17 - LABORATORIYA ISHI
1. Ishning nomi: Turli yelimlarning tasnifi. Yelim material turlari va ularni
qo’llash jarayoni.
2. Ishdan maqsad:
Talabalarga yelimlab ishlatiladigan
materiallardan
foydalanishni o‘rgatish.
3. Ishning nazariy qismi.
Yelimlab biriktirish uchun yelimli gazlama yelimli uqa o‘rgimchak uyi
tipidagi noto‘qima materiallar yelim ip va yelim plyonka ishlatiladi.
Yelim qoplangan qotirmalik materiallar zig‘ir
tolali gazlamaning bir
tomoniga yirikligi 0,4-0,8 mm bo‘lgan P-54, P-12/6/66 yelim kukuni qoplab xosil
qilinadi.
Yelim uqa – 300, 301, 302 artikuldagi oq surp gazlamaning bir tomoniga P-
54 yoki P-12/6/66 yelim kukuni qoplab tayyorlanadi.
Yelim ip – 0,3 – 0,5 mm qalinlikdagi yakka ip bo‘lib P-548 P-12/6/66
poliamid smolasidan olinadi. Yuviladigan kiyimlar
uchun yuqori bosimda
olinadigan polietilendan olinadi.
O‘rgimchak uya tipidagi noto‘qima yelim material P-548, P-12/6/66
yelimlarining eritmasidan olingan tolalar yoki yuqori bosimda olingan polietilen
tolalar bir-biri bilan tartibsiz cholinishidan xal bo‘lgan noto‘qima material.
Yelim plyonka termoplastik polietilen yelimdan tayyorlanadigan material.
Kiyim tikishda yelimli birikmalarni ishlatish turli usullarda bajariladi. Bunda
operatsiyalarning bir qismi ketma-ket bajariladi, bir qismi esa parallel bajariladi.
Ko‘pincha parallel ketma-ket usuli ishlatiladi. Chunki yelimlab ulash bu usulning
unumdorligi ip yordamida ulashdan ancha katta.
17.1-rasm. Bort qotirmasini tayyorlash
Detalarni yelimlab ulashda quyidagi parallel ketma-ket usullar ishlatiladi:
Uqa qo‘yish
1. Detallarning butun yuzasi bo‘yicha qotirma yopishtirish.
2. Detal ziylarini ochiq qirqimli qilib bukish.
3. Detal ziylarini berk qirqimli qilib buklash.
4. Detallarni biriktirma chok bilan ulash.
Yoqa qo‘yish yoqa dazmol yordamida belgilangan chiziq bo‘ylab palto old
bo‘lagining kesimiga yoqa va yeng o‘miziga qoplama cho‘ntak yuqori qirqimiga
yengning pastki qirqimiga ziylarning chalilishidan saqlash uchun yopishtiriladi.
1. Detalning butun yuzasi bo‘yicha qotirma qo`yish
ostki yoqalarga, cho‘ntak
qopqoqlarga qotirma qo‘yishdir.
2. Qirqim ochiq usulda detallarni bukib ishlash yeng uchini ort bo‘lak kesimini,
yoqani chetiga ishlov berishda ishlatiladi.
3. Detal qirqimlarini yopiq qilib ishlash –listochka, cho‘ntak qopqoqlarini
ishlashda ishlatiladi.
4. Biriktirma chok bilan ulash qoplama cho‘ntaklarini asosiy detalga yopishtirishga
ishlatiladi.
17.2-rasm. Dellarga yelimli uqa qo‘yish.
Do'stlaringiz bilan baham: