Mavzuni o’qitishning maqsadi:
O’qituvchilarning funksiya va funksiya xossalari, hosila to’grisidagi bilimlarini faollashtirish.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida hosila mavzusini o’qitishning o’rni, maqsadi va ahamiyati va vazifalarini aniqlash.
«Hosilaning qo’llanishi»ning tabiiy fanlarni o’qitishda muhim vosita va omil ekanligini ko’rsatish.
Hosilani qo’llash usulining matematikani o’qitishdagi imkoniyatlarini qarab chiqish.
Qo’llaniladigan vositalar: “Funksiya”, “Funksiya uzluksizligi”, “Funksiya limiti”, “Hosila tushunchasi”ga oid kompyuter slaidlai;
Foydalanilgan texnologiyalar: “Ko’rgazmali-illyustrativ”, “Muammoli ta’lim texnologiyalari”;
Asosiy mazmuni
Qo’yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi metodik muammolarni hal etish lozim:
«Hosilaning qo’llanishi» metodining asosiy mazmunini aniqlash.
“Hosilaning qo’llanilishi” mavzusini (metodini) akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o’qitishning maqsad va vazifalarini aniqlash.
Ushbu mavzuni o’qitish davomida o’quvchilar egallashlari lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni aniqlash.
Ushbu mavzuni o’qitish davomida egallanadigan asosiy va qo’shimcha materiyallarning mazmunini va o’rganish darajasini aniqlashtirish.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida “Hosila va uning tadbiqlari” mavzusini o’qitish asosiy vazifasi o’quvchilarni matematik analizning shu mavzuga oid asosiy tushunchalari bilan tanishtirish va o’quvchilarda DTS talablari asosida elementar funksiyalarni tekshira olish, hosila yordamida eng oddiy geometric, fizik masalalarni va boshqa amaliy-tadqiqot mazmunli masalalarni yechish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Matematik analizning ushbu metodlarini to’liq tushunib olmasdan turib, tabiiy fanlarda, texnikada va ilmiy-ommabop adabiyotlardagi materiyallarning mazmunini tushunib, anglab olishning imkoniyati yo’q.
Matematik analiz fanining fundamental metodi bu differensiyal hisobdir. Bu usulning asosiy g’oyasi shundan iborat, agar funksiya aniqlangan bo’lsa, ko’rsatilgan nuqta asosida funksiya o’zgarishini tasniflash mumkin.
Hosila va uning tadbiqlarining mohiyatini anglab olgandan keyin, etibor mavzuni o’qitishning ta’limiy, rivojlantiruvchi va tarbiyaviy maqsadlariga qaratilishi kerak bo’ldi:
1. O’quvchilarning funksiya haqidagi bilimlarini takrorlash, umumlashtirish va sistemalashtirish lozim.
2. O’quvchilarni funksiyani tekshirishning yangi usuli bilan tanishtirish.
3. Funksiyani tekshirishning yangi usulini amaliy masalalar yechishga ko’llanilishini ko’rsatish.
4. O’quvchilarga funksiyani hosila yordamida tekshirish – tabiat qonunlarini o’rganishda qudratli apparat, vosita ekanligini tushuntirish va uning amaliyotdagi tadbiqlarini ko’rsatish.
5. Ushbu metodning o’quvchilar ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdagi imkoniyatlarini aniqlash va ko’rsatish.
Yuqorida keltirilgan maqsad va vazifalarga erishish mumkun, buning uchun pedagog (talaba) matematikadan o’quv dasturining zarur bo’limlarini va DTS talablarini mustaqil tahlil qilib chiqishi kerak.
III. Matematikadan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari darsliklari, o’quv qo’llanmalarini o’rganib tahlil qilish quyidagi savollarga to’liq va to’g’ri javob berishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |