Nasosishining asosiy ko’rsatkichlari
Markazdan qochma nasosishining asosiy ko’rsatkichlari unumdorlik, bosim, quvvat va foydali ish koeffisientidan iborat.
1. Nasosning unumdorligi yoki sarfi deb uning vaqt birligida so’rgan suyuqlik miqdoriga aytiladi va Q harfi bilan belgilanadi, birliklari m3/soat, l/s.
Markazdan qochma nasoslarning sarfi quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
(10.2)
yoki
bu erda , —ish g’ildiragiga kirish va chiqishdagi nisbiy tezliklar;
d1 , d2— ish g’ildiragining ichki va tashqi diametrlari; — nasos kuraklarining qalinligi; z-kuraklar soni; b1, b2—kuraklarning kirish va chiqishdagi eni;
—kuraklarning kirish va chiqishdagi egrilik burchaklari.
2. Nasosning bosimi deb, birlik og’irlikdagi suyuqlikka berilgan energiyaga aytiladi va N harfi bilan belgilanib, metr hisobidagi suv ustuni bilan o’lchanadi.
Nasosning bosimi suyuqlikni so’rish trubasining uchi tushirilgan pastki sathidan haydash trubasidan chiqishdagi sathigacha bo’lgan geometrik balandlik Ng ga ko’tarish, so’rish va haydash trubalarining oxirlaridagi bosimlar farqi (rh — rs) ni engish, so’rish va haydash trubalaridagi gidravlik qarshiliklar ( , ) ni engish va suyuqlikning so’rish trubasidagi tezligi ni haydash trubasidagi tezlik ga etkazishga sarf bo’ladi:
Ya’ni: (10.3)
3. Nasosning quvvati deb, uning vaqt birligida bajargan ishiga aytiladi va N harfi bilan belgilanib, kVt, o.k., kgm/s larda o’lchanadi.
Nasos vaqt birligida G kg/s suyuqlik ko’tarib, t vaqt ishlasa, uning bajargan ishi quyidagicha aniqlanadi:
A = GHt. (10.4)
Undan nasosning quvvati quyidagiga teng ekanligi kelib chiqadi:
(10.5)
Amalda sarflangan quvvat (5.5) formulada hisoblangandan ortiq bo’lib, u quyidagicha hisoblanadi:
kgm/s,yoki
, kvtda, (10.6)
bu erda: -foydali ish koeffisienti.
4. Nasosning foydali ish koeffisienti (FIK) mexani k gidravli k , hajmiy , foydali ish koeffisientlarining ko’paytmasidan tashkil topadi:
(10.7)
Mexanik FIK nasosning ishqalanuvchi qismlarida sarf bo’lgan energiyani ifodalaydi.
Gidravlik foydali ishkoeffisienti esa nasos kuraklari orasidagi kanalda hosil bo’lgan uyurmali harakatni engish uchun sarf bo’lgan energiyani ifodalaydi va amaliy bosim Ha ning nazariy bosimNn ga nisbatidan aniqlanadi:
, (10.8)
Hajmiy FIK esa nasosdan olingan suyuqlik miqdori Qa ning nasosga kelgan suyuqlik miqdori Qk ga nisbati bilan aniqlanadi:
, (10.9)
Hajmiy FIK yangi nasoslar uchun =0,95 ga teng.
Mexanik FIK podshipniklari yaxshi moylangan va ifloslanishdan saqlangan nasoslar uchun ga teng.
5. Nasosning xarakteristikalari deb bosim, quvvat va foydali ish koeffisientlarining sarfga bog’liqlik grafiklariga aytiladi:
, (10.10)
Do'stlaringiz bilan baham: |