1-kurs tarixyo`nalishitalabalariuchunArxeologiyavaetnologiyafanidan yakuniynazoratsavollari 1-variant



Download 239,94 Kb.
bet2/71
Sana28.06.2022
Hajmi239,94 Kb.
#715295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
1-58 arxeologiya

2-variant



  1. Moddiy manba nima?

  2. O‘rta Osiyoning ashel davri arxeologiyasi

  3. Obishir madaniyati

tarixiy manbalar — oʻtmishda odamzod qoʻli bilan bunyod etilgan tarixiy jarayon izlarini oʻzida aks ettiruvchi va kishilik jamiyati tarixini oʻrganish imkonini beruvchi hozirgi kungacha saqlangan har qanday osori atiqa, yozma manba, maʼnaviy (til, eʼtiqod, urf-odat) qadriyatlar. M. tarixiy tadqiqotlarning asosiy poydevori hisoblanadi. Ularni keng koʻlamda sinchiklab oʻrganmasdan turib kishilik jamiyatining tadrijiy taraqqiyoti tarixini tahlil qilib boʻlmaydi. M.ning xili nihoyatda koʻp, ammo maʼlum darajada aniq va toʻla maʼlumotlarga ega M. majmuasi cheklangan. Yozuv hali yuzaga kelmagan ibtidoiy jamoa davridan faqat moddiy madaniyat qoldiqlari (turar joy, makon, manzil, mehnat qurollari) saqlangan xolos. Ulardan, asosan, ibtidoiy jamiyat davri hayotini, qisman qad. dunyo va oʻrta ayerlar tarixini tadqiq etishda foydalaniladi.


Ishlab chiqaruvchi xoʻjaliklar (dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik), savdo-sotiq munosabatlari yuzaga kelib rivoj topgan sivilizatsiya davri tarixini oʻrganishda esa yozma manbalar birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Bu davr M.ining soni va sifati kishilik jamiyatining maʼnaviy kamoloti, xususan, yozuv va xatsavodning yuksakligiyu qanchalik tarq-algani va yozma M.ning saqlanish holatiga bogʻliq boʻlgan. Shu boisdan bizning davrimizgacha, ayniqsa, qad. yozma manbalar oz saqlangan boʻlsa, keyingi tarixiy davrlar uchun xos hisoblangan tosh, sopol, qayin poʻstlogʻi, pergament va qogʻozga bitilgan, shuningdek, bosma asarlar keng tarqalgan.
Yozma tarixiy M., shubhasiz, kishilik jamiyatining ijtimoiy va shaxsiy faoliyati natijasida yuzaga kelgan. M. shartli ravishda 8 turkumga boʻlinadi: yozma, ashyoviy, etnografik, lingvistik, toponimik, ogʻzaki (folklor), kino, fono va fotomateriallar. M.ni turkumlarga boʻlish, ularning yuzaga kelishi, tadqiqot qilish, mu-alliflarini aniqlash, haqqoniyligi va toʻlikligini belgilash kabi masalalar bilan manbashunoslik fan i shugʻullanadi.
2 O'rta Osiyo hududi ibtidoiy kishilar tomonidan qachon egallanganligi to’g’risidagi ayrim ilmiy farazlar doirasida fikr yuritish mumkin bo'lgan yodgorliklar o'rganilgan. Ma'lumki, O'rta Osiyoning paleolit davri yodgorliklarini o'rganish ishlari A.P.Okladnikovning o'tgan asrning 30-yillarida olib borgan qidiruv ishlari natijasida Teshiktosh g’or-makonining o'rganilishidan boshlanib, hozirga qadar ko'plab yodgorliklar aniqlangan.
Hozirga qadar O'rta Osiyo hududidan ashel davriga oid yigirmaga yaqin aniqlangan ochiq turdagi joy makonlar va g’or-makonlardan iborat arxeologik yodgorliklar mintaqaning pastekistliklarida, tog’ oldi va tog’li hududlarida joylashgan. Yodgorliklarning aksariyatida stratigrafik qazishmalar amalga oshirilgan, ayrimlarining sirtidan topilgan mazkur davrga oid tosh qurollari bilan mashhur. Ashel davri arxeologik yodgorliklari O'rta Osiyoning barcha hududlarida uchraydi. Xususan, o'tgan asrning 40-yillarida A.P.Okladnikov Turkmaniston Yangaja II, 60-70-yillarida M.R.Qosimov Toshkent vohasi (Ko'lbuloq), U.I.Islomov Farg’ona vodiysi (Selung’ur), V.A.Ranov Janubiy Tojikiston (Qoratov I va Lohutiy I va Guldara) H.A.Altpisbayev Janubiy Qozog’iston (Bo'riqazigan, Tanirqazigan) va yaqin yillarda A.P.Drevyanko rahbarligidagi sibirlik arxeologlar guruhi (Janish va Dostig’) hududlarida olib borilgan tadqiqot ishlari sababli O'rta Osiyoning ashel davri bo'yicha muhim yangi ma'lumotlar to'plangan.
Bu mintaqaning ashel davri yodgorliklari sanasi akademik O’.I.Islomov o'zining oxirgi ilmiy maqolalarida Selungir makoni sanasini mil.avv. 1,5 mln. yilliklar doirasida beligilagan. Lekin, boshqa bir tadqiqotchi olimlar unga e'tiroz bildirgan holda, so'nggi ashelning ilk bosqichlariga oidligini e'tirof etishadi.
O'rta Osiyoning eng qadimgi yodgorliklari orasida arxeolog olim V.A.Ranov tomonidan o'rganilgan Janubiy Tojikiston hududidagi Guldara, Qaratov I va Lohutiy I kabi makonlari muhim o'rin egallab, ular ashel davrining turli bosqichlaridan xabar beradi.
Ulardan eng qadimgisi Obimozor daryo vohasidagi Guldara makoni paleomagnit usulidagi tekshirish natijalariga ko'ra ashel davrining ilk bosqichiga oid. Makonning madaniy qatlamidan olingan tosh qurollarining hajmi ancha kichik. Ular dumoloq shaklli nukleuslar, tosh bo'lakchalari, uchrindilar, qirg’ichlar va sanchqilardan iborat bo'lib, ular qayroqtoshlardan yasalgan.
Ashel davrining keyingi bosqichlariga oid Qaratov I, Lohutiy I va boshqa joy makonlari muhim ahamiyatga ega. Qaratov I yodgorligi Dushanbe shahridan 50 km. janubi-sharqda dengiz sathidan 1125 metr balandlikda joylashgan. Yodgorlikning madaniy qatlamlari yerning tektonik siljishi natijasida soz tuproq tagiga ko'milib ketgan. Madaniy qatlamlaridan qazib olingan tosh qurollarining yasalishi juda sodda bo'lib, nisbatan kam sonli qismi past navdagi chaqmoqtosh va ko'prog’i daryo toshlaridan ishlangan. Ular chopperlar (skrebla, skrebki, prokolki to'qnag’ich) Yodgorlikda termolyuminissent usulidagi tekshirish natijalari asosan mil.avv. 200 ming yilliklar doirasida sanalanishi mumkinligi ta'kidlangan.
Nisbatan rivojlangan madaniyat bosqichiga ega bo'lgan Lohutiy I yodgorligi Obimozor daryosining o'ng irmog’i Hashar daryosi soxilida joylashgan bo'lib, tosh qurollari daryo toshlaridan yasalgan bo'lib, Qaratov I yodgorligidagi tosh qurollarga nisbatan ishlanishi takomillashgan shaklga ega bo'lgan. Nukleuslari gardishsimon va bir maydonchali, bir tomonli. Shuningdek, daryo toshidan qo’pol ishlangan nukleuslar ham mavjud. Tosh qurollarga ishlov berishda qisman levallua texnikasi kuzatiladi. Tishli, o’yiq qilib ishlangan tosh qurollari va chopperlar ham uchraydi. Makonning madaniy qatlamlarini termolyuminissent usuli bo'yicha mutloq tekshirish natijalari uning 120-130 ming yil qadimiylikga egaligini ko'rsatgan.Ochiq turdagi makonlardan Angren shahridan janubi-g’arbda Ko'lbuloq makoni Ohangaron daryosining o'ng irmog’i hisoblanadigan Jarsoyning o'ng tomonidagi soy bo'ylab uzunasiga joylashgan tepalikning qiyalangan joyida shu nomdagi buloq yaqinida joylashgan. Bu hudud Toshkent vohasidagi yirik tog’ tizmalaridan biri hisoblanadigan Chotqol tog’ tizimasining janubi-g’arbiy yon bag’irlarida joylashgan. Arxeologik yodgorlik 1962 yili O.M.Rostovsev tomonidan aniqlangan bo'lib, 2007 yilga qadar ma'lum to'xtalishlar bilan bir necha bor qazishma ishlari olib borilgan. O'tgan asrning 60-80 yillarida M.R.Qosimov, 1994-1994 yillarda O'zR FA Arxeologiya instituti ilmiy rahbarligida (O'.I.Islomov - ekspedisiya ilmiy rahbari, K.A.Kraxmal, B.K.Sayfullayev, N.O.Hushvaqtov) RF FA Arxeologiya instituti Leningrad bo'limi hamkorligida (N.K.Anisyutkin) va 2007-2008 yillarda O'zR FA Arxeologiya instituti, RF FA Sibir bo'limi Arxeologiya va etnografiya instituti va Bryussel san'at va tarix qirollik muzeylari qo'shma ilmiy espedisiyasi (O'zbekiston-Rossiya-Belgiya) tomonidan o'rganilgan.
Amalga oshirilgan qazishma ishlari natijasiga ko'ra 19 metr qalinlikda 49 ta madaniy qatlamlar aniqlanib, ulardan 22 tasi ashel, 24 tasi o'rta paleolit (must’e) va 3 tasi esa so'ngi paleolit davrlariga oid bo'lib, bu yerda ibtidoiy jamoa a'zolari taxminan ashel davrining ўxirgi bosqichlari (mil.avv. 200 ming yilliklar) dan to so'nggi paleolit (mil.avv. 24 ming yilliklar) davriga qadar muntazam hayot kechirganliklaridan habar beruvchi ashyoviy dalillar aniqlangan.
O'rta Osiyoning ashel davri topilmalari orasida Selungir makoni ahamiyati yuqori sanaladi. Yodgorlik Oloy tog’ tizmasidagi qaydarkon degan joyda joylashgan. Dastlab u o'tgan asrning 50-yillarida A.P.Okladnikov tomonidan o'rganilgan bo'lib, so'nggi paleolit davri bilan sanalangan. 80-yillarda arxeolog olim O'.Islomov va 90-yillarda uning shogirdi K.Kraxmallar tomonidan qazishma ishlari davom ettirilgan. qazishma natijalarida yodgorlikning beshta madaniy qatlami aniqlanib, ulardan jami 1417 dona tosh qurollari, shundan 852 ta uchrindi, 306 ta turli tosh qurollari va 38 ta nukleuslar olingan. Shuningdek, hayvon suyaklari bilan birgalikda eng qadimgi odamlarga tegishli suyaklar ham topib o'rganilgan. Suyaklar ibtidoiy odam bosh chanog’ining yuqori qismi, olti dona tish va yelka suyak bo'laklaridan iborat bo'lgan. Hayvon suyaklari topilmalari esa ayiq, bo’ri, yovvoyi cho'chqa, buqa, tur, ot, arhar, bug’u va nasorglarga tegishli bo'lgan.

Download 239,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish