1 laboratoriya ishi tеkislikdаgi mехаnizmlаrning kinеmаtik sхеmаsini chizish hаmdа ulаrning tuzilishini tаhlil qilish. Ishdan ko‘zlangan maqsad



Download 181,54 Kb.
bet1/5
Sana29.04.2022
Hajmi181,54 Kb.
#591559
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1 lob


1 LABORATORIYA ISHI
Tеkislikdаgi mехаnizmlаrning kinеmаtik sхеmаsini chizish hаmdа ulаrning tuzilishini tаhlil qilish.
Ishdan ko‘zlangan maqsad: mexanizmning sxemasini chizish va uning tuzilishini tahlil qilishdan iborat. Ishni bajarish uchun har bir talabaga bitta model va istalgan bir mexanizmning kinematik sxemasi beriladi. Mexanizmning geometrik parametrlarini o‘lchash, chizish va tekshirish usullari modeldan, sxemani to‘g‘ri o‘qiy bilish va tekshirish usullari esa kinematik sxemadan o‘rganiladi.


Mexanizmning kinematik sxemasi
Mexanizmni tekshirish va loyihalash uning sxemasini chizishdan boshlanadi. Mexanizmning sxemasidagi kinematik juft va bo‘g‘inlar shartli belgilar bilan tasvirlanadi. Mexanizm sxemasi struktur va kinematik bo‘ladi. O‘lchamlari ko‘rsatilmay chizilgan sxema mexanizmning struktur sxemasi deb ataladi.
U mexanizmning strukturasini (tuzilishini) tekshirish maqsadida chiziladi. Mexanizmning kinematikasini va dinamikasini tekshirish maqsadida bo‘g‘inlarning uzunligi hamda stoykalarining joylashishi ko‘rsatilib chizilgan sxema kinematik sxema deyiladi.
Mexanizmning kinematik sxemasini chizishda tekshirilayotgan mexanizmning yoki modelning vazifasi, detallarining tuzilishi va bo‘g‘inlarining harakatini yaxshi bilish kerak. Mexanizm tarkibiga kiruvchi bo‘g‘inlarning va kinematik juftlarning turini, sonini hamda qanday joylashganligini aniqlash lozim. Kinematik sxemani oddiy, to‘g‘ri, aniq va tez chizish bo‘lajak muxandisning asosiy vazifasidir. Kinematik sxemada mexanizmning kinematikasini tekshirishga ta’lluqli bo‘lgan qismlar ko‘rsatilishi zarur. Bo‘g‘inlar va kinematik juftlarni sxemada tasvirlashda ularning tuzilishi, shakli hisobga olinmasdan, faqat kinematik juftning holati va bo‘g‘inlarning geomegrik xususiyatlari belgilanadi. Masalan, shatunning 7-a, b, rasm da berilgan sxemasini ko‘rsatishda uni tashkil qilgan barcha detallarni chizmay, faqat vtulka o‘qlarining holati, ya’ni aylanma kinematik juftlar doira (sharnir) shaklida, ularni birlashtiruvchi qattik jism esa chiziq tarzida tasvirlanadi. Xuddi shuningdek, 7-rasm, v da ko‘rsatilgan 1 va 2-bo‘g‘in-larning o‘zaro bog‘lanishi bitta aylanma kinematik juft, ya’ni A sharnir tarzida tasvirlanadi. Sxemadagi etakchi bo‘g‘in asosan qo‘zg‘almas bo‘g‘in-stoyka bilan kinematik juft yordamida birlashib, u strel­ka bilan belgilanadi.
Mashina va mexanizmlarning kinematik sxemalari konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi ESKD — (edinaya sistema konstruktorskix dokumentatsii) bo‘yicha GOST 2. 7SZ- 68 va GOST 2. 721 -68 GOST 2. 770-68 shartlariga muvofiq chiziladi. Mashinaning kinematik sxemasi mexanizmlarga harakat uzatish rejasi ko‘rinishida bo‘lib, odatda yoyilma shaklga ega.
Kinematik sxemada ish organlarining berilgan harakatini nazorat qilish, boshqarish va sozlash uchun belgilangan barcha kine­matik belgilar tasvir-lanishi kerak. U sxemada ish organla­rining o‘zida (ichida) ayrim juftlar, zanjirlar va sinflar orasida ko‘zda tutilgan kinematik bog‘lanishlar va harakat manbaiga birlashish usullari ko‘rsatilishi lozim. Sxemada har bir kinematik sinf elementining nomi va chiziqlari yordamida barcha kinematik sinflarning asosiy tavsiflari ko‘rsatiladi. Mashinaning barcha qismlari sxemada shartli grafikaviy belgilar yoki oddiy kontur chiziqlar ko‘rinishida tasvirlanadi. Sxemadagi shartli grafik belgilar o‘lchamlarining nisbatlari mashinadagi bu qismlarning haqiqiy nisbatlariga taxminan to‘g‘ri kelishi kerak. Vallar, o‘qlar, sterjenlar, shatunlar, krivoshiplar va hokazolar 5 mm qalinlikdagi chiziqlar bilan chiziladi; kontur chiziqlari bilan soddalashtirib tasvirlangan elementlar, shuningdek, shesternyalar, chervyaklar, yulduzchalar, kulachoklar 5-2 mm qalin­likdagi chiziqlar bilan; mashina (mexanizm, ustanovka) ning konturi S=3 qalinlikdagi chiziqlar bilan alohida ko‘rsatilgan o‘zaro tutashuvchi bo‘g‘in juftlari orasidagi kinematik bog‘lanishlar S=2 mm qalinlikdagi punktir chiziqlar bilan chiziladi.
Laboratoriya ishi, asosan, quyidagi bosqichlardan iborat:

Download 181,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish