2.
Muzlatkichdagi haroratni boshqaruvchi suyuqlik relesining
ishlash prinsipini
o’rganish;
3.
Suyuqlikning issiqlikdan kengayish koeffitsientini aniqlash.
KERAKLI ASBOB – USKUNALAR:
1.
Gazli termometr
2.
Issiqlikni himoyalovchi materiallar
3.
V shaklsimon shtativ asosi.
4.
Shtativ ustuni, 47 sm
5.
"Timsoh" tipli qistirgich
6.
Qizdiruvchi elektr plitka
NAZARIY MA’LUMOTLAR
Kundalik kuzatuvlarimizdan bilamizki, jism harorati oshganda uning hajmi
kengayadi,
harorat pasayganda esa qisqaradi. Quyidagi rasmdagi dumaloq
shar va aylana bir hil
materialdan tayorlangan. Hona haroratida aylananing diametri sharnikiga nisbatan biroz
katta. Shuning uchun shar undan bemalol o’tadi. Keyin shar qizdiriladi,
bunda uning
o’lchamlari biroz kattalashadi. Endi u aylanadan o’tmaydi. Agar aylana va sharni bir hil
haroratgacha qizdirsak, u yana aylanadan o’tadi.
Rasm 7. Metal o’lchamining issiqlikdan o’zgarishi.
Jismning harorati oshishi bilan uni tashkil qiluvchi zarralarning harakati ham tezlashadi.
Shunda ularning orasidagi masofa ham cho’ziladi. Bu hajmning ortishiga olib keladi.
Ko’pincha biz o’zgarish deganda faqat uzayishni nazarda tutamiza. Misol uchun metall
sterjenning yoki temiryo’l relsining uzayishi. Bunday holatlarda
chiziqli kengayish
deyiladi.
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, ko’pchilik qattiq jismlar uzunligining o’zgarishi ΔL uning
boshlang’ich uzunligi L
0
va haroratning o’zgarishiga ΔT proporsionaldir.
Δ L = α L
0
Δ T
Proporsionallik koeffitsienti α deb chiziqli kengayish koeffitsientiga aytiladi. Quyida bazi
metallarning chiziqli kengayish koeffitsienti berilgan, 10
-6
grad
-1
Alyuminiy
24
Kumush
19
Latun
19
1
12
Suyuqliklarda esa quyidagi formuladan foydalaniladi:
Δ V = β V
0
ΔT
bu yerda ΔT — haroratning o’zgarishi, V
0
— boshlang’ich hajm, ΔV –qizitilganda jism
hajmining o’zgarishi, β – hajmiy kengayish koeffitsienti.
Suyuqliklarda molekulalar orasidagi bog’liqlik qattiq jismlarga nisbatan bo’shroq
bo’lgani uchun ular qizdirilganda nisbatan ko’proq kengayadi.
Ba’zi suyuqliklarning hajmiy kengayish koeffitsienti berilgan, 10
-4
grad
-1
Suv
0.18
Skipidar
0.67
Glitserin
0.50
Benzin
1.00
Suyuqliklar qizdirilganda hajmining o’zgarishidan turli uskuna va qurilmalarni
yaratishda foydalaniladi (masalan, shishali termometr va suyuqlik relesi).
Ushbu virtual laboratoriyadagi termostatning sezgir elementi kapsula va muzlash harorati
past bo’lgan suyuqlik bilan to’ldirilgan uzun ingichka kapillyar naychadir. Kapsula va
naycha bug’latgichning paneliga qotiriladi (rasm 1). Bug’latgich odatda muzlatgichning
orqa qismiga mahkamlangan bo’ladi va issiqlikni yaxshi o’tkazuvchi dekorativ qoplama
bilan qoplanadi.
Kapillyar nay kapsuladan chiqadi, uning ikkinchi uchiga suyuqlikning hajmi o’zgarishida
releni tokka ulash-uzish vazifasini bajaradigan shtift qotiriladi. Muzlatgichning haroratini
belgilovchi muruvvati shtift va kontakt tutashuvining oralig’ini o’zgartiradi.
Muzlatgichdagi harorat
belgilangandan oshib ketsa, kapsuladagi suyuqlik va kapillyar
nay kengayadi, shunda shtift ko’tarilib releni tokka ulaydi. Bunda kompressor ishga
tushadi va bug’latgich soviy boshlaydi. Termostatdagi suyuqlik harorati pasayadi.
Suyuqlik siqilib (qisqarib), o’zi bilan shtiftni pastga tortadi va rele tokdan uziladi.
Muzlatgichni sovutish vaqtincha to’xtaydi.
Rasm 8. Muzlatgich termostati.
Do'stlaringiz bilan baham: