1-labaratoriya ishi
Mavzu: Magnit ishga tushirgichlar
Ishdan maqsad: Magnit ishga tushirgichlarni tuzilishi, ishlash prinsipi,ulanish sxemasi,qo’lanilishi haqida tushunchaga ega bo’lish.
Nazariy qisim
Magnitli ishga tushirgich. Elektr dvigatel va boshqa iste'molchilarni elektr tarmog’iga masofadan turib ulab uzadigan, ularni qisqa tutash va o‘ta yuklanish rejimlaridan himoyalaydigan kontaktor, rele va knopkalardan iborat boshqarish apparati magnitli ishga tushirgich deyiladi.
Magnitli ishga tushirgich deb, qiqsa tutashgan rotorli asinxron dvigatelpni (AD) ishga tushirib yuboruvchi kontaktorga aytiladi. Magnit yuritgich tarkibiga, kontaktordan tashqari, AD ni yuklama toki ortib ketishidan va «fazaning yo’qolib qolishi»dan ximoya qilish uchun belgilangan issiqlik relesi ‘am kiradi. AD larning uzoq muddat uzluksiz ishlashi ko’p ji’atdan magnit yuritgichning ishonchli ishlashiga bog’liq. SHuning uchun magnit yuritgichlariga yemirilishga bardoshlilik, kommutatsion qobiliyat, aniq ishlab ketish, yuklama toklari va iste’mol quvvati ortib ketishidan ishonchli ximoya kabilar nuqtai nazaridan yuksak talablar qo’yiladi.
AD manbaga ulanganda uning yuritish paytidagi toki («pusk»paytidagi) nominal tokning 6-7 barobari miqdorida ortib ketadi. Tokning bunday qiymatida kontaktlardagi yengil tebranish xam ularni ishdan chiqarib qo’yishi mumkin. Kontaktlarning tebranish (vibratsiya) vaqtini kamaytirish uchun kontaktlar va xarakatlanuvchi qismlar imkon darajasida yengil qilib yasaladi, xarakat tezligi kamaytiriladi va kontaktlarga bosish kuchi oshiriladi. Ushbu tadbirlarga amal qilish oqibatida kata kommutatsion (elektrik) yemirilishga bardoshlilikka ega bo’lgan (soatiga ulab-uzishlar soni 600 bo’lgani xolda jami 2 . 10 6 operatsiyaga mo’ljallangan) PA va PME seriyadagi magnit yuritgichlar yaratilgan. Tok kuchi 100A gacha bo’lgan yuritgich kontaktlariga kumush yuritiladi, tok kuchi 100A dan ortiq bo’lgan xollar uchun esa kontaktlar kumush va kadmiy oksididan (SOK) iborat kompozitsiyadan tayyorlanadi. Dvigatelni manbadan uzish paytida kontaktlardagi tiklanuvchi kuchlanish manba kuchlanishi bilan dvigatelp e.yu.k. si o’rtasidagi farqqa teng bo’lib, natijada kontaktlarda bor-yo’g’I nominal kuchlanishning 15-20% miqdorida kuchlanish bo’ladi, bu esa dvigatelpni manbadan uzishga yengil sharoit yaratadi. Lekin AD ishlashi davomida amaliyotda shunday xol uchraydiki, dvigtelpni yuritiboq manbadan uzishga to’g’ri keladi, bunday paytda yuritgich dvigatelpni nominal tokning yetti barobar katta miqdorida va nominal kuchlanishga teng bo’lgan tiklanish kuchlanishi miqdorida manbadan uzishiga to’g’ri keladi.
Magnitli ishga tushirgichlar asosan asinxron dvigatellarni ishga tushurish va boshqarish uchun qo’llaniladi. 1- rasmda asinxron dvigatelni magnitli ishga tushirgich (MIT) yordamida boshqarish elektr sxemasi ko‘rsatilgan. Bu MIT uch fazali kontaktorning yordamchi kontaktlari va issiqlik relesi bor.
1-rasm
2-rasm
Agar siz uch fazali motorni magnit starter orqali 220 voltli tarmoq bilan ulamoqchi bo'lsangiz, quyidagi simli sxemaga muvofiq kommutatsiyani amalga oshirishingiz kerak.
Boshqarish panelidagi uchta tugmachadan foydalanib, siz elektr motorining teskari aylanishini tashkil qilishingiz mumkin. Agar siz diqqat bilan qarasangiz, u avvalgi sxemaning ikkita elementidan iboratligini ko'rishingiz mumkin. START bosilganda KM1 kontaktori yoqiladi, KM1 YO'Q kontaktlarni berkitadi, o'z-o'zidan qulflanadi va KM2 KM2 kontaktorini yoqish imkoniyatini yo'qotadi. STOP tugmachasi bosilganda, kontaktlarning zanglashiga olib tashlanadi. Uch fazali qaytib keladigan simlar sxemasining yana bir qiziqarli elementi bu quvvat blokidir.
Nazorat savollari
1. Mаgnitli yutguzgichni sxеmаlаri?
2. Mаgnitli yurgizgichni ishlаsh prinsiplаri?
3. Ishlаtilish sоxаlаri vа tuzilishi?
4. Nimа uchun tаrmоk kuchlаnishi bеxаd kаmаysа vа kuchlаnish yоkоlsа dаigаtеl`ni tаrmоkdаn uzish lоzim ? U kаndаy ijrо еtilаdi ?
Do'stlaringiz bilan baham: |