Elektron sahifalar internet uchun juda qulay hisoblanadi. Chunki u juda ham oz joy egallaydi va ranglar uyg‘unligini o‘zida aks ettira olishi hamda yuqori sifatga ega bo‘lishi bilan internetdan foydalanuvchini o‘ziga rom eta oladi.
Elektron sahifa yaratishning juda ko‘p usullari mavjud. Ularga misol tariqasida Java dasturlash tili, FrontPage muharriri, Office dasturlar paketining Word, Excel, PowerPoint dasturlari va boshqa yana ko‘plab dasturlarni keltirish mumkin.
Java tili bizga ma’lum dasturlash tillari (C, C++) ga o‘hshab qurilgan, ya’ni uning ham o‘z ob’ektlari mavjud. Java ayniqsa, qidirish imkoniyatini kuchaytirishni amalga oshiruvchi axborot serverlar yaratishda keng qo‘lanilmoqda. Foydalanuvchi kompyuterida uning ishlatilishi har safar kod sahifasini kiritish bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham u mijoz kompyuterda ishlatilishi qiyinroq kechish hollari uchraydi.
Foydalanuvchi kompyuterida ishlash uchun mo‘ljallangan Java da yozilgan dasturlarga Java Applet deb ataladi. Ular axborot serverining maxsus kataloglarida saqlanadi. Dizayner HTML hujjatga murojaat qilishni qo‘shadi. Foydalanuvchi ushbu Applet ni kompyuterga yuklaganda brauzer dastur uni topadi va uni mijoz kompyuterga yuklaydi. Shundan so‘ng bu dastur foydalanuvchi kompyuterida ishlay boshlaydi. Shunday qilib Java Applet quyidagi sxema bo‘yicha ishlaydi:
maxsus kodlarga ega bo‘lgan dasturga ega bo‘lishi;
HTML hujjatda bu dastur tasviri mavjud bo‘lishi;
dastur mijoz kompyuterga hujjat matni bilan birgalikda joylashishi;
brauzer bu dasturni ishga tushirishi va kerakli effektni amalga oshirishi;
Java ning bu tarzda ishlashini ta’minlash foydalanuvchidan, albatta, ushbu sohaga oid ma’lum bilimni talab qiladi.
JAVA SCRIPT – bu dasturlash texnologiyasi bo‘lib, HTML hujjatlarni yaratishda ishlatiladi. Unda makrobuyruq texnologiyasi, ya’ni bir necha buyruqni bir makrobuyruq shaklida tasvirlash keng qo‘llanilgan. Bu makrobuyruq matnlari maxsus qoidalar asosida yozilib, u HTML hujjatga kiritiladi. HTML hujjatga murojaat qilishda brauzer uni topib, sharxlaydi va unda keltirilgan buyruqlarni bajaradi. Java Script dagi dasturlarning afzalligi uning informatsiya serverlaridan va brauzer dasturlaridan nazariy bog‘liqsizligidir. Foydalanuvchi o‘z sahifasida dastur kodini ko‘rsatib, ihtiyoriy operatsion tizimda uning bajarilishiga umid qilishi mumkin. Java Script ning boshqa versiyalari mavjud bo‘lgani uchun, odatda, tegida uni HTMLning Java Script kiritilgan joyda quyidagicha ko‘rsatiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |