№ 1 LABORATORIYA ISHI
Tеkislikdаgi mехаnizmlаrning kinеmаtik sхеmаsini chizish hаmdа ulаrning tuzilishini tаhlil qilish.
Ishdan ko‘zlangan maqsad: mexanizmning sxemasini chizish va uning tuzilishini tahlil qilishdan iborat. Ishni bajarish uchun har bir talabaga bitta model va istalgan bir mexanizmning kinematik sxemasi beriladi. Mexanizmning geometrik parametrlarini o‘lchash, chizish va tekshirish usullari modeldan, sxemani to‘g‘ri o‘qiy bilish va tekshirish usullari esa kinematik sxemadan o‘rganiladi.
Mexanizmning kinematik sxemasi
Mexanizmni tekshirish va loyihalash uning sxemasini chizishdan boshlanadi. Mexanizmning sxemasidagi kinematik juft va bo‘g‘inlar shartli belgilar bilan tasvirlanadi. Mexanizm sxemasi struktur va kinematik bo‘ladi. O‘lchamlari ko‘rsatilmay chizilgan sxema mexanizmning struktur sxemasi deb ataladi.
U mexanizmning strukturasini (tuzilishini) tekshirish maqsadida chiziladi. Mexanizmning kinematikasini va dinamikasini tekshirish maqsadida bo‘g‘inlarning uzunligi hamda stoykalarining joylashishi ko‘rsatilib chizilgan sxema kinematik sxema deyiladi.
Mexanizmning kinematik sxemasini chizishda tekshirilayotgan mexanizmning yoki modelning vazifasi, detallarining tuzilishi va bo‘g‘inlarining harakatini yaxshi bilish kerak. Mexanizm tarkibiga kiruvchi bo‘g‘inlarning va kinematik juftlarning turini, sonini hamda qanday joylashganligini aniqlash lozim. Kinematik sxemani oddiy, to‘g‘ri, aniq va tez chizish bo‘lajak muxandisning asosiy vazifasidir. Kinematik sxemada mexanizmning kinematikasini tekshirishga ta’lluqli bo‘lgan qismlar ko‘rsatilishi zarur. Bo‘g‘inlar va kinematik juftlarni sxemada tasvirlashda ularning tuzilishi, shakli hisobga olinmasdan, faqat kinematik juftning holati va bo‘g‘inlarning geomegrik xususiyatlari belgilanadi. Masalan, shatunning 7-a, b, rasm da berilgan sxemasini ko‘rsatishda uni tashkil qilgan barcha detallarni chizmay, faqat vtulka o‘qlarining holati, ya’ni aylanma kinematik juftlar doira (sharnir) shaklida, ularni birlashtiruvchi qattik jism esa chiziq tarzida tasvirlanadi. Xuddi shuningdek, 7-rasm, v da ko‘rsatilgan 1 va 2-bo‘g‘in-larning o‘zaro bog‘lanishi bitta aylanma kinematik juft, ya’ni A sharnir tarzida tasvirlanadi. Sxemadagi etakchi bo‘g‘in asosan qo‘zg‘almas bo‘g‘in-stoyka bilan kinematik juft yordamida birlashib, u strelka bilan belgilanadi.
Mashina va mexanizmlarning kinematik sxemalari konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi ESKD — (edinaya sistema konstruktorskix dokumentatsii) bo‘yicha GOST 2. 7SZ- 68 va GOST 2. 721 -68 GOST 2. 770-68 shartlariga muvofiq chiziladi. Mashinaning kinematik sxemasi mexanizmlarga harakat uzatish rejasi ko‘rinishida bo‘lib, odatda yoyilma shaklga ega.
Kinematik sxemada ish organlarining berilgan harakatini nazorat qilish, boshqarish va sozlash uchun belgilangan barcha kinematik belgilar tasvir-lanishi kerak. U sxemada ish organlarining o‘zida (ichida) ayrim juftlar, zanjirlar va sinflar orasida ko‘zda tutilgan kinematik bog‘lanishlar va harakat manbaiga birlashish usullari ko‘rsatilishi lozim. Sxemada har bir kinematik sinf elementining nomi va chiziqlari yordamida barcha kinematik sinflarning asosiy tavsiflari ko‘rsatiladi. Mashinaning barcha qismlari sxemada shartli grafikaviy belgilar yoki oddiy kontur chiziqlar ko‘rinishida tasvirlanadi. Sxemadagi shartli grafik belgilar o‘lchamlarining nisbatlari mashinadagi bu qismlarning haqiqiy nisbatlariga taxminan to‘g‘ri kelishi kerak. Vallar, o‘qlar, sterjenlar, shatunlar, krivoshiplar va hokazolar 5 mm qalinlikdagi chiziqlar bilan chiziladi; kontur chiziqlari bilan soddalashtirib tasvirlangan elementlar, shuningdek, shesternyalar, chervyaklar, yulduzchalar, kulachoklar 5-2 mm qalinlikdagi chiziqlar bilan; mashina (mexanizm, ustanovka) ning konturi S=3 qalinlikdagi chiziqlar bilan alohida ko‘rsatilgan o‘zaro tutashuvchi bo‘g‘in juftlari orasidagi kinematik bog‘lanishlar S=2 mm qalinlikdagi punktir chiziqlar bilan chiziladi.
Laboratoriya ishi, asosan, quyidagi bosqichlardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |