4-bosqich. Mexanizmning sinfi va tartibi aniqlanadi. Bunda mexanizmning Assur sinflari, ularning sinf va tartibi aniqlanadi, etakchi bo‘g‘inga ulanadi. Richagli mexanizmlar strukturasi I.I. Artobolevskiy tasnifi bo‘yicha aniqlanadi. Mexanizm etakchi bo‘g‘in va Assur sinflariga ajratiladi. Mexanizm hosil qilish usulini birinchi marta rus olimi L.V. Assur kiritgan edi. Har qanday mexanizm 1-sinf mexanizmni tashkil qilgan etakchi bo‘g‘in va stoykaga qo‘zg‘aluvchanlik darajasi nolga teng bo‘lgan kinematik zanjir (Assur sinfi) qo‘shilishidan hosil bo‘ladi.
Agar mexanizm tarkibida etakchi bo‘g‘in bo‘lmasa, mexanizmning harakatiga qarab, uni tanlash mumkin.
Qo‘zg‘aluvchanlik darajasi nolga teng bo‘lgan etaklanuvchi bo‘g‘inlar tizimi bir yoki bir necha kinematik zanjirdan iborat bo‘lishi mumkin. Bu shartni bajaruvchi 5-sinf kinematik juftdan tuzilgan etaklanuvchi bo‘g‘inlar sinfsi quyidagicha yoziladi:
W gr=3n-2R5
bundan;
shartni bajarish uchun sinf tarkibiga kiruvchi bo‘g‘inlar va kinematik juftlar soni o‘zaro tartibida bog‘lanishi kerak.
n= 2, 4, 6, 8,...
R5= 3, 6, 9, 12 ,...
Akademik I.I. Artobolevskiy tasnifiga ko‘ra struktura sinflar 2, 3, 4 va hokazo sinflarga bo‘linadi.2-sinf Assur sinfida ga S=2, R’=3 bo‘lib, har bir bo‘g‘in faqat ikki kinematik juftga qo‘shiladi. 3 sinf Assur grupppasida esa uch kinematik juftga qo‘shiluvchi murakkab bo‘g‘in bo‘ladi.
SHuningdek, 4 va undan yuqori sinf sinflarda sinf nomeriga mos kelgan to‘rt va undan ortiq bo‘g‘inlardan tuzilgan yopiq konturli bo‘g‘inlar bo‘ladi. I.I. Artobolevskiy usuli bilan aniqlangan turli sinfdagi Assur sinflari chizmasi 11- a, b, v,rasmda ko‘rsatilgan. Sinfning tartibi mexanizmga qo‘shiluvchi sinfning erkin (tashqi) kinematik juftlar soni bilan aniqlanadi. Barcha 2-sinf sinflar 2-tartibli bo‘ladi. 2-sinf sinflar aylanma va ilgarilanma kinematik juftlarning o‘zaro joylanishiga va birlashishiga qarab har xil turlarga bo‘linadi (11-a, rasm).
11-rasm
Mexanizmning sinfi va tartibi shu mexanizm tarkibiga kiruvchi sinflarning eng yuqori sinfi va tartibi bilan aniqlanadi. SHuning uchun mexanizmning strukturasi tekshirilganda, uning etakchi bo‘g‘inini ajratib, qolgan kinematik zanjir Assur sinflariga tarqatiladi.
Buning uchun mexanizmning etakchi bo‘g‘inidan zanjir bo‘yicha eng uzoqdagi, qo‘zg‘aluvchanlik darajasi R=0 bo‘lgan 2-sinf Assur sinfi ajratiladi. Bu sinf ajralgandan so‘ng, mexanizm qolgan qismining qo‘zg‘aluvanlik darajasi o‘zgarmasligi kerak.
Agar qolgan mexanizmning qo‘zg‘aluvchanlik darajasi o‘zgarsa, sinf noto‘g‘ri ajratilgan bo‘ladi. U holda, boshqa yuqori sinfli sinfni ajratish kerak, ya’ni 2-sinf sinfni ajrash mumkin bo‘lmasa, 3-sinfni ajratish va X5 ning kinematikasini xisoblash kerak.
3. So‘ngra qolgan mexanizmdan yana 2-sinfni ajratib, yana № ni hisoblash lozim va h.k. Eng oxiri faqat 1 sinfni tashkil etgan mexa-nizming etakchi bo‘g‘ini qolishi kerak.
Ajratilgan sinflarning sinfi va tartibi aniqlanadi. Eng oxiri mexaizmning tuzilish formulasi, ya’ni sinflarning o‘zaro qo‘shilish tartibi yoziladi. Bu formulaga asoslanib, mexanizmning kinematik va dinamik parametrlarini hisoblash usuli tanlanadi. Mexanizmning strukturasini tekshirishda va uni sinflarga tarqatishda mexanizmning sinfi etakchi bo‘g‘inning tanlanishiga qarab o‘zgarishini inobatga olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |