Variant-51
Paleolitdavritasviriysan'ati.
SharqiyKaspiybo‘yiningmezolitdavriarxeologiyasi
Afanasevmadaniyati
Variant-52
Asheldavridavrixo‘jaligivamoddiymadaniyati.
O‘rtaOsiyoningneolitdavriishlabchiqaruvchixo‘jalikshaklidagimadaniyatlari
Bronzadavrixususiyatlari
1
1/1Ashel davri (700 ming-150/120 yillar avval). Bu davr er yuzining ikki muzlik oralig‘i va ikki muzlik davrlariga to‘g‘ri keladi (gyuns-mindel, mindel, mindel-riss va riss). Bu davrda kishilar er yuzining keng hududlarini, xususan butun EvrOsiyoni egallaydi. Ashel davrining ilk bosqichlarida yangi turdagi tosh quroli qo‘l cho‘qmori va kliver paydo bo‘ladi. Ular ancha yirik (uzunligi 35 sm. gacha bo‘lgan). Qo‘l cho‘qmori oval yoki bodomsimon shaklga ega bo‘lib (12-15sm), yuqori qismi keng va pastga tomon torayib, o‘tkir uch hosil qilgan. Arxeologiyada o‘tkir uchli tosh quroliga nisbatan “bifas” atamasi ham ishlatilib, qo‘l cho‘qmorini anglatadi. Qo‘l cho‘qmori juda ko‘p maqsadlara foydalanilgan. Ashel davrining O‘rtalaridan boshlab tosh qurollari levallua (Parij yaqinidagi Levallua-Perre nomidan olingan). Kremenning atrofidagi tabiy qobig‘i uchirib olingandan so‘ng gardishsimon (toshbaqa po‘stiga o‘xshash) shakldagi nukleus hosil bo‘ladi. Undan mehnat quroli yasash uchun tosh bo‘lakchasi ko‘chirib olinadi. Toshlarga ishlov berishning bunday usuli levallua texnikasi, deb ataladi. Levallua texnikasi muste davrida rivojlanadi va ayrim janubiy o‘lkalarda so‘nggi paleolit davrida ham saqlanib qoladi. Levallua texnikasiga asoslangan nukleuslarning konturi ilgarigiga nisbatan to‘g‘ri yoki tekis bo‘lgan. Undan tomonlari to‘g‘ri va yupqa tosh bo‘laklari uchirib olish mumkin bo‘lgan. Levallua texnikasi paydo bo‘lib so‘ng tosh qurollari turi ko‘payadi. Odamlar qulay, o‘tkir tosh qurollariga ega bo‘lib, ular engillik tug‘dirdi. Nukleusdan uchirib olingan tosh bo‘laklari retushlangan. Retushlash deganda tosh qurollariga ko‘chirib olingandan keyingi ishlov berish jarayoni tushuniladi. Ko‘chirib olingan yupqa bo‘lakchasining suyak, yog‘och va ayrim hollarda toshlar yordamida mayda zarba berish bilan o‘tkirlanadi. Retushlash ashel davrida paydo bo‘ladi. Keyinchalik otjimli retushlash vujudga keladi. YOg‘ochdan yasalgan mehnat qurollarining bizgacha kam sonli namunalari saqlanib qolgan. Ularning namunalaridan biri Ispaniyaning Torralba manzilgohidan topib o‘rganilgan. U uloqtirish va kovlash maqsadlarida foydalanilgan. Angliyadagi Klekton makonidan tissa novdasidan yasalgan nayza topilgan. Laringen (Germaniya) makonidan o‘ldirilgan fil qovurg‘alari orasidan uzunligi 215 sm. uzunlikdagi tissa navdasidan yasalgan nayza aniqlangan. Ashel davri uchun bir necha turdagi makonlar xos. Ular bir necha qalin madaniy qatlamlardan iborat ochiq joy va g‘or makon, ov jarayonida yashagan qisqa muddatli. Odamlar doimiy yashashlari uchun mo‘ljallangan chaylalardan iborat sun’iy boshpanalar g‘or makonlarda ham va ochiq joy makonlarda ham mavjud bo‘lgan. Qadimgi odamlar odatda g‘orning ichkari qismida yashashmagan. G‘orlarning ichkari qismi odatda ham, sovuq va olov yoqishi uchun noqulay bo‘lgan. SHuning uchun g‘orning kirish joyida yoki g‘orning qor va yomg‘irdan to‘sadigan shipining tagi qismida yashashgan. Ayrim hollarda g‘orning old qismida yog‘och va yirik hayvon suyaklari asosida atrofidagilar bilan qoplangan chaylalarda yashashgan. Ularning qoldiqlari Tera Amalta, Lazaret g‘ori, (Fransiya) va Azix g‘ori (Ozarbayjon) lardan topilgan. Ularning ayrimlaridan o‘choq izlari aniqlangan. G‘orlarda olovda odamlar nafaqat yashash balki yovvoyi hayvonlardan saqlanish maqsadlarida ham foydalanilgan. Ashel davriga kelib, odamzod er yuzining keng hududi bo‘ylab tarqala boshlaydi. Bu davrga oid yodgorliklar Atlantika okeanidan sharqda Tinch, janubda Hind okeanigacha bo‘lgan hududlarda tarqalgan bo‘lib, ularning quyi sanasi mil. avv. 700 ming yilliklar bilan sanalangan.
Ashel davriga oid Torralba (Ispaniya), Ambrone yodgorliklarida yashagan qadimgi aholining asosiy ov ob’ekti asosan o‘rmon fili, qisman yovvoyi ot, kamchilik holatlarda bug‘u, qora mol, va nosorglardan iborat bo‘lgan. Aynan fil go‘shti mazkur davr ibtidoiy odamlari kudalik oziq-ovqatining 5/4 qismini tashkil etgan. YOdgorliklardan topib o‘rganilgan suyaklarning guvohlik berishicha o‘lja asosan yosh fil yoki uning bolalaridan iborat bo‘lgan. O‘lja ov qilingan joyda
O‘rta Osiyo hududida ham ashel davriga oid o‘ndan ortiq makonlarda arxeologik qazish ishlari amalga oshirilgan. Ulardan Selengur (Farg‘ona vodiysi), Ko‘lbuloq (Toshkent), Qoratov I va Lohutiy I (Janubiy Tojikiston), Janish va Dostiq (Janubiy Qozag‘iston) kabi yodgorliklar muhim ahamiyatga ega. Ularning sanasi mutlaq davrlashtirish asosida mil.av. 700-200/150 ming yilliklar doirasida sanalanadi. Seleng‘ur makonida Ikkalasidan ham toshqotishmadan yasalgan mehnat qurollari topilsada, Lohutiy I nisbatan ancha rivojlangan madaniyatga ega. Hozirgi kunga kadar O‘rta Osiyo hududidan ashel davrga oid yigirmaga yakin osik turdagi va g‘or-makonlar aniklanib ularning ko‘piligida arxeologik kazish ishlari olib borilmokda.
2
2/2Neolit - (yunoncha neos, litos-tosh) o‘zoq davom tosh asrining so‘nggi bosqichi. Neolit atamasini 1865 yilda ingliz arxeologi Lebbok taklifi bilan kiritilgan. Neolit boshlanishining asosiy alomatlaridan biri odamzod hayvonlarni qo‘lga o‘rgatish va o‘simliklarni madaniylashtirishga o‘tishning boshlanishi. Bu jarayon YAqin SHarq hududida mil. av. VIII-VII ming yilliklarda (hatto Janubi-g‘arbiy Osiyoda ayrim olimlarning fikriga ko‘ra bundan ham ilgariroq) boshlanib, neolitning keyingi bosqichlarida ishlab chiqaruvchi xo‘jalik – dehqonchilik va chorvachilik shakllarining to‘liq qaror topishi bilan yakunlanadi. SHimoliy mintaqalar hududlarida esa iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, xo‘jalikning o‘zlashtiruvchi shakli uzoq davr mobaynida saqlanib qoladi. SHu nuqtai nazardan neolit er yuzining turli joylarida tuli davrlarda kechganligi kuzatiladi. Tabiiy sharoiti qulay bo‘lgan o‘lkalarning neolit davri xususiyatlari mil. av.VIII-VII ming yilliklarda namoyon bo‘lsa, boshqa hududlarda bu jarayon mil.av. III/II ming yilliklarda ham davom etadi.
Neolit davri er yuzining barcha hududlarida ma’lum bir davrda kechmamagan. Osiyoning issiq iqlimga ega bo‘lgan o‘lkalarida Neolit davrida iqlim sharoitihozirgiga nisbatan ancha yaqin bo‘lib, kishilar er yuzi bo‘ylab keng tarqala boshlagan. Tabiiy geografik jihatdan qulay va issiq iqlimli o‘lkalarda kishilar xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakliga o‘tib o‘troqlasha boshlagan bo‘lsalar, shimol aholisi esa tabiiy sharoitning noqulayligi tufayli orqada qolib ketgan. Oʻrta Osiyoning jan. hududlarida oʻtroq dehqonchilik va chorvachilik qaror topib, ishlab chiqaruvchi xoʻjalik shakllanayotgan zamonda, uning shim. va sharqiy qismida joylashgan keng dashtliklar va togʻliklarda ovchi va baliqchi, ovchi va termachi qabilalari yashardilar. Miloddan avvalgi 5—3 ming yilliklarda Amudaryo, Sirdaryo va Zaraf-shon xavzalari va ulardan shim.da yashagan ovchibaliqchi qabilalarning turar joy krldiklari dastlab qad. Xorazm yerlarida topib oʻrganildi. Bu yodgorliklar fanda Kaltaminor madaniyati no-mini olgan. Jonbos 4 yodgorligidan ul-kan chayla qoldiklari kavlab ochilgan. Uningmayd. 300 kv.m gateng . Unda 100— 120 nafarli urugʻ jamoasining baliqchiovchilari istiqomat qilgan. Qayd etilgan yogʻoch va qamish qoldiqlariga qaraganda chayla koʻp ustunli, yapaloq-roq shaklda boʻlib, tomi qamish bilan yopilgan. Unda bitta katta va uning at-rofida 20 dan ortiq maydaroq oʻchoq oʻrinlari qayd etilgan. Oʻchokdar gir-didan va chayladan baliq, toʻngʻiz, jay-ran, bugʻu, qush suyaklari, tuxum poʻchoqlari hamda tosh qurollar, sopol parchalari topilgan.
3 3/3Bronza asri metalchilik taraqqiyotining yangi bosqichga ko‘tarilishi va kishilik jamiyati taraqqiyoti yangi davrining almashinuvi bilan belgilanadi. O‘rta Osiyoda bronza davri nafaqat bronza qotishmasining paydo bo‘lishi, balki mehnat qurollari hamda bronza qurol-yarog‘larining paydo bo‘lishi va keng tarqalishi shu bilan birgalikda boshqa qator belgilar: patriarxal munosabatlarning qaror topishi, chorvador qabilalarning ajralib chiqishi, Qadimgi sivilizatsiyaning shakllanishi mulkiy tengsizlikning paydo bo‘lishi, qabilalar O‘rtasida madaniy-iqtisodiy aloqalarning kuchayishi bilan belgilanadi. Ammo, tarixiy taraqqiyot O‘rta Osiyoning barcha hududlarida birdek kechmagan, janubiy hududlarga nisbatan shimoliy hududlar xususan cho‘l zonalar ancha orqada qolib ketgan. Xo‘jalikning aynan dehqonchilik yoki chorvachilik shakli bilan shug‘ullanuvchi aholi to‘plangan hududlar paydo bo‘ladi. Buning natijasida bir-biridan farqlanuvchi iqtisod vujudga keladi. O‘rta Osiyoning janubiy hududlarida yuqori darajada rivojlangan dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi aholi yashasa, shimoliy va SHarqiy hududlarda esa andronova madaniyati degan umumiy nomga ega bo‘lgan chorvador qabilalar yashagab, ular xo‘jalik va madaniyat shakllariga ko‘ra bir-birlaridan keskin farq qilgan. Ular doimiy aloqada bo‘lishgan.
SHunday qilib, Turkmanistonning janubiy hududlarida dehqonchilik yuqori darajada taraqqiy etgan. Bu erda bronza asri mil. av. III-II ming yillarga to‘g‘ri keladi. Bu hududda bronzaga ishlov berish texnikasi rivojlanadi, sug‘orish tizimi rivojlanadi, ketmon dehqonchiligi o‘rnini hayvonlarga omoch qo‘shilgan haydama dehqonchilik egallaydi. Qadimgi shahar madaniyati shakllanadi, mahalliy boshqaruv apparati vujudga keladi, metallarga ishlov berish. kulolchilik, toshni qayta ishlash, to‘qimachilik, qurilish ishlari rivojlanib, ularning ixtisoslashuvi jarayoni kuchayadi. Monumental me’morchilik qaror topadi, kulolchilik yanada rivojlanib, ularga bezak berish texnikasi murakkablashib boradi. Terrakotik haykalchalar, zargarlik ishlariga e’tibor kuchayadi.
Janubiy Turkmanistonda bronza davri madaniyati Anov III bosqichi bilan belgilanib, ilk bosichiga (Nomozgoh IV - mil. av. 2750-2300 yy), O‘rta bosqichiga (Nomozgoh V - 2300-1850 yy) va so‘nggi bosqichiga (Nomozgoh VI - mil. av. 1850-1100) komplekslari kiradi. Bu hududda bronza davrigaoid yirik (50 ga, mas. Nomozg Bronza davrining xo‘jalik sohasida erishgan eng katta yutuqlaridan biri qadimgi dehqonchilikning keng yoyilishi va mil. avv. II ming yillikda chorvachilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishidir. Metall qurollar qadimgi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni tezlashtirgani tufayli O‘rta Osiyo dasht va tog‘ oldi hududlarida yashagan aholi boshqa aholidan (dehqonlardan) ajralib chiqadi va asosan chorvachilik bilan mashg‘ul bo‘ladi. Bu tarixiy jarayon - kishilik jamiyati taraqqiyotidagi dastlabki yirik mehnat taqsimoti edi.
Bu davr manzilgohlarini o‘rganib, bu davrda ikki xil madaniyat hukm surgan deyish mumkin. Birinchisi - qadimgi qabilalar dehqonchilik uchun qulay yerlarga joylashib yuksak dehqonchilik madaniyatini yaratgan bo‘lsalar, ikkinchisi - xuddi birinchi madaniyat sohiblari darajasida ishlab chiqaruvchi kuchlarga ega bo‘lgan holda dasht va tog‘ oldi yaylovlarda chorvachilik madaniyatini yaratganlar.
Bronza davri O‘rta Osiyoning ijtimoiy tuzumida ham o‘zgarishlar sodir bo‘lib o‘tdi. Urug‘chilik tuzumi bu davrda ham davom etdi. Ammo, bu davrda ona urug‘ining mavqei yo‘qolib bordi. Metall eritish va xo‘jalikning rivojlanishi natijasida jamiyatda erkaklar mehnat va mavqei birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lib bordi. Natijada jamiyat taraqqiyotida, dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik va hunarmandchilikning rivojlanishida erkaklar yetakchilik qiladilar. Xotinlar erkaklar ishlab chiqargan narsalarni iste’mol qilishda ishtirok etsalar ham, unga egalik qilishdan mahrum bo‘ladilar. Ishlab chiqarishda hukmronlik qilish shu tariqa erkaklar qo‘liga o‘tadi va ona urug‘i tuzumi o‘rnini ota urug‘i (patriarxat) tuzumi egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |