etmayman”, degan. Keyin esa mamlakatning ekinsiz, qarovsiz, o‘rmonsiz bir parcha 
yerini so‘ragan. Shunda Metexon quyidagi so‘zlarni aytgan ekan: «Vatan, bizning 


mulkimiz emas. Mozorda yotgan otalarimizning va qiyomatga qadar tug‘ilajak 
avlodlarimizning bu muborak tuproq ustida haqlari bordir. Vatan sarhadlaridan ozgina 
bo‘lsa ham, bir qarich bo‘lsa ham yer bermakka hech kimning salohiyati yo‘q. Bundan 
buyog‘iga urush qilajakmiz.


Endi men otimni dushmanga suraman, orqamdan kelmagan o‘ldirilajakdir.”1
1 Erkin Yusupov. Inson kamolotining ma’naviy asoslari. 149-150-b.


2 Karimov.I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. 97-98-betlar.
Tarixda nomi ma’lum va mashhur buyuk mutasavvuf olim Shayx Najmiddin Kubro 
haqiqiy vatanparvar, qahramon bo‘lgani elimizga ma’lum. El-ulus, mamlakat boshiga 
og‘ir kunlar kelib turganida mamlakatni tashlab ketishni, jonini asrab qolishni o‘zi uchun 
nomus deb bildi. U qo‘liga qurol olib, jang maydonlarida ajnabiy mo‘g‘ul bosqinchilarga 
qarshi kurashda xalok bo‘ldi.
Vatanparvarlik-yetuk ma’naviyatlilik mezonidir. Ma’naviyati zaif bo‘lgan xalqda 
vatanparvarlik tuyg‘usi ham kuchli bo‘lmaydi. Shu sababli ham barcha davrlarda oldingi 
mavzularimizda ko‘rib o‘tganimizdek, bosqinchilar halqning ma’naviy kamoloti 
imkoniyatlarini cheklash yo‘li bilan uning vatan haqidagi buyuk tuyg‘ularini 
zaiflashtirmoqchi bo‘lganlar. Ma’rifat ziyosini sochib, halqning vatanparvarlik tuyg‘usini 
kuchaytiradigan kuch ziyolilar ekanligini yaxshi tushungan ajnabiy bosqinchilar dastavval 
millatni shu ma’naviy rahnamolaridan mahrum qilishga xarakat qilgan. “Ma’lumki,-deb 
ta’kidlagan edi Prezidentimiz Islom Karimov,- 1937-1953 yillarda sobiq SSSR hududida 
mudhish ommaviy siyosiy qatag‘onlar amalga oshirilgan edi. Uning salbiy oqibatlarini 
o‘zimizga tasavvur etish uchun birgina O‘zbekiston bo‘yicha qariyib 100 ming kishi 
qatag‘onga uchrab, 13 ming nafari otib tashlanganini eslash kifoya. Insoniy qadr-qimmati 
toptalgan, hayoti poymol etilgan bu odamlar orasida nafaqat arbob va ziyolilar, yuzlab 
oddiy insonlar, yurtimizda istiqomat qilgan deyarli barcha millat va elatlarning vakillari 
bor edi.»2
Vatanparvarlik so‘zda emas, balki amaliy ishlarda, xatti-xarakatlarimizda namoyon 
bo‘lgandagina taraqqiyotning hal qiluvchi omiliga aylanishi mumkin. Hozirgi murakkab 
o‘tish davrida mustaqilligimizni iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy asoslari 
mustahkamlanayotgan davrda vatanparvarlik e’tiqodi har birimizning amaliy ishlarimizda, 
fuqarolarning kundalik faoliyatida namoyon bo‘lishi ayniqsa katta ahamiyatga ega. Bunda 
har bir inson faoliyatida onglilik bilan fidoyilik birlashmog‘i zarur.
Inson vatanining, halqning qadr-qimmatini, ahamiyatini ruhan anglab yetgandagina 
vatanparvarlik uning qalbidan chuqur o‘rin oladi.
Tinchlik, farovonlik davrlarida ko‘pincha vatan haqida kamroq o‘ylaymiz. Lekin 
vatan, millat boshiga biror musibat tushganida vatanparvarlik e’tiqodi kuchayib ketadi. 
Har bir shaxsning o‘z vatani va halqiga bo‘lgan e’tiqodi qay darajada kuchli ekani ana 
shunday davrlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Vatanparvarlik bilan bog‘langan faoliyatning katta-yu kichigi bo‘lmaydi. Inson o‘z 
hayotining har bir daqiqasida, bosgan qadami, qilgan ishi-yu, aytgan so‘zlaridan Vatan 
oldidagi burchi va ma’suliyatini unutmasligi lozim.
Hovlimiz, ko‘chamiz, mahallamiz obod bo‘lsin deb ko‘chat eksak, uni 
parvarishlasak, biror joy iflos bo‘lsa, uni achinib, kuyib-pishib tozalasak, oilaviy nizolar 
kelib chiqsa yaxshi niyat bilan o‘rtaga tushib er-xotinni, quda-andalarni yarashtirib 
qo‘ysak, bilimimizni muntazam oshirishga, zamonaviy ilm-fan, texnika va 
texnologiyalarni qunt bilan egallashga intilsak, ularni hayotga tadbiq etsak, 
ishbilarmonlik, tadbirkorlik yo‘lidan borib, yaxshi sifatli, arzon maxsulotlar ishlab chiqib, 
kishilarning ehtiyojini qondirishga o‘z hissamizni qo‘shsak, atrof-muhitga ehtiyotkorlik 
bilan munosabatda bo‘lsak, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilsak va 
boshqalarda ham vatanparvarlik tuyg‘ularini o‘zimizda namoyon qilamiz. Xullas, 
vatanparvarlikning qirralari har birimizning barcha ijobiy xatti-harakatimizda namoyon 
bo‘ladi.


Vatanparvarlikni eng oliy tuyg‘u sifatida o‘tmish mutafakkirlari alohida qayd 
etganlar va o‘zlari ham unga sodiq qolganlar. Endi ana shu qaydlardan ba’zilarini eslab


o‘tamiz.
Sitseron (Rumo notig‘i va faylasufi). Bizga ota-onalar, bolalar, yaqin xesh-aqrabolar 
qimmatlidir, lekin muhabbat bobidagi barcha tasavvurlarimiz birgina «Vatan” degan 
so‘zda mujassamlashgan. Vatanga nafi tekkudek bo‘lsa, qaysi vijdonli odam u uchun 
jonini berishga ikkilanar ekan!
Gegel (nemis faylasufi). Ma’rifatli halqlarning haqiqiy jasorati Vatan yo‘lida qurbon 
bo‘lishga hozir ekanliklarida aks etadi.
Bayron (ingliz shoiri). Kimki o‘z yurtini sevmasa, u hech nimani seva olmaydi.
Belinskiy (rus tanqidchisi). Kimki o‘z Vataniga daxldor bo‘lmasa, u insoniyatga ham 
dahldor emas.
Gyugo (fransuz adibi). O‘z vataniga dog‘ tushirish-uni sotish degan so‘z.
Vatan tuyg‘usi bo‘lgan kishidagina vatanparvarlik jo‘sh uradi. Prezidentimiz Islom 
Karimov aytganidek: «...inson o‘zligini anglagan, nasl-nasabini chuqurroq bilgani sayin 
yuragida Vatanga muhabbat tuyg‘usi ildiz otib, ulg‘aya boradi. Bu ildiz qancha teran 
bo‘lsa, tug‘ilib o‘sgan yurtga muhabbat ham shu qadar yuksak bo‘ladi.”1
1 Karimov.I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. 90-bet..
Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda yoshlarimiz vatanparvarlik deganda 
quyidagilarni qalban anglab yetishlari lozim:
-o‘z xalqini, tarixini yaxshi bilish va u bilan faxrlanish;
-qadimiy obidalar, mislsiz imoratlar, ajdodlar yaratgan moddiy va ma’naviy 
meroslarni ko‘z qorachig‘iday asrash va avlodlarga taqdim etish;
-halqimizning, ajdodlarimizning go‘zal va ma’noli urf-odatlar, rasm-rusum va 
udumlarini qadrlay bilish, ularni davom ettirish;
-ajoyib vatandoshlar – ajdodlar nomi bilan, ularning ulug‘ ishlari, ijodlari bilan 
faxrlanish, ularning ishlarini davom ettirish, ularga munosib voris bo‘lish;
-shunday ajoyib halqqa, yurtga, uning boy tili va madaniyatiga mansubligi bilan 
faxrlanish;
- Turonzaminni himoya qilib, tomirida oxirgi qoni qolguncha dushmanga qarshi 
kurashgan bahodirlarni, ayovsiz janglarda halok bo‘lgan qahramonlar nomini yod etish;
-asrimizning yigirmanchi, o‘ttizinchi, qirqinchi, elliginchi va nihoyat saksoninchi 
yillarida halqimiz, millatimizga qarshi uyushtirilgan qatag‘onlarda qamoq va surgun 
azoblarini kechirgan va xalok bo‘lgan minglab millatimiz gullarini unutmaslik;
-bu aziz va go‘zal vatanimizda yuksak e’tiqod bilan yashash, unga hamisha sadaqatli 
bo‘lishdir.
Vatanparvarlik hammamizning o‘z ishimizga ma’suliyat bilan qarash, vatanning 
boyliklarini ko‘z qorachig‘idek asrash, boyliklariga boylik qo‘shishga o‘z ulushimizni 
qo‘shish, ilm-fan cho‘qqilari sari intilish va boshqalardir.
Vatanparvarlik bir so‘z bilan aytganda o‘z ijobiy ishlarimiz, bunyodkorlik 
harakatlarimiz bilan uning kuch-qudratiga, gullab yashnashiga imkon darajasida hissa 
qo‘shish;
-ona yurtimizda tinchlik, barqarorlik va osoyishtalikni saqlashga intilish 
vatanparvarlikning belgisidir;
-vatanparvarlik-halqaro munosabatlarda vatan, millat manfaatlarini birinchi o‘ringa 
qo‘yishdir.
Vatanparvarlik 
haqida 
so‘zlar ekanmiz, mustaqillik bizga in’om etgan 
vatanparvarlikning oliy ramzlari halqimiz, yoshlarimiz qalbidan mustahkam o‘rin 


olayotganligi nihoyatda quvonchlidir. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i 
Birlashgan millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi qarorgohi oldida 180 dan ortiq 
mustaqil davlatlar bayroqlari qatorida mag‘rur hilpirab turishini ko‘rish va his etish 
naqadar katta baxt, insonni naqadar kuchli bir tuyg‘u va hissiyotga chulg‘ab oladi...


Prezidetimiz Islom Karimov juda to‘g‘ri ta’kidlab o‘tganidek: “O‘zbekiston 
fuqarolari uchun mustaqillikning muqaddas ramzlari – Davlat Gerbi, Davlat Bayrog‘i, 
Davlat Madhiyasi azizdir. Ular ona vatan – O‘zbekiston Respublikasiga iftixor va cheksiz 
hurmat tuyg‘usini tarbiyalaydi.”
Davlatimiz mukofotlari – «O‘zbekiston qahramoni” oliy unvoni, orden va medallar, 
faxriy unvonlar ham mamlakatimiz fuqarolarida o‘z Vatanidan g‘ururlanish tuyg‘ularini 
oshirishga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, vatanparvarlik har bir insonni o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurtini, elini 
e’zozlash, uning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’naviy taraqqiyoti haqida 
qayg‘urish, g‘amho‘rlik qilish, taraqqiyotiga o‘zining munosib hissasini qo‘shish, o‘z 
davlati, mamlakatining mustaqilligini saqlash uchun jon kuydirishi va kerak bo‘lganda 
unga o‘z hayotini bag‘ishlashga yo‘llaydigan yuksak ma’naviylik mezonidir.
Shunday qilib, hozirgi o‘zbek vatanparvarligi ota-bobolarimiz, avlod va ajdodlarimiz 
yaratuvchanlik, bunyodkorlik ishlarining bevosita davomidir. Ozod va obod Vatan, erkin 
va farovon hayot barpo etish uchun hozir har daqiqada ulush qo‘shmoq, vatanga 
muhabbat tuyg‘usi-vatanparvarlikning asl ko‘rinishi va namoyon bo‘lishidir. Vatanga 
munosib farzand bo‘lish, uning yeri, suvi, eli bilan chambarchas bog‘liq ekanligimizni 
teran anglash, uni asrash, ardoqlash vatanparvarligimizning qirrasi.
O‘zbekiston-muqaddas Vatan, ota-bobolarimiz yotgan yer, o‘zimiz yotadigan yer. 
Farzandlarimizni shu zaminga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalblarida shu 
muborak zaminning har qarichiga mehru muhabbat uyg‘otish bugungi kunning eng 
ustivor fazilatlaridan biriga aylanayotgani hammamizni quvontiradi.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish