19-variant
Misningjamiyatmadaniytaraqqiyotidagio‘rniniko‘rsating?
Chorvadorqabilalarmadaniyatixususiyatiniyoriting?
QadimgiSo‘g‘djamiyatiningo‘zigaxosxususiyatiniizohlang?
20-variant
O‘rtaOsiyoning ilk paleolitdavrinitavsiflang?
Nomozgoh II davrimadaniyo‘zgarishlarninimalardaniborat?
Moxenjadaromadaniyati
1 savolga javob
21-variant
Xisormadaniyati
Nomozgoh III davrimanzilgohlari
Ilk temir (Yoz II) davridaqandayyutuqlargaerishilgan?
1.Xisor madaniyati?- madaniyati (mil.avv. V ming yillikning oxiri – III/II ming yillik) Tojikiston va O‘zbekiston respublikalarining janubiy tog‘li hududida tarqalgan neolit davri madaniyati. Tojikistonning g‘arbiy tog‘ oldi hududidan Hisor madaniyatiga oid 100 dan ortiq neolit davri makonlari aniqlagan. Ular doimiy, qisqa mudatli va mavsumiy makonlardan iborat. Hisor madaniyati aholisining doimiy yashaydigan makonlari Kofirnahar va Vaxsh vohasi hamda ularning irmoqlari atrofida joylashgan. Tog‘ oldi hududida qisqa muddatli va mavsumiy makonlar aniqlanib, ular aholining ov mavsumida vaqtincha yashagan kulbasi hisoblanadi.
Hisor madaniyati Norak shahri yaqinida Tutqovul, Dang‘ara atrofidagi Quyi Bulyon va shimoli-g‘arbiy Tojikiston hududidagi Oqtangi makonlarida yaxshi o‘rganilgan.
Bu madaniyatga oid mehnat qurollari asosan qayroqtosh va qisman chaqmoqtoshdan yasalgan. Ulari chopper, yirik uchrindi va qo‘pol ishlanmali plastinkasimon anjomlardan iborat. So‘nggi bosqichda tosh qurolining turi ko‘payib, ularga ishlov berish usuli yanada takomillashadi. Hisor madaniyatiga oid makonlardan ikki tomoni urib ishlangan kamon o‘qining uchi, silliqlangan bolta, kelisop, havvonchalar topilgan.
Hisorliklarning xo‘jaligi dastlab ovchilik va termachilik bo‘lgan. Neolit davrining oxirida xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakli-chorvachilik va dehqonchilikka o‘tgan. Sopol buyumlari mato qolipda, tagi tuxumsimon shaklda yasalgan, sirti silliqlangan. Ayrim sopollarning ichki tomonida mato izlari saqlanib qolgan. Matolar junidan to‘qilgan.
Hisor madaniyatining so‘nggi bosqichiga oid Tutqovul makonidan xonaki hayvonlarining suyagi topib o‘rganilgan. Quyi Bulyon, Kangurttut makonlarida esa o‘troq dehqonchilik xo‘jaligini yuritgan aholining yer ustida barpo etilgan uylari va moddiy ashyolar aniqlangan. Bu yerlar Sopolli madaniyatiga oid o‘troq dehqon jamoasining hududining kengayib borishi natijasida o‘zlashtirilgan.
Demak, neolit davrida Tojikistonning janubi-g‘arbiy qismi va Janubiy O‘zbekistonning tog‘ va tog‘ oldi hududida tarqalgan Hisor madaniyati sohiblari dastlab ovchilik va termachilik orqali hayot kechirib, so‘nggi bosqichida ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka o‘tgan. Bu bosqichda tosh qurolining turi ko‘payib, ularning yasalish usuli takomillashgan. Hisorliklar kulolchilik, to‘qimachilik va toshga ishlov berish kabi sodda hunarmadchilik turlarini yuritgan.
Neolit davrida O‘rta Osiyoning turli tabiiy-geografik sharoitga ega bo‘lgan mahalliy hududida turli madaniyatlar faoliyat yuritgan. Ular xo‘jalik shakllari va moddiy madaniyat xususiyatiga ko‘ra umumiy hamda o‘ziga xos jihati bilan ajralib turgan.Hisor madaniyatini 1948 yil A.P.Okladnikov kashf etgan; asosiy yodgorliklari Tutkovul, Sayyod, Qozi Berdi va boshqa Bu madaniyat davriy jihatdan Oʻzbekistondagi Kal-taminor va Turkmanistondagi Joytun arxeologik madaniyatlari bilan bir vaqtga toʻgʻri keladi
Do'stlaringiz bilan baham: |