O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti
MATEMATIKA O’QITISH METODIKASIDAN LABORATORIYA MASHG’ULOTLARI
(metodik qo’llanma)
Toshkent - 2009
Mualliflar: Matematika va uni o’qitish metodikasi kafedrasi
dotsentlari: F.X.Saydaliyeva, N.O.Eshpo’latov
Taqrizchilar: Nizomiy nomli TDPUning, fizika-matematika fakulteti, matematika va uni o’qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, Q.Jumaniyozov,
Respublika iqtisodiyotga ixtisoslashgan
310 maktab litsey direktori Yu.Nizomova
Kirish.
Ushbu qo’llanmada matematika o’qitish metodikasi fanidan laboratoriya mashg’ulotlarining mazmuni keltirilgandir.
Laboratoriya mashg’ulotlari uch bo’limga ajratilgandir: Birinchi bo’limda matematikadan o’quv materiyalini mantiqiy matematik taxliliga hamda matematikani o’qitishni tashkiliy masalalariga bag’ishlangan laboratoriya mashg’ulotlari o’z o’rnini topgan. Ikkinchi bo’lim akademik litseylarda matematikani o’qitishni xususiyatlarini ochishga qaratilgan laboratoriya mashg’ulotlari. Uchinchi bo’lim matematikani o’qitishda yangi pedagogik texnalogiyalarning o’rnini ko’rsatuvchi laboratoriya mashg’ulotlariga bag’ishlangandir.
Birinchi bo’lim laboratoriya ishlanmalari 1-10gacha F.X.Saydaliyeva, ikkinchi bo’lim laboratoriya ishlanmalari 11-14gacha N.O.Eshpo’latov, uchinchi bo’lim laboratoriya ishlanmalari 15-19gacha F.X.Saydaliyevalar tomonidan tayyorlangan.
Ushbu qo’llanmadan pedagogika oily o’quv yurtlari, fizika-matematika fakulteti talabalari “Matematika o’qitish metodikasi” kursini o’rganish jarayonida foydalanishlari mumkin.
№1 Laboratoriya mashg’uloti
Mavzu: Matematika darsiga kengaytirilgan reja-konspekt tuzish, o’qituvchilarning darsga tayyorgarligi, darsni taxlil qilish sxemasi.
Maqsad:
Bo’lg’uvsi o’qituvchilarning metodik tayyorgarligini shakllantirish.
Nazariy bilimlar asosida matematika darsining asosiy turlarini ajrata bilishga o’rgatish, darsning maqsadini aniq ko’rsatish ko’nikmasini hosil qilish.
Matematika darsini kuzatishni va taxlil qilishni o’rgatish.
Vositalar:
Umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun Davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlari.
5-6 sinf maktab o’quvchilari uchun matematika darsliklari, reja-konspekt namunalari.
Laboratoriya topshiriqlari.
Asosiy mazmuni
Dars – o’quv jarayonining asosiy tashkiliy turidir.
Dars haqida gap borganda ma’lum vaqt bilan chegaralangan, mantiqan tugatilgan, bus-butun o’quv-tarbiyaviy jarayonning qismi nazarda tutiladi. Unda o’quv-tarbiyaviy jarayonning barcha asosiy elementlari ma’lum munosabatda namoyon bo’ladi, ya’ni maqsad, mazmun, vositalar, metodlar, tashkiliy qismi. Yuqorida qayd etilgan elementlarni dars jarayonini tasniflashga asos qilib olish mumkin.
Asosiy didaktik maqsadga asosan darsni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
Yangi o’quv materialini o’rganish darsi.
Bilim, ko’nikma va malakani takomillashtirish darsi.
Umumlashtiruvchi dars.
Bilim, ko’nikma va malakani nazorat qilish darsi.
Aralash dars. (dars jarayonida ham yangi o’quv material bilan tanishtiriladi, ham mustahkamlanadi)
Darsning turiga qarab uning bosqichlari ham turlicha bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |