Ishni bajarish tartibi: 1-tajriba. Bir qavatli yassi epiteliy (ichak tutqichidan tayyorlangan). Preparat organdan yaхlit olib tayyorganligi uchun kichik obьyektiv ostida qaralganda uning turli qalinlikda ekanlgi kórinadi. SHuning uchun preparatning yupqaroq va och sariq rangga bóyalgan joyini topib uni katta obьyektiv ostida kórish kyerak. Bunda qoramtir yoki jigar rang kóp qirrali yassi epiteliy hujayralari kórinadi. Har bir hujayrada bitta yoki ikkita yumaloq ovalsimon och binafsha rangli yadro bóladi. Kumish nitrat tuzi hujayra chegararalariga qoramtir yoki jigar rang tus byeradi.
Mikroskop fokusini ózgartirish orqali хuddi shunday yassi epiteliy hujayralarining ikkinchi qavatini ham kórish mumkin.
Chunki ichak tutqichining har ikkala yuzasi ham yassi epiteliy bilan qoplangan. Har ikkala epiteliy orasida esa biriktiruvchi tóqima qatlami joylashgan. Preparatda ana shu tóqimaning hujayraviy elementlarini mayda qon tomirlarini kórish mumkin.
2-tajriba. Bir qavatli kubsimon epiteliy (buyrakdan tayyorlangan). Kichik obyektiv ostida preparatni kórganda buyrakning póst va mag’iz qismlari tafovut qilinadi. Kubsimon epiteliyni órganish uchun preparatning och bóyalgan mag’iz qismini topish lozim. Preparatda siydik yig’uv naychalarining qismlari kórinadi. Siydik yig’uv naychasining kóndalang kesimini topib katta obyektiv ostida kóriladi. Nay devori binafsha rangli yirik yadro tutuvchi och pushti sitoplazmaga ega bólgan kubsimon hujayralardan tuzilgan. Preparatda hujayra chegararalari yaqqol kórinib turadi. Siydik yig’uv naychalari yumshoq biriktiruvchi tóqima bilan óralgan.
3- tajriba. Bir qavatli tsilindirsimon epiteliy (me’da devoridan tayyorlangan). Kichik ob’yektiv ostida me’daning chiqaruv (pilorik) qismidagi chuqurchalarning bóylama kesilgan joyini topish kerak. Tsilindirsimon epiteliy hujayralari me’da chuqurchalari yuzasini qoplaydi. Bu hujayralar katta ob’yektiv ostida qaralganda prizmatik (yoki tsilindirsimon) shaklda bólib chegaralari aniq kórinadi. Hujayra sitoplazmasi pushti rangga bóyaladi. Ovalsimon yadrolari binafsha rangli bólib hujayraning bazal qismiga yaqin bir хil sathda yotdi.
Topshiriqlar: Mikroskop ostida kórilgan preparatlar rasmini chizish.