1. lavozim kasb faoliyatiga bogʻliq qonunchilik sohasi


AMALIYOTDA KOʻP UCHRAYDIGAN MUAMMOLI HOLATLAR (KAZUSLAR)



Download 182,5 Kb.
bet4/5
Sana19.02.2022
Hajmi182,5 Kb.
#457864
1   2   3   4   5
Bog'liq
savollarishgakirishlotin

3. AMALIYOTDA KOʻP UCHRAYDIGAN MUAMMOLI HOLATLAR (KAZUSLAR)
1. Arizachi “UNITEL” Masʼuliyati cheklangan jamiyati Davlat xizmatlari markaziga ariza bilan murojaat qilib, boshqa “UNITEL-77” Masʼuliyati cheklangan jamiyatga qoʻshib olish yoʻli bilan korxonani qayta tashkil etmoqchi ekanligini maʼlum qilgan. Lekin, Davlat xizmatlari markazi xodimi jamiyatlarni qayta tashkil etish Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirilmasligini, sudga murojaat qilishini aytib oʻtgan.
Ushbu holatda, Davlat xizmatlari markazi hodimi tutgan yoʻliga baxo bering.
2. Tadbirkorlik subyekti, Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilib, ustav jamgʻarmasini oʻzgartirish bilan bogʻliq qayta roʻyxatdan oʻtkazishga onlayn tarzda ariza berganligini, lekin ushbu arizaga asoslantirilgan rad javobi berilganligini vaj qilgan holda toʻlangan davlat bojini qaytarishlarini soʻrab murojaat qilgan.
Ushbu vaziyatda Davlat xizmatlari markazi xodimining xarakatlarini huquqiy asoslagan holda aytib bering.
3. Fuqaro, Davlat xizmatlariga ariza bilan murojaat qilib, 2021-yil sentyabr holatiga fuqarolik holati yuzasidan nikoxda turish toʻgʻrisida maʼlumot soʻrab murojaat qildi. Davlat xizmatlari markazi xodimi, ushbu maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning 6191-son farmoniga asosan bekor qilinganligi, hamda ushbu maʼlumotlarni bermasligini vaj qilgan holda rad javobini berdi.
Ushbu vaziyatga huquqiy baho bering.
4. Advokatlik byurosi Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilib, himoyasida boʻlgan fuqaroning sudlanmaganligi toʻgʻrisida maʼlumot berishlarini soʻragan. Ushbu holatda Davlat xizmatlari markazi hodimi ushub maʼlumotnomani advokatlik byurosi olish vakolatiga ega emasligi hamda vakolatli organ yaʼni Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilishlarini soʻragan.
Ushbu vaziyatga huquqiy baxo bering.
5. “Startaplar toʻgʻrisida”gi hamda “Startaplarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi qonunlar bir vaqtda qabul qilindi.
Ammo qonunlar kuchga kirgach, ularning ikkalasida oʻzaro bir-biriga nomuvofiq keluvchi yuridik kolliziya mavjudligi aniqlandi.
Bir vaqtda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning yuridik kuchini tahlil eting. Ular oʻrtasida ziddiyat vujudga kelsa, qaysi biri yuqori yuridik kuchga ega boʻlishini muhokama qiling.
6. Fuqaro noturar joyni turar joy toifasiga oʻtkazish uchun tuman davlat xizmatlari markaziga murojaat qildi. Davlat xizmatlari markazlari xodimi noturar joyni turarga oʻtkazish mumkin emasligini, balki turar joyni noturar oʻtkazish mumkinligini taʼkidladi.
Mazkur holat yuzasidan izoh bering.
7. “Fayziy” xususiy korxonasi direktori Sherxon Aliyev betobligi tufayli korxona faoliyatini boshqarish imkoniyatiga ega boʻlmay qoldi. Korxonani vaqtincha boshqarish vazifasini buyruq asosida korxona bosh buxgalteri Ramz Joʻrayevga yukladi. Ammo korxona yuristkonsulti Bekzod Meratov bu noqonuniy ekanligini, xususiy korxona faqatgina xususiy korxona direktorining oʻzi boshqarishi lozimligini, direktorning yuqoridagi buyrugʻI bosh buxgalter Ramz Joʻrayevning korxona direktori vazifasini vaqtinchalik bajarish uchun asos boʻla olmasligini takidladi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
8. Fuqaro Alijonov F.oʻziga dehqonchilik qilish uchun ajratilgan yer maydoniga yakka tartibdagi uy-joy qurishga hokimiyat tomonidan toʻsqinlik boʻlayotganligidan norozi boʻlib sudga murojaat qilgan. Vaziyatga huquqiy baho bering.
9. Fuqaro Shavkat Tojiyev viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilib, chin yetim boʻlishiga qaramasdan viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan fiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bepul tibbiy xizmat olish uchun order berilamayotganligini bildirdi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
10. Fuqaro Ismoilov Nurbek 6 oy davomida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullangan. Soliq oragani tomonidan bu holat aniqlangach, roʻyxatdan oʻtib oʻz faoliyatini davom ettiradi. Bir yildan soʻng soliq organi yakka tartibdagi tadbirkor Ismoilov Nurbek faoliyatini tekshirdi va kamchiliklarni aniqladi. Soliq inspektori agar Ismoilov Nurbek homiylikka va boshqa tadbirlarga jalb etib turilishiga rozi boʻlsa ushbu kamchiliklarni rasmiylashtirmasligini bildirdi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
11. F. ismli ayol turmushidan ajrashgani va hozirda qaramogʻida 3 nafar voyaga etmagan farzandlari borligi, sobiq turmush oʻrtogʻi 2 yil oldin uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingani uchun undan farzandlari taʼminoti uchun yetarli miqdorda aliment undirish imkoniyatiga ega emasligi haqida maʼlum qilib, farzandlarining bobosidan aliment undirish huquqiga ega yoki ega emasligi yuzasidan huquqiy tushuntirish berishni soʻradi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
12. T ismli shaxs sud orqali qonuniy nikohda boʻlgan ayoli bilan ajrashgan. Oʻrtalarida voyaga yetmagan 2 nafari farzandlari bor. T ismli shaxs farzandlarini koʻrib turishini xohlashini lekin ular bilan koʻrishishga ayoli qarshilik qilishini va bolalarni koʻrishishga toʻsqinlik qilayotganidan norozi. Vaziyatga huquqiy baho bering
13. Fuqaro Avazov M boshqa korxonaga ishga kirmoqchi boʻlganida, undan oldingi ish joyidan tavsifnoma olib kelish lozimligi talab qilinib, aks holda ishga qabul qilinmasligi maʼlum qilingani, korxona maʼmuriyatining ushbu talabi qonuniy yoki noqonuniy ekanligini soʻradi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
14. Mening millatim qirʼgiz men millatimni paspotrimda oʻzbek qildirmoqchiman. Onam oʻzbek. Biroq maʼlumotlarni yigʻish punkti pasportniy stol millatimni almashitirib boʻlmasligini millat belgilanishi faqatgina ota tomondan kelib chiqilib yozilishini va millatimni almashitirib boʻlmasligini taʼkidladi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
15. Fuqaro Rahimova Zaynab paspotrniy stolga rasmga tushishga borganida diniy taʼlimotiga koʻra bosh kiyimsiz suratga tushishni ogʻir gunoh deb bilib maʼlumotlarni yigʻish punkti (pasportniy stol.ga rasmga tushishda boy kiyimini roʻmolini yechmasligini taʼkidlab roʻmol kiygan holda rasmga tushishini aytgamda maʼlumotlarni yigʻish punkti xodimi fuqaro Rahimova Zaynabga agar ushbu harkatlarini davom etirsa pasport berilmasligini taʼkidlab roʻmolini yechishni talab qildi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
16. Fuqaro Azamat Azizov Ipoteka bankiga operator boʻlib ishga kirdi. Ish beruvchi bilan xodim oʻrtasida muddatli mehnat shartnomasi tuzildi. Muddatli mehnat shartnomasi tugagandan soʻng ish beruvchi mehnat munosabatlari tugallanganligi toʻgrisida xodimni ogohlantirmadi va mehnatga oid munosabatlar davom etaverdi. Muddatli mehnat shartnomasi tugagan kundan sakkiz kundan soʻng ish beruvchi mehnat shartnomasi tugaganligini aytdi Bundan norozi boʻlgan Azamat Azizov sudga shikoyat qildi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
17. “F” ismli fuqaro boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan 2019-yil 1-mart kuni korxona rahbariga ariza murojat qilib, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini 2-mart kunidan boshlab bekor qilishni soʻradi. Tashkilot rahbari “F” bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ariza berilgan kundan keyin ikki xaftadan oʻtgach bekor qilishini taʼkidladi.
Mazkur holat yuzasidan izoh bering.
18. Fuqaro A. Toshkent davlat yuridik universitetini 2019-yilda tamomlab, Moliya vazirligiga yuriskonsult lavozimiga qabul qilingan. Oradan 6 oy oʻtib fuqaro A. oilaviy sharoiti sababli oʻz arizasiga asosan ishdan boʻshatildi. Bundan keyin oradan 5 oy oʻtib xuddi shu tashkilotga ishga qabul qilinganda, ish beruvchi tomonidan unga nisbatan 3 oylik sinov muddati belgilandi. Fuqaro A. ish beruvchi tomonidan dastlabki sinovni belgilash mumkin emasligini talab qilib, sudga murojaat qildi. Mazkur holatda ish beruvchining harakatlari qonuniymi?
19. Fuqaro D. oʻzining arizasiga asosan ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi va ish beruvchidan ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlanishini talab qildi. Ish beruvchi esa unga nisbatan ishdan boʻshatish nafaqasi berilmasligini va amaldagi qonunchilikda nazarda tutilmaganligini aytib oʻtdi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
20. Fuqaro G.G paxta tozalash zavodiga operator boʻlib ishga kirdi. Ish beruvchi bilan xodim oʻrtasida muddatli mehnat shartnomasi tuzildi. Muddatli mehnat shartnomasi tugagandan soʻng ish beruvchi mehnat munosabatlari tugallanganligi toʻgʻrisida xodimni ogohlantirmadi va mehnatga oid munosabatlar davom etaverdi. Muddatli mehnat shartnomasi tugagan kundan sakkiz kundan soʻng ish beruvchi mehnat shartnomasi tugaganligini aytdi. Bundan norozi boʻlgan G.G sudga shikoyat qildi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
21. Qarzni undirib berish boʻyicha sudning hal qiluv qarori chiqarildi va MIBga ijro varaqasi joʻnatildi. Ijro varaqasi MIBga kelib tushgandan soʻng, davlat ijrochisi qarzdorga 5 kunlik ixtiyoriy ijro muddatini belgiladi. Shunda qarzdor davlat ijrochisidan norozi boʻlib, ixtiyoriy ijro muddati 15 kunligini vaj qilib sudga murojaat qildi. MIB xodimining xatti-harakatlari qonuniymi?
22. Fuqaro Fyodorov va Andreevalar nikoh qurishadi va baxtli hayot kechirayotgan bir paytda, Andreevaning onasi FHDYO organi tomonidan qayd qilingan nikoh noqonuniy ekanligi, bunga asos sifatida Fyodorov ruhiy kasal ekanligini aytadi. FHDYO organi xodimi fuqaroga qanday javob berishi lozim? Bu vaziyatga batafsil huquqiy tushuntirish bering.
23. A. va S. ismli shaxslar FHDYO boʻlimiga nikoh tuzish haqida murojaat qilishdi. FHDYO boʻlimi xodimi ularga nikoh ariza berilgan kundan boshlab bir oydan keyin qayd etilishini tushuntirdi va tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun yoʻllanma berdi. A. va S. tibbiy koʻrikdan oʻtishdan bosh tortishdi va tibbiy koʻrikdan oʻtish ixtiyoriy ekanligini aytishdi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
24. 2021-yil 17-sentyabrʼ kuni “F” ismli fuqaro sudda nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilayotganida toʻyni oʻtkazishga ketgan sarf-xarajatlarni ikkinchi tomondan undirish haqidagi talab qoʻydi. Biroq sud bu talabni qanaotlantirmadi. Bu vaziyatda sudning harakatlari qonuniy boʻlganmi?
25. Fuqaro Yunusobod tuman maktabgacha taʼlim boʻlimida ishlovchi I.Pardayeva 2019-yil 8-dekabr kuni homiladorlik taʼtiliga chiqqan. Homiladorlik davrida ikki nafar farzand koʻrgan. Maktabgacha taʼlim mudirasi fuqaro I.Pardayevaga 56 kalendar kun muddati bilan tugʻish taʼtili bergan. Fuqaro I.Pardayeva mazkur holatdan norozi boʻlib tuman adliya boʻlimiga murojaat qilgan. Vaziyatga huquqiy baho bering.
26. “KOLOR” MCHJ oʻziga qarashli transport vositasida jamiyatning haydovchisi tomonidan sodir etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi (avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali. yuzasidan MCHJga nisbatan jarima qoʻllanilganligidan norozi boʻlib adliya organlariga murojaat qildi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
27. Tadbirkorlik subyekti nodavlat taʼlim faoliyati xizmatlarini koʻrsatish uchun litsenziya olish maqsadida vakolatli organga murojaat qildi. Biroq, vakolatli organning masʼul xodimi mazkur tadbirkor tomonidan hujjatlar toʻgʻri va toʻliq taqdim etilganiga qaramasdan, tadbirkor ilgari surgan gʻoya va maqsadlarni oʻrganib chiqib, litsenziya berish maqsadga muvofiq emasligini taʼkidlab litsenziya berishni rad etdi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
28. 2019-yil oktyabr oyida fuqaro R.Rashidov saylov uchastkasiga murojaat qilib oʻzini saylovchilar roʻyxatiga kiritib qoʻyishini soʻraydi. Uchastka raisi unga aniq saylovchilar miqdori bor ekanligini, saylovchilar roʻyxatga olingan vaqtda u yashash joyida boʻlmaganligi tufayli kiritilmaganligini taʼkidlaydi. Oʻz navbatida, R.Rashidov bir kun avval Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega boʻlganligini va barcha fuqarolar kabi saylovda ishtirok etish huquqiga egaligini aytib oʻtdi. Saylov uchastkasi raisi R.Rashidov bildirgan vajlarga eʼtibor qaratmasdan, roʻyxatga olish jarayoni yakunlanganligini va roʻyxat yuqori turuvchi komissiyaga taqdim etilganligini maʼlum qildi. R.Rashidov yuzaga kelgan holat boʻyicha sudga shikoyat arizasi bilan murojaat qildi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
29. “Maxsud” xususiy korxonasi direktori Maxsud Amirov betobligi tufayli korxona faoliyatini boshqarish imkoniyatiga ega boʻlmay qoldi. Korxonani vaqtincha boshqarish vazifasini buyruq asosida korxona bosh buxgalteri Daliboyev Xusanboyga yukladi. Ammo korxona yuriskonsulti Jamshid Choriyev bu noqonuniy ekanligi, xususiy korxonani faqatgina xususiy korxona direktorining oʻzi boshqarishi lozimligini, direktorning yuqoridagi buyrugʻi bosh buxgalter Daliboyev Xusanboyning korxona direktori vazifasini vaqtinchalik bajarishi uchun asos boʻla olmasligini taʼkidladi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
30. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishni maqsad qilgan fuqaro A.Karimov tomonidan 2019-yil yanvarda yagona taʼsischi boʻlib “FAYZ” MCHJ tashkil etdi. Olti oy muddat oʻtganidan soʻng, yaʼni 2019-yil iyulda jamiyatning ustav fondini koʻpaytirish maqsadida belgilangan tartibda yangi ikki nafar ishtirokchi jamiyatga qabul qilindi. Oradan bir yil oʻtgach jamiyatning taʼsischisi boʻlgan A.Karimov jamiyat taʼsischilar safidan chiqmoqchiligini maʼlum qildi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
31. Qarzni undirib berish boʻyicha sudning hal qiluv qarori chiqarildi va MIBga ijro varaqasi joʻnatildi. Ijro varaqasi MIBga kelib tushgandan soʻng, davlat ijrochisi qarzdorga 5 kunlik ixtiyoriy ijro muddatini belgiladi. Shunda qarzdor davlat ijrochisidan norozi boʻlib, ixtiyoriy ijro muddati 15 kunligini vaj qilib sudga murojaat qildi. MIB xodimining xatti-harakatlari qonuniymi?
32. Fermer xoʻjaligi raisi K.ga nisbatan kadastr boʻlimi tomonidan 2019-yil 9-yanvar kuni yer maydonidan xoʻjatsizlarcha foydalanilgani uchun Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 65-moddasi bilan maʼmuriy jarima qoʻllanildi. Mazkur holat yuzasidan izoh bering.
33. “A” ismli fuqaro 2018-yil 20-oktyabr kuni bir martalik aksiya doirasida oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini olish maqsadida oila aʼzolari haqida hamda yer uchastkasiga egalik qilgan muddatlari va imorat qurilgan vaqt toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma olish uchun MFYga borganida MFY raisi unga Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktyabrdagi 789-son qaroriga asosan maʼlumotnoma berilmasligini taʼkidladi. Mazkur holat yuzasidan izoh bering.
34. Fuqaroligi boʻlmagan “V” ismli shaxs bir martalik aksiya doirasida 2015-yilda qurilgan oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorati joylashgan hududdagi tuman davlat xizmatlari markaziga ariza bilan murojaat qiladi. Biroq, davlat xizmatlari markazi xodimi arizani qabul qilishdan bosh tortdi. Mazkur holat yuzasidan izoh bering.
35. Fuqaro noturar joyni turar joyga oʻtkazish uchun tuman davlat xizmatlari markaziga murojaat qildi. Davlat xizmatlari markazlari xodimi noturar joyni turarga oʻtkazish mumkin emasligini, balki turar joyni noturar oʻtkazish mumkinligini taʼkidladi. Mazkur holat yuzasidan izoh bering.
36. Fuqaro A. farzandini davlat maktabgacha taʼlim muaasasasiga joylashtirmoqchi va tumandagi maktabgacha taʼlim boʻlimiga murojaat qildi. Boʻlimdagilar fuqaro A.ga tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma, yashash joyidan maʼlumotnoma olib kelishini va farzandiga boʻlim tomonidan yoʻllanma rasmiylashtirib berilishi aytishdi. Mazkur holat yuzasidan izoh bering.
37. Fuqaro B. Uchtepa tuman Davlat xizmatlari markaziga sudlanganlik haqida maʼlumotnoma olish uchun murojaat qildi. Markaz xodimi fuqarodan tegishli maʼlumotlarni olib, soʻrovnomani elektron ravishda toʻldirdi hamda hujjatlarini rasmiylashtirdi. Shundan soʻng, fuqaro B. davlat xizmati koʻrsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yigʻimni bank kassasiga toʻladi.
Ertasi kuni fuqaro B. markaz xodimiga sudlanganlik haqidagi maʼlumotnomani olish uchun zaruriyat yoʻqligi, kerak boʻlmay qolgani uchun tulangan yigʻimni qaytarishini soʻrab murojaat qildi. Mazkur holat yuzasidan izoh bering.
38. Fuqarolar Raxmatov va Shermatovlar Alijon ismli qoʻshnisi tomonidan kichik ariqcha uning hovlisidan oʻtganligi sababli toʻsib qoʻyilganligi, buning natijasida xonadonlaridagi ekinlarni sugʻorish imkoni yoʻqligidan norozi boʻlib fuqarolik ishlari boʻyicha sudga murojaat qilishdi.
Fuqarolar Raxmatov va Shermatovlarning sudga kiritgan daʼvosi yuzasidan huquqiy baho bering.
39. Fuqaro A. Turmush oʻrtogʻi nomiga elektron raqamli imzo (ERI. olish uchun Namangan shahar davlat xizmatlari markaziga murojaat etdi. Oʻzi bilan turmush oʻrtogʻini pasport nusxasi hamda nikoh guvohnomasini olib kelgan.
Shu vaziyatda turmush oʻrtogʻiga ERI olishi mumkinmi?
40. F. ismli shaxs yaqinda tanishidan uning nomidagi xususiy korxonani sotib olganligi haqida maʼlum qilib, ilgari ushbu korxonaga berilgan neft mahsulotlarini (avtobenzin, dizel yonilgʻisi. realizatsiya qilish huquqini beruvchi litsenziya asosida ushbu faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin yoki mumkin emasligi haqida huquqiy tushuntirish berishni soʻradi. Vaziyatga huquqiy baxo bering.
41. M. ismli shaxs dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziya olmoqchi boʻlganida, litsenziyalovchi organ ushbu litsenziya faqat 2 yil muddatga berilishi haqida maʼlum qilganini bayon qilib, litsenziyalovchi organning ushbu talabi qonuniyligi yuzasidan huquqiy tushuntirish berishni soʻradi.
42. J. ismli shaxs 2 yildan buyon yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgani, hozirda faoliyatini tugatish istagida ekanligi haqida maʼlum qilib, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini ixtiyoriy tugatish tartibi yuzasidan huquqiy tushuntirish berishni soʻradi.
43. Fuqaro G. 2021-yil 14-may kuni farzandli boʻldik, oilam bilan kelishib farzandimga meni ismimni familiya qilib bermoqchimiz biroq FHDYO organi xodimlari tomonidan oʻz ismimni farzandimga familiya qilib berishga qonunchilik ruhsat bermasligini aytishdi. FHDYO organi xodimlarining bu xarakati qonuniymi?
44. 2019-yil iyul oyining 2 kuni Toshkent shahar Mirobod tumanlararo sudida daʼvogar S.Abdullayevning javobgar B.Azimovga nisbatan qarz undirish toʻgʻrisidagi fuqarolik ishi koʻrilgan.
Uzrsiz sabablarga koʻra javobgar sud protsessiga kelmagan va sud daʼvogarning roziligi bilan ishni sirtdan koʻrish toʻgʻrisida ajrim chiqargan.
Sud daʼvogarning tushuntirishlarini eshitadi va daʼvogar javobgardan daʼvo arizasida yozilgan 5000.000 soʻmni emas, balki 4000.000 soʻm undirib berishni suddan soʻraydi.
Sud sirtdan ish yuritish jarayonida daʼvogar daʼvo talablarini qanoatlantirib ish boʻyicha sirtdan hal qiluv qarori chiqardi. Vaziyatga huquqiy baho bering?
45. Fuqaro Ashurova sudga Temirovga nisbatan 2019-yilda tugʻilgan oʻgʻli Z. ni otaligini belgilash haqida daʼvo bilan murojaat qilgan. Birinchi instansiya sud daʼvoni rad etgan.
Apellyatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirgan.
Oliy sud fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati 2020-yil 8-fevralda sud hujjatlarini bekor qilib, ish yuritishni tugatdi.
Ish hujjatlaridan maʼlum boʻlishicha, Ashurova bilan Temirov oʻzaro nikohda boʻlgan davrida, yaʼni 2019-yilda. Z. tugʻilgan boʻlib, uning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasiga Temirov bolaning otasi ekanligi toʻgʻrisida aniq yozuv kiritilgan. Vaziyatga huquqiy baho bering?
46. Dilshod ismli shaxs tadbirkor “Qilich ota” MCHJga nisbatan maʼnaviy zarar undirish boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tumanlararo fuqarolik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilgan. Mazkur daʼvo ariza boʻyicha boshlangan sud majlisida sudya tomonidan mediatsiya yoʻli bilan nizo hal etish imkoniyatlari mavjuligini tushuntirib oʻtgan. Shunda Daʼvogar Dilshod tomonidan mazkur mediatsiya yoʻli orqali hal etish maqbul kelib sudni keyingi kunga qoldirishini soʻragan. Lekin javobgar “Qilich ota” MCHJ mediatsiya yoʻli bilan nizoni hal etishga qarshi boʻlgan. Sud ularga bir oy muhlat berib mediatsiya yoʻli orqali hal etishlarini tushuntirib, sud majlisini bir oyga qoldirgan. 1. Sudyaning hatti-harakatlari qonunga zid emasmi? 2. Mediatsiya yoʻli orqali nizo hal etish tartibini tushuntiring.
47. “Les Ailes” MCHJ oʻziga tegishli boʻlgan uch qavatli noturar joy boʻlgan binosini “KFK” MCHJga savdo faoliyatini amalga oshirish uchun ijaraga berdi. “KFK” MCHJ mazkur binoning bittadan qavatini uch nafar yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga bermoqchi boʻlganida “Les Ailes” MCHJ bosh buxgalteri bunga eʼtiroz bildirib, ular oʻrtasida tuzilgan ijara shartnomasiga tegishli oʻzgartish kiritilgan taqdirdagina buning imkoni boʻlishi mumkinligini bayon etdi. “KFK” MCHJga yuridik xizmat koʻrstayotgan “Legal Partners” advokatlik firmasi advokati Botir Bilolov “Les Ailes” MCHJning “KFK” MCHJning faoliyatiga aralashishi faqatgina “Les Ailes” MCHJ Umumiy yigʻilishning bir ovozdan rozilini olish asosida boʻlishini va “Les Ailes” MCHJ bosh buxgalterining eʼtirozi qonun xujjatlariga zid ekanligini taʼkidladi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
48. Tadbirkorlik subyektini ixtiyoriy tugatish uchun tadbirkorlik subyekti Davlat xizmatlariga ariza bilan murojaat qilgan, ushbu vaziyatda arizachi taqdim etadigan hujjatlar roʻyxati.
49. F. ismli ayol turmushidan ajrashgani va hozirda qaramogʻida 3 nafar voyaga etmagan farzandlari borligi, sobiq turmush oʻrtogʻi 2 yil oldin uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingani uchun undan farzandlari taʼminoti uchun yetarli miqdorda aliment undirish imkoniyatiga ega emasligi haqida maʼlum qilib, farzandlarining bobosidan aliment undirish huquqiga ega yoki ega emasligi yuzasidan huquqiy tushuntirish berishni soʻradi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
50. Fuqaro Avazov M boshqa korxonaga ishga kirmoqchi boʻlganida, undan oldingi ish joyidan tavsifnoma olib kelish lozimligi talab qilinib, aks holda ishga qabul qilinmasligi maʼlum qilingani, korxona maʼmuriyatining ushbu talabi qonuniy yoki noqonuniy ekanligini soʻradi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
51. Mening millatim qirʼgiz men millatimni paspotrimda oʻzbek qildirmoqchiman. Onam oʻzbek. Biroq maʼlumotlarni yigʻish punkti pasportniy stol millatimni almashitirib boʻlmasligini millat belgilanishi faqatgina ota tomondan kelib chiqilib yozilishini va millatimni almashitirib boʻlmasligini taʼkidladi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
52. Fuqaro Rahimova Zaynab paspotrniy stolga rasmga tushishga borganida diniy taʼlimotiga koʻra bosh kiyimsiz suratga tushishni ogʻir gunoh deb bilib maʼlumotlarni yigʻish punkti (pasportniy stol)ga rasmga tushishda boy kiyimini roʻmolini yechmasligini taʼkidlab roʻmol kiygan holda rasmga tushishini aytgamda maʼlumotlarni yigʻish punkti xodimi fuqaro Rahimova Zaynabga agar ushbu harkatlarini davom etirsa pasport berilmasligini taʼkidlab roʻmolini yechishni talab qildi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
53. Fuqaro Azamat Azizov Ipoteka bankiga operator boʻlib ishga kirdi. Ish beruvchi bilan xodim oʻrtasida muddatli mehnat shartnomasi tuzildi. Muddatli mehnat shartnomasi tugagandan soʻng ish beruvchi mehnat munosabatlari tugallanganligi toʻgrisida xodimni ogohlantirmadi va mehnatga oid munosabatlar davom etaverdi. Muddatli mehnat shartnomasi tugagan kundan sakkiz kundan soʻng ish beruvchi mehnat shartnomasi tugaganligini aytdi Bundan norozi boʻlgan Azamat Azizov sudga shikoyat qildi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
54. Fuqaro S.Axmedov 01.11.2017-yilda ishga qabul qilingan. 2017-2018-yildagi ish davri uchun 2019-yilning fevral oyida taʼtil berishgan. Shundansoʻng, 2019-yilgi mexnat taʼtiliga chiqish uchun ariza topshirganida, fevral oyida 2019-yilgi mexnat taʼtiliga chiqqanligi, 2018-yil uchun mexnat taʼtili vaqti oʻtib boʻlganligi uchun bu yilda boshqa mehnat taʼtili berilmasligini aytishgan.
Huquqiy tushuntirish bering.
55. Byudjet tashkilotida ishlovchi fuqaro F.Boboyeva farzandi 1 yoshligida ishga chiqib, qisqartirilgan ish rejimida ishlagan. Endi farzandi 2 yoshga toʻlganda ish vaqti yana qisqartirilgan rejimda qoladimi?
Huquqiy tushuntirish bering.
56. Tibbiy-diagnostika yoʻnalishi boʻyicha ishlovchi “StarMedLayn” MCHJ raxbari D.Qodirov ishchi xodimlarga pandemiya davrida qishloq xoʻjalik maxsulotlarini xarid qilishga yordam puli ajratmoqchi, lekin ularning jamoa shartnomasida bunday band koʻrsatilmagan. Ushbu vaziyatda raxbari D.Qodirov qanday yoʻl toʻtsa, qonuniy toʻgʻri boʻladi?
57. Samarqand tibbiyot kolleji, texnikumga aylantirilayotgan vaqtida, bilim yurti xodimlariga endi reja yuk, shtat yuk, oʻquvchi va guruh soni aniqmas deb oylik maosh toʻlashmoqchi emas.
Ush bu vaziyatga huquqiy baho bering?
58. Fuqaro R.Sobirova dekretga ketgan xodimning oʻrnida ishga qabul qilingan, bir muddat oʻtgandan soʻng dekretdagi xodim ish oʻrniga qaytib, fuqaro R.Sobirovani ishdan boʻshatishgan. Vaziyatga huquqiy baho bering?
59. Fuqaro X.Komilova yolgʻiz ona hamda uning voyaga yetmagan 2-guruh nogironi farzandi bor. Fuqaro X.Komilovaga nogiron bolasini hisobga olib taʼtilga qoʻshimcha taʼtil kuni qoʻshib berishlari mumkinmi?
60. “OʻzTransgaz” tashkiloti xodimi J.Bozorov 7-oktyabrdan mehnat tatiliga chiqqan vaqtida oʻnga taʼtil pullari berilmagan, tashkilot buxgalteriyasi unga “oyning boshidan mehnat taʼtiliga chiqqanizda 5-sanada hamma taʼtil pullarini olardiz. 7-oktyabrdan chiqqaningiz uchun keyingi oyning 5-sanasida olasiz, men oyning oʻrtasida xisob kitob ishlarini qilolmayman” deb xodimi J.Bozorovga tushuntirishgan. Ushbu vaziyatga huquqiy baho bering?
61. “Toshshaxarnur” DUK ishchisi R.Uzoqovni ketma ket intizomiy jazolari mavjud “xayfsan, ish xaqidan 30 %, 50% ushlab qolish”. Boʻlim boshligʻi yana uning ustidan bildirgi bergan. Tashkilot rahbari kasaba uyushmasi yigʻilishida xodim bilan mexnat shartnomasini bekor qilishni soʻramokchi. Kadrlar boʻlimi boshligʻi xodimni lavozimini pasaytirib bildirgini ijrosini taʼminlamoqchi. Lekin xodim rozilik xati yozishdan bosh tortgan. Ushbu vaziyaga huquqiy baho bering?
62. Fuqaro U.Sobirova byudjet tashkilotda 0,5 stavkada ish yurituvchi lavozimi ishlaydi. Yaqin orada dekret yaʼni bola parvarishlash taʼtiliga chiqadi. Fuqaro U.Sobirova bola puli toʻlanadimi… toʻlansa qayerdan…Toʻlanmasa nima uchun…Men bola pulini olish uchun qayerga murojaat qilishi kerak boʻladi?
63. “Andijon tekstil” MCHJ xodimi S.Mamajonovga yanvar oyida 30 foizlik intizomiy jarima qoʻllanilgan. 2 oydan soʻng xodim S.Mamajonov kasaba uyushmasi raisiga bir yecha marotaba intizomiy jazosini olib tashlash boʻyicha murojaat qilgan. Lekin kasaba uyushmasi raisi xozir karantin kasaba uyushma aʼzolarni toʻplay olmayman, shoshmay turing deb masalani hal qilmagan.
Ushbu vaziyatga huquqiy baho bering?
64. Xodim T.Shokirovni korxona rahbari, kadrlar boʻlimi boshligʻi bilan xonaga chaqirib, qoʻrqitib arizasini olishgan. Lekin xodim T.Shokirov ishdan boʻshamoqchi emas. Ushbu vaziyatga huquqiy baho bering?
65. Xodim B.Axmedova davlat unitar korxonasida bosh buxgalter lavozimida ishlaydi. Hozir farzandini 2 yoshgacha boʻlgan parvarishlash taʼtilida. Rahbari bola parvarishlash taʼtilida boʻlsam ham, ishini davom ettirishini soʻragan. Xodim B.Axmedova bir vaqtda ish haqini va bola nafaqasini olishim mumkinmi, yoki ulardan faqat bittasi toʻlanadimi?
66. Muddatli mehnat shartnomasi asosida ishlaydigan xodimni shartnoma muddati tugashiga hali 6 oy bor. Xodim oʻz arizasiga asosan ishdan boʻshamoqchi, biroq korxona raxbari mehnat shartnomasi muddatli ekanligini aytib, xodimni ishdan boʻshatmay turibdi.
Vaziyatga huquqiy baho bering?
67. Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi xodimasi Fuqaro N. tugʻish taʼtili tugagach, 4 oylik bolasi bilan ishga qaytdi. Xodmaning ish vaqti soat 09:00 dan 18:00 gacha belgilangan. Xodima bolani ovqatlantirish uchun beriladigan vaqtni umumlashtirib soat 16:00 da ishdan chiqib ketishini bildirdi? Biroq, raxbari bunga eʼtiroz qilib, umumiy beligangan vaqtda ishdan chiqib ketishi mumkinligini bildirgan. Vaziyatga huquqiy baho bering.
68. Fuqaro B.A 2021-yil 2-avgust kuni ishdan boʻshash toʻgʻrisida ariza yozdi. Arizada ishdan boʻshatish kuni yozilmagan. Fuqaro B.A 2021-yil 6-avgustda arizani qaytarib olish, ijrosiz qoldirish boʻyicha raxbarga xat yozdi. Lekin raxbar buyruq chiqargan ekan, eʼtiborga olmadi. Bu xolatda Fuqaro B.A sudga murojaat qilib buyruqni bekor qildirishni soʻradi. Vaziyatga huquqiy bao bering.
69. Fuqaro A.S ning otasi yangi kurilgan xovli joylarini unga xadya kilib bergan. Fuqaro A.S ning turmush urtogi xadya kilingan xovlidan ulush olaman deb fukorolik sudiga murojat kildi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
70. Fuqaro D.S koʻp tarmokli markaziy polikilinikada travmatologiya bulimida xamshira boʻlib toʻliq stakada ishlab kelayotgan edi. Kadrlar boʻlimi boshligʻi xamda Bosh vrach boshchiligida Fuqaro D.S dpn suramay unga tegishli bulgan 0,25 stavkani boshka bulimga ruxsatimsiz olib berdi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
71. Sayxunobod tumanidagi 3-sonli maktabda sport zal yoʻq boʻlganligi uchun qishki mavsumda 2 soat oʻrniga 1 soat oʻtiladi va jismoniy tarbiya oʻqituvchisiga 1 soatga xaq toʻlanishini maʼlum qilindi. Bu qanchalik qonunchilikka toʻgʻri? Vaziyatga huquqiy baho bering.
72. Fuqaro J.E Samarqand davlat universitetida 2 bochqichda oʻqiydi. Noyabr oyida Fargʻona viloyatiga turmushga chiqdi u oʻqishini Fargʻona davlat universitetiga koʻchirmoqchi boʻldim universitet rektoriga murojaat qildi. Biroq, rektor ushbu murojaatga Fuqaro J.E oʻqishini koʻchira olmasligini maʼlum qildi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
73. Fuqaro L.D uylanganiga ikki yil boʻldi. Xotinin xiyonati sababli u bilan nikohdan ajralish boʻyicha sudga murojaat qildi. Sud esa xotinini homilasi borligi sababli arizani qoʻrmay qoldirdi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
74. Fuqaro K.S Andijon viloyati Buloqboshi tumanida maktabda hamda maktabgacha taʼlim muassasasida ishlab kelmoqda edi. U 2021-yilning yanvar oyidan dekretga chiqmoqchi boʻlib ikki ish joyida dekret puli toʻlashni soʻrab murojjat qildi. Biroq, maktabgacha taʼlim muassasasi rahbari Fuqaro K.S maktabdan yoki maktabgacha taʼlim muassasasidan dekret puli olishini aytib murojaatni rad qildi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.
75. Fuqaro B.A ni nomida damas rusumli avtomashina bor. Fuqaro B.A moshinani sotmoqchi. Ushbu moshinani uylanishimdan oldin sotib olgan Notarius tomonidan moshinani sotishda oldi sotdi shartnomasida xotin ishtirok etishi kerakligini maʼlum qildi.

Download 182,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish