2.Nomozgoh III davri manzilgohlari? eneolit va jez davriga oid qishloq harobasi. Jan. Turkmanistonning Kopetdogʻ etaklarida joylashgan, maydoni 70 ga. 1949—52 yillarda prof. B. A. Kuftin boshchiligidagi arxeologlar guruhi qazishmalar olib borgan va butun Oʻrta Osiyo eneolit va jez davriga tegishli arxeologik davriy sistemasi ishlab chiqilgan. 1950-yillarning oʻrtalaridan boshlab yodgorlikni keng koʻlamda oʻrganish ishi bilan V. M. Massoy boshchiligidagi Sankt-Peterburg arxeologlar guruhi shugʻullanib kelgan. N.da madaniy qatlamning qalinligi joylarda 34 m gacha boradi. Namozgoh — 3 davriga kelib, av-valgi sodda qilib ishlangan geometrik naqshli sopollar oʻrnini murakkab, jimjimador nozik gulli sopollar egallaydi. Sopollarga "gilam gulli naqsh" deb yuritilgan bezak berilgan. Hayvon va parrandalarning suratlarini tushirish odati yanada keng tuye oladi. Bu esa urugʻdoshlik jamoasining diniy tasavvurlarini "totemlar" koʻrinishida namoyon boʻlishidan guvoxlik beradi. Eneolit davri xoʻjaligining asosini sugʻorma dehqonchilik va xonaki chorvachilik tashkil etgan. Namozgox, — 2 davridan boshlab sunʼiy suv omborlari qurish boshlanadi
3. Ilk temir (Yoz II) davrida qanday yutuqlarga erishilgan?- Yoztepa yodgorligi shahar shaklidagi yirik manzilgohlarning eng qadimgisidir. Umumiy maydoni 16 ga. dan iborat manzilgoh taraqqiyotining ikkinchi davrida (Yoz II) uning chekkasida, 1 ga. joyda qalinligi 8 m. keladigan tag kursi ustida qal'a-qo‘rg‘on, ya'ni ark qurilgan. Qal'a-qo‘rg‘on atrofida tarqoq joylashgan uy-joy imoratlari qurilib, shahriston shakllangan, ular umumiy mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Yoztepa ilk temir davrining rivojlangan bosqichida Marg‘iyona o‘lkasining markazi aylangan.
Yoztepa manzilgohida qadimgi shahar shakllangan davrda (mil.avv. VII asr) Erkqal'a va Gyaurqal'a yodgorliklari o‘rnida o‘troq dehqonchilik qishlog‘i shakllangan. Mil.avv. I ming yillikning o‘rtalarida manzilgoh rivojlanib, shaharga aylangan. Erkqal'a Ko‘hna Marv shaharning arki, unga tutashgan Gyaurqal'a shahriston qismini tashkil etgan. U Murg‘ob vohasining mil. avv. I ming yillikning ikkinchi yarmidagi yirik shahri bo‘lib, Marg‘iyonaning ma'muriy markazi hisoblangan. Antik davri yozma manbalarida keltirilgan Marg‘iyona Antioxiyasi mana shu shahar o‘rnida faoliyat yuritadi.
Murg‘obning har bir mikrovohasida shahar turidagi yirik manzilgoh atrofida bir necha dehqonchilik qishloqlari joylashgan. Mikrovohalar kichik ma'muriy-hududiy tuzilmani tashkil etgan. Ulardan eng yirigi dastlabki Yoztepa, keyinchalik Ko‘hna Marv manzilgohlari Marg‘iyonaning ma'muriy markazi bo‘lgan.
Voha xo‘jaliginin asosiy tarmog‘i sug‘orma dehqonchilik bo‘lib, sug‘orish inshootlarining izlari saqlanib qolgan. Yoztepa va Aravalitepa manzilgohlari yaqinidan qadimgi ariqning izi aniqlangan. Hozirgi Gatiaqor va Guniyob anhorlari suvidan odamlar ilk temir davrida foydalanishni boshlagan.
Dehqonchilikda asosan dukkakli va poliz ekinlari ekilgan. Bug‘doy, arpa va tariq asosiy ekin hisoblangan. Bog‘dorchilik dehqonchilikning asosiy tarmog‘ini tashkil etgan. Hunarmandchilikda temir, mis va bronzaga ishlov berish, kulolchilik, to‘qimachilik rivojlangan.
22-variant
O`rtaOsiyoningmustedavrimanzilgoxlari
Amirobodmadaniyati
Ilk temirdavritavsifi
Do'stlaringiz bilan baham: |