1. lavozim kasb faoliyatiga bogʻliq qonunchilik sohasi


Fuqaro S.A 2020-yilda ishdan boʻshadi lekin 2015-2019-yillarda mehnat taʼtiliga chiqmagan. Foydalanilmagan taʼtillarni olish tartibi qanday? 77



Download 182,5 Kb.
bet5/5
Sana19.02.2022
Hajmi182,5 Kb.
#457864
1   2   3   4   5
Bog'liq
savollarishgakirishlotin

76. Fuqaro S.A 2020-yilda ishdan boʻshadi lekin 2015-2019-yillarda mehnat taʼtiliga chiqmagan. Foydalanilmagan taʼtillarni olish tartibi qanday?
77. Fuqaro L.Sattorova bola parvarishlash taʼtilini toʻxtatib ishga qaytmoqchi. Lekin, tashkilotida dam olish kunlari ham qoʻshimcha ish soatlari mavjud boʻlib, bu kunlari ishga kelolmaydi. Qoʻshimcha ish soatlarida ishlamagani uchun ish beruvchi uning oylik ish haqini qisqartirishi yoki uni ishdan boʻshatishi bilan ogohlantirgan? Vaziyatga huquqiy baho bering.
78. Fuqaro D.Poʻlatova oliy taʼlim muassasasini tugatgach turmushga chiqgan. Hozir farzand kutmoqda va sogʻligʻi yaxshi. Savol, homilador boʻlsam uni ishga qabul qilishadimi? Qonunchilikda qanday asoslar mavjud?
79. Xodim J.Fozilov katta yoshdagi va parvarishga muhtoj onasi bilan birga yashaydi. Korxona raxbaridan har kuni uni ishdan vaqtliroq qoʻyib yuborishini soʻrab murojaat qilganida rad javobini olgan. Savol xodimga qonunchilikga binoan ushbu vaziyatda ishda biron bir imtiyozga ega boʻlishim mumkinmi?
80. Xodim K.Sultonova nogiron bolani farzandinlikka olgan. Farzandini parvarishlash uchun koʻp vaqt ajratishi kerak. Shu sababli tashkilot kadrlar boʻlimidan oʻnga qoʻshimcha imtiyoz berilishini soʻrab murojaat qilganda, unga bu holatda imtizlar mavjud emasligini tushuntirishgan. Savol xodimga qonunchilikga binoan ushbu vaziyatda imtiyozga mavjudmi?
81. Fuqaro R.Toxirov turmush oʻrtogʻi bilan ajrashganidan keyin, turmush oʻrtogʻi onalik huquqidan mahrum etilib, bola otasi tarbiyasi qolgan. Bola tarbiya qilayotgan onalarga bir qator imtiyozlar mavjud. Ushbu vaziyatda imtiyozlar bola tarbiya qilayotgan otalarga ham beriladimi?
82. Fuqaro A.Yuldasheva xususiy korxonada tikuvchi boʻlib ishlaydi. Korxonada ventilyatsiya va isitish moslamalari mavjud emas va 2x2,5 metr maydonni tashkil qiladigan xonada ishlaydi. Korxona rahbariyatiga ish sharoitini yaxshilab berish boʻyicha talablari rad etilib, ish sharoiti toʻgʻri kelmaydigan boʻlsa ishdan boʻshashi mumkinligi tushuntirilgan. Mazkur holat yuzasidan izoh bering?
81. Xodim S.Fozilov ishlaydigan fabrika rahbariyati unga imtiyozlari koʻproq va ish haqi yuqoriroq boʻlgan yangi ishga oʻtishni taklif qilishgan. Xodim albatta bunga rozi, lekin biror maʼlumot yashirinayotgan boʻlishi mumkin, deb shubhalanmoqda. Yangi ish joyidagi sharoitlar toʻgʻrisidagi xodimning savollariga fabrika rahbariyati barchasini mehnat shartnomasiga imzo qoʻyganidan soʻng bilishi mumkunligini aytishgan. Ushbu vaziyatda xodim yangi ishga kirishishdan oldin ish sharoiti bilan tanishish huquqiga egami?
Mazkur holat yuzasidan izoh bering?
82. Fuqaro N. Rustamov ishga tiklash boʻyicha sudga murojaat qildi. Sud arizani ish yurituviga qabul qilish jarayonida unga qilingan ilovalarni oʻrganish jarayonida, xodim ishga tiklash boʻyicha nizo kelib chiqqan taqdirda avval, mehnat nizolari komissiyasiga murojaat qilishi lozimligi jamoat shartnomasida belgilab qoʻyilganligini aniqladi va arizani qaytardi. Arizani qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimda N. Rustamovga mehnat nizolari komissiyasiga murojaat qilishi kerakligini tushuntirib oʻtdi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
83. Fuqaro M. Shamsiyev sudga murojaat qilib 2010-yilda D. Shamsiyeva bilan qonuniy nikohdan oʻtib birgalikda 2015-yilgacha tinch-totuv yashaganliklarini, oʻzaro nikoh davomida uch nafar farzandlari boʻlganligini, 2015-yil noyabr oyidan beri oʻzaro tushunmovchiliklar sababli alohida alohida yashab kelayotganliklarini, hozirda M. Shamsiyev ham D. Shamsiyev ham boshqa inson bilan shaʼriy nikohdan oʻtib yangi oila qilib yashab kelayotganliklarini, yangi oilalaridan farzandlari borligini bildirgan va suddan nikohdan ajratishni soʻragan. Sud arizani ish yurituviga qabul qilib, fuqarolik ishini qoʻzgʻatgan. Va taraflarga yarashish uchun 6 oy muddat bergan. Taraflar yarashish uchun berilgan muddatdan norozi boʻlib shikoyat yozishgan.
Vaziyatga huquqiy baho bering
84. Tashkilotimizda 16 yoshli qiz ishlaydi. Ota-onasi qizi institutga kirishi uchun davlat imtihonlariga tayyorgarlik koʻrishi lozimliginini aytib, u bilan mehnat shartnomasini bekor qilish talabi bilan murojaat qildi. Ushbu masala boʻyicha kasaba uyushmasi bilan maslahatlashish kerakmi?
85. Fuqaro F.Anvarov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Ish beruvchi oʻzining qarindoshini uni oʻrniga olmoqchi boʻldi. Ish beruvchi majburan undan ariza yozdirib oldi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
86. Fuqaro D.Soliyev boshqa tashkilotga oʻrindoshlik asosida ishga joylashmoqchi, biroq u yerda asosiy ish joyidan maʼlumotnoma keltirishni talab qilishdi. Biroq asosiy ish joyi boʻyicha mehnat shartnomasida boshqa tashkilotlarda oʻrindoshlik asosida ishlashga taqiq toʻgʻrisida shart mavjud. Ish beruvchi shartnomaning shu bandiga havola qilgan holda maʼlumotnoma berishni rad etdi, buni u bunday ish bilan bandlik asosiy ishni sifatli bajarish imkonini bermaydi, deb asosladi.
87. Fuqaro U.Nosirova parvarishlash taʼtilini toʻxtatib ishga qaytmoqchi. Lekin, ishxonada dam olish kunlari ham qoʻshimcha ish soatlari mavjud boʻlib, bu kunlari u ishga kelaolmaydi. Qoʻshimcha ish soatlarida ishlamagani uchun ish beruvchi unga oylik ish haqini qisqartirishi yoki ui ishdan boʻshatishligini maʼlum qildi?
88. Fuqaro B.Aliyevga balandroq va maoshi yaxshiroq boʻlgan ishga oʻtishni taklif qilishdi. Lekin, rahbariyat avval uch oylik sinov muddatini oʻtishini kerakligini aytdi. Bir korxona doirasida lavozim koʻtarilganida belgilangan afzalliklar berilmaydigan sinov muddatini belgilash qanchalik qonuniy hisoblanadi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
89. Fuqaro J.Pardayev 9 yoshli qizini nomiga uy olmoqchi. Biroq, Notarius tomonidan J.Pardayevga qizi voyaga yetmaganli va 18 yoshga toʻlmaganligi sababli qizini nomiga uy ololmasligini maʼlum qildi.
90. 39-sonli umumtaelim maktab direktori matematika fani oʻqituvchsi fuqaro B.Jalilovni ishdan tashqari vaqtda navbatchilikka jalb qilinishi maʼlum qildi. Fuqaro B.Jalilov direktorga navbatchilikda turmasligini aytdi. Direktor esa B.Jalilovga agar navbatchilikda turmasa uning ish haqqidan ushlab qolishini maʼlu qildi.
91. Anvarovaning ish joyida oʻtkazilgan reviziya natijalariga koʻra, u ilgari intizomiy jazoga tortilgani uchun yarim yillik ish yakunlari boʻyicha mukofot puli berilishi noqonuniy deb topilib, unga toʻlangan mukofot pulini ish haqidan ushlab qolishdi. Ish beruvchining shu harakati qonuniymi? Vaziyatga huquqiy baho bering
92. Ishxonada koronavirus tarqalgan, bir nechta xodimlar kasallikni yuqtirib olgan, shunda ham ishxona karantinga olinmagan, ayrim xodimlar rahbarni talabi bilan ishni davom ettirgan. Agar ana shu ishxonada virus yuqtirib olgan olgan xodimlardan biri shu kasallikdan vafot etgan boʻlsa, ishxonani aybi ham boʻlganligi uchun qandaydir toʻlov toʻlaydimi? Vaziyatga huquqiy baho bering.
93. Fuqaro D.Jalilov B ismli shaxsni uyini sotib olish maksadida
10 million zaklad berdi. Lekin B . uyni kimmatrokka boshka shaxsga sotib yubordi. Olgan zakladni kaytarib bergani yoʻq. Vaziyatga huquqiy baho bering.
94. Fuqaro S.Normatova Davlat xizmatlariga ariza bilan murojaat qilib, 2021-yil sentyabr holatiga fuqarolik holati yuzasidan nikoxda turish toʻgʻrisida maʼlumot soʻrab murojaat qildi. Davlat xizmatlari markazi xodimi, ushbu maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning 6191-son farmoniga asosan bekor qilinganligi, hamda ushbu maʼlumotlarni bermasligini vaj qilgan holda rad javobini berdi. Ushbu vaziyatga huquqiy baho bering.
95. Fuqaro Sh. Tojiyev viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilib, chin yetim boʻlishiga qaramasdan viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan fiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bepul tibbiy xizmat olish uchun order berilamayotganligini bildirdi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
96. F. ismli ayol turmushidan ajrashgani va hozirda qaramogʻida 3 nafar voyaga etmagan farzandlari borligi, sobiq turmush oʻrtogʻi 2 yil oldin uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingani uchun undan farzandlari taʼminoti uchun yetarli miqdorda aliment undirish imkoniyatiga ega emasligi haqida maʼlum qilib, farzandlarining bobosidan aliment undirish huquqiga ega yoki ega emasligi yuzasidan huquqiy tushuntirish berishni soʻradi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
97. T. ismli shaxs sud orqali qonuniy nikohda boʻlgan ayoli bilan ajrashgan. Oʻrtalarida voyaga yetmagan 2 nafari farzandlari bor. T ismli shaxs farzandlarini koʻrib turishini xohlashini lekin ular bilan koʻrishishga ayoli qarshilik qilishini va bolalarni koʻrishishga toʻsqinlik qilayotganidan norozi. Vaziyatga huquqiy baho bering
98. Fuqaro Avazov M boshqa korxonaga ishga kirmoqchi boʻlganida, undan oldingi ish joyidan tavsifnoma olib kelish lozimligi talab qilinib, aks holda ishga qabul qilinmasligi maʼlum qilingani, korxona maʼmuriyatining ushbu talabi qonuniy yoki noqonuniy ekanligini soʻradi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.
99. Mening millatim tatar men millatimni paspotrimda oʻzbek qildirmoqchiman. Onam oʻzbek. Biroq maʼlumotlarni yigʻish punkti pasportniy stol millatimni almashitirib boʻlmasligini millat belgilanishi faqatgina ota tomondan kelib chiqilib yozilishini va millatimni almashitirib boʻlmasligini taʼkidladi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
100. Fuqaro Sh.Vaxobova paspotrniy stolga rasmga tushishga borganida diniy taʼlimotiga koʻra bosh kiyimsiz suratga tushishni ogʻir gunoh deb bilib maʼlumotlarni yigʻish punkti (pasportniy stol)ga rasmga tushishda boy kiyimini roʻmolini yechmasligini taʼkidlab roʻmol kiygan holda rasmga tushishini aytgamda maʼlumotlarni yigʻish punkti xodimi fuqaro Rahimova Zaynabga agar ushbu harkatlarini davom etirsa pasport berilmasligini taʼkidlab roʻmolini yechishni talab qildi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
Download 182,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish