1 laboratoriya ishi ishning nomi: Andozalar satxini hisoblash. Ishdan maqsad



Download 2,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/40
Sana14.06.2022
Hajmi2,45 Mb.
#667025
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
28-03 08-49

4- LABORATORIYA ISHI
1.Ishning nomi: Andozalar tayyorlashni o‘rganish.
2.Ishdan maqsad:
Talabalarga andozalar tayyorlashni o‘rgatish.
3. Ishning nazariy qismi.
Andoza etalonlari tikuvchilik fabrikalariga asosan model-xonalardan keladi.
Eksperimental sex konstruktori etalon andaza qanchalik to‘g‘ri yasalganini
aniqlab chiqqandan keyin, uni shu sexdagi andoza tayyorlash gruppasiga beradi.U
yerda ish andozalari va yordamchi andozalar tayyorlanadi.
Ish andozalari beshta to‘la komplektda tayyorlanadi. Undan ikkitasi
eksperimental sexga gazlam sarflash no`rmasini aniqlash uchun va bittasi
tayyorlov sexiga bo‘rlama tayyorlash uchun beriladi. Qolgan ikki komplekt ish
andozasi bichiqchilik sexiga berilib, ulardan biri nuqsonli gazlamalarni bo‘rlash,
yana biri esa to‘shama ustiga qo‘yilgan bo‘rlamaning o‘chib ketgan joylarini
bo‘rlash uchun ishlatiladi.
Lentali bichuv mashinasida kiyim detallarini tekislab qirqish uchun
qo‘shimcha andoza ishlatiladi.Bitta lentali bichuv mashinasiga yarim komplekt
qo‘shimcha andoza kerak bo‘ladi. Tikuvchilik sexida kiyim detallaridagi bo`rt
burchaklari, cho‘ntak o‘rinlari va boshqa shu kabi joylarni belgilab olish uchun
ham yordamchi andoza ishlatiladi.
Andozalar qalinligi 0,9—1,2 mm qattiq presshpat kartonidan
tayyorlanadi.Qo‘shimcha andozalar kartondan tayyorlangan bo‘lsa, atrofiga tunuka
qoplanadi. Uzoq vaqtgacha o‘zgarmaydigan kiyim detallarini bichishga
mo‘ljallangan qo‘shimcha ando-zalar esa dyuraluminiy yoki boshqa metall
tunukalardan tayyorlanadi.
Andozalar ignasi o‘rniga pichoq o‘rnatilgan universal tikuv mashinasida yoki
apdoza qirqadigan maxsus MRL mashinasida (4.1- rasm) qirqiladi.MRL oddiy
tikuv mashinasi stoli ustiga o‘rnatiladi 


4.1-rasm. Apdoza qirqadigan maxsus MRL mashinasi
Uning to‘gri chiziq bo‘ylab qirqish tezligi 20—■ 25 m/min. Andazalar tayyor
bo‘lgandan keyin, kiyimning asosiy detallarining ish andazalari sinchiklab
tekshiriladi va ularning cheti aylantirib tamgalabchiqiladi.Har qaysi andozaga
gazlamaning o‘rish va arqoq iplari qanday yo‘nalishda bo‘lishi chiziladi va ularga
nisbatan qancha chetga chiqish mumkinligi belgilanadi.Bundan tashqari,
apdozalarda qaysi detallarning qaysi joyida qanday o‘lchamdagi uloq bo‘lishi
mumkinligi ham ko‘rsatilaldi.Bularning hammasida GOST talablariga rioya qilish
shart Gazlamaning o‘rish yoki arqoq iplari normadan chetga qanchalik chiqishi
mumkimligi quyidagicha topiladi: ando-zadagi kiyim detali ipning yo‘nalishi
ko‘rsatilgan chiziq (a) ning uzunligi GOSTga binoan yo‘l qo‘yilishi mumkin
bo‘lgan farq protsenti (A) ga ko‘paytirilib, keyin yuzga bo‘linadi.
Chiqqan natija qiymatiga mos masofani yo‘nalishini ko‘rsatgan chiziqning
pastki uchidan o‘ng va chap tomonga o‘lchab, nuqtalar bilan belgilab olinadi.
4.3-rasm. Andazalarda tanda ipini aniqlash
Shu nuqtalar ip yo‘nalnshini ko‘rsatgan chiziqning yuqori uchi bilan
birlashtirilsa, andoza qo‘yilganda uning o‘ngga yoki chapga qanchalik chetga
chiqishi mumkin ekanini ko‘rsatadigan chiziqlar hosil bo‘ladi.
Detallar bir-biriga to‘g‘ri ulanishi-uchun, andozalarga kontrol belgi qo‘yiladi.
Hamma andazalarga modedning nomeri, o‘lchami, rosti yoziladi. Ish andozalari va
yordamchi andozalar oyda bir yoki ikki marta etalon andoza bilan solishtirib
turiladi.Karton qurishi natijasida kirishish mumkin bo‘lgani uchun, etalon


andazalarning o‘zi ham kvartalda bir marta tabelda ko‘rsatilgan o‘lchamlarga
solishtirib tekshiriladi.

Download 2,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish