1-laboratoriya ishi



Download 191,92 Kb.
bet1/5
Sana08.07.2021
Hajmi191,92 Kb.
#112756
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-labaratoriya ishi


1-LABORATORIYA ISHI

PORSHENLI VA KURAKCHALI NASOSLARNI TAVSIFNOMASINI OLISH. PORSHENLI VA KURAKCHALI NASOSLARNI TURLARI,TUZILISHI, ISHLASH VA ULARNI XARAKTERLOVCHI KATTALIKLARNI ANIQLASH

Ishdan maqsad: Porshenli va kurakchali nasoslar, ularning turlari, tuzilishi, ish prinspi va

asosiy ko’rsatkichlarini o’rganish.



Kerakli jihozlar: Nasoslar modeli, plaktlar, shtangensirkul, lineyka va boshqalar.

Nazariyma’lumotlar:

Nasoslarni tuzilishi, parametrlari, suyuqlikka energiya berish usuli va boshqa ko’rsatkichlariga qarab turlicha klassifikasiyalash usullari mavjud. Eng ko’p tarqalgan usulularni ishlash prinsipiga qarab klassifikasiyalashdir. Bunda nasoslar asosan ikkita katta gruppaga: kurakli va hajmiy nasoslarga bo’linadi. Bu ikki tur nasoslar deyarlik barcha nasoslarni o’z ichiga oladi, lekin bir qancha boshqacha prinsipda ishlaydigan nasoslar bu ikki klassga kirmaydi. Bularga oqimchali nasoslar (uchinchi klass sifatida ajratish mumkin) va ko’targichlar kiradi. Kurakli nasoslar yana markazdan qochma, o’qiy, propellerli, uyurma nasoslarga bo’linadi. Tuzilishi va ishlash prinsipi bir xil bo’lgani uchun ventilyatorlarni ham kurakli nasoslar klassiga kiritish mumkin. Ventilyatorlarning ham markazdan qochma, o’qiy, propellerli turlari mavjud. Kurakli nasoslarni ularning bir valida bitta yoki bir nechta ish g’ildiragi o’rnatilishiga qarab bir pog’onali va ko’ppog’onali nasoslarga ajratish mumkin. Markazdan qochma nasoslar so’rish usuliga qarab bir tomonlama so’ruvchi va ikki tomonlama so’ruvchi nasoslarga bo’linadi.

Hajmiy nasoslar ikki gruppaga, porshenliva rotorli nasoslarga bo’linadi. Oqimchali nasoslar esa ejektor, injektorva gidroelevatorlarni o’z ichiga oladi.

Nasoslarni suyuqlikka bergan bosimining miqdoriga qarab, past bosimli (bosimi 20 msuvust. gacha), o’rtacha bosimli (bosimi 20...60 msuvust. ga teng), yuqori bosimli (bosimi 60 suvust. yuqori) nasoslarga ajratish mumkin. Ularni bergan sarfiga qarab past, o’rta va yuqori sarfli nasoslarga gruppalash mumkin.



Nasoslarni suyuqlikka berilgan energiya turiga qarab klassifikasiyalash ancha qulaydir. Nasosdan o’tayotgan suyuqlikka berilgan energiya uch xil bo’lishi mumkin: holat energiyasi (Z); bosim energiyasi ( ); kinetik energiya ( ).

Faqat holat energiyasini beruvchi mashinalarga suv ko’targichlar deyiladi. Agar ko’tarilayotgan suyuqlik faqat suv emas, balki neft, turli moylarva boshqa xil suyuqliklar ham bo’lishi mumkinligini hisobga olsak, bu mashinalarni suyuqlik ko’targichlari deyish kerak bo’ladi. Bu gruppaga suv ko’tarish uchun ishlatilgan barcha qadimgi qurilmalarga: charxpalak, chig’ir, arximed vintiva boshqalar kiradi. Zamonaviy qurilmalardan bu gruppaga kiradiganlari qatoriga kam debitli quduqlardan neft chiqaruvchi tortuv qurilmalari, chuqur quduqlardan gaz va havo yordamida suyuqlik (suv, neft) ko’taruvchi ko’targichlar kiradi.

I kkinchi gruppaga suyuqlikka bosimi orttirish yo’li bilan energiya beruvchi nasoslar kiradi. Suyuqlikni porshen bosimi (porshenli nasoslar), aylanuvchi jismlar (rotorli nasoslar), siqilgan havo, gaz yoki bug’ (pnevmatik suv ko’targichlar, Gemfri nasosi va h. k.) yordamida siqib chiqarish mumkin. Bularga suyuqlikka gidravlik zarb orqali impuls beruvchi mexanizmlar (gidravliktaran) ham kiradi.


2.1-rasm. Bir tomonlama ishlaydigan krovoship-shtunli nasos.

1-krovoship-shtunli mexanizm, 2-shtok,

3-porshen, 4-so`rish klapani, 5-haydash klapani, 6-so’rish trubasi, 7-tirgak klapan, 8-filtr,

9-haydash trubasi
Uchinchi gruppa nasoslarda suyuqlikka kinetiken ergiya berilib, so’ngra u bosim energiyasiga aylantiriladi. Bularga birinchi galda kurakli (markazdan qochma, parrakli , o’qiy) nasoslar kiradi (ularda ish qismi valda aylanuvchi kurakli gildiraklardir), ikkinchidan oqimchali nasoslar (ejektorlar, injektorlar, gidravlik elevatorlar) kiradi (ularda suyuqlikka energiya beruvchi boshqa suyuqlik, gaz yoki bug’dir).


Download 191,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish