3- LABORATORIYA ISHI
1. Ishning nomi: Andozalarni joylashtirishni o’rganish.
2. Ishdan maqsad:
Talabalarga gazlama ustiga
andozalarni joylashtirishni
o‘rgatish.
3. Ishning nazariy qismi.
Andozalarni eksperimental joylashtirishdan avval razmer va rostlarni
qanday birlashtirish mumkinligi hisoblab chiqiladi. Joylashtirishda andozalarning
kamida ikkita to`la komplektini birlashtirgan ma’qul. Tikuvchilik korxonalari ish
tajribasida andozalarni joylashtirish uchun razmer va ro`stlarni birlashtirishning
ikki xil usuli bor:
1. Bir xil yoki ketma-ket razmer va rostlarni tanlab birlashtirish.
2. Andozalar sathi ortib boradigan tartibda birlashtirish.
Erkaklar palto va kostyumlarida bir xil
yoki ketma-ket razmerlar va
rostlarni birlashtirish (46/2—48/1; 46/2—46/1) tavsiya etiladi.Ayollar paltolarida
bir xil yoki ketma-ket razmerlar va bir xil ro`stlarni birlashtirgan (46/2—
48/2, 46/2—46/2) ma’qul. Ich kiyimlarda esa bir xil yoki ketma -ket razmerlar va
bir xil yoki ketma-ket rostlarni birlashtirgan (44—44/2; 48/3—50/2) yoki
andaza satxlari ortib boradigan tartibda birlashtirish ma’qul ko`riladi.
Tavsiya etilgan usullardan qaysi birini ishlatish har bir muayyan kiyim
nechtadan tikilishiga bog`liq. Kiyim kamroq tikiladigan bo`lsa, ketma-ket
razmer va rostlarni birlashtirgan ma’qul. Kiyim ko`proq tikiladigan bo`lganda
esa andozalar joylashtirishda bir xil razmer va
rostlarni birlashtirgan yoki
andozalar sathi orta boradigan prinsipda birlashtirgan ma’qul.
Andozalar joylashtirishda ular orasidagi chiqindilar protsentini kamaytirish
uchun biror razmerni kattaroq yoki kichikroq razmerga almashtirish mumkin. Bu
xol andozalarni zichroq joylashtirib, joylashma sathidan to`laroq
foydalanish
imkonini beradi.
Andozalarni gazlamaning o`rimi va arqog`i yo`nalishiga moslab
joylashtirishning
nihoyatda katta ahamiyati bor, chunki gazlama o`rish
yo`nalishida kam cho`ziladigan bo`ladi.Yo`l-yo`l gazlamalar uchun erkaklar
kostyumi andozalarini joylashtirishda kamroq gazlama sarflash maqsadida, o`rtasi
chokli ort bo`lak va adip andazalarning bir qismi
detallarni kengaytirishni
mo`ljallamay, to`shamaning gazlama milklari tekislanadigan tomoniga to`g`rilab
joylashtiriladi.
Guli bir tomonga qaragan yoki tukli gazlamalarni bichish uchun andozalarni
shunday joylashtirsh kerakki, kiyim tikilgandan keyin
ham uning detallaridagi
gullar yoki tuklar bir tomonga qaragan bo`lsin. Kiyimdagi simmetrik joylashgan
detallarning gullari bir xil joyga to`g`ri kelishi kerak. Baxmal, yarimbaxmal, velvet
kabi gazlamalardan tikilgan kiyimlar barcha detallarining tuki yuqoriga yo`nalgan
bulishi kerak, aks xolda kiyimning ko`p ishqalanadigan joylari yaltirab ketadi.
Gazlamaning tuki uzun bo`lib, bir tomonga taralgan bo`lsa,
uni kiyim tayyor
bo`lganda tuklar pastga qarab turadigan qilib bichish kerak.
Andozalarni qanchalik zich joylanishi ularning shakllariga ham bog`liq.
Andozalar qanchalik oddiy bo`lsa, ularni zichroq joylashtirish imkoniyati oshadi.
Agar katta detallar qatori mayda detallar ham bo`lsa, andozalarni zichroq
joylashtirish uchun, oldin katta detallarni qo`yib,
ular orasiga mayda detallar
joylashtiriladi. Mayda detallar ko`proq bo`lishi uchun ba’zi detallarga (ostki
yoqa,podbort) uloq beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: