Mashinasozlik



Download 0,9 Mb.
bet1/3
Sana10.02.2017
Hajmi0,9 Mb.
#2238
  1   2   3
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI

MASHINASOZLIK” FAKULTETI

YER USTI TRANSPORT TIZIMLARI” KAFEDRASI

OLIY TA'LIMNING


5521200- "Transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash”

yo’nalishi talabalari uchun

TRANSPORT VOSITALARI DETALLARINI ISH

QOBILIYATINI QAYTA TIKLASH TEXNOLOGIYASI”

fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun




USLUBIY KO’RSATMA
Andijon – 2013

TASDIQLAYMAN

Andijon mashinasozlik instituti

O’quv-uslubiy kengashida ko’rib chiqilgan va ma’qullangan

Kengash raisi ________________________ Q.Ermatov

“_____”_________________2013y.


MA’QULLANGAN

„Mashinasozlik“ fakulteti

Kengashida muhokama qilingan va ma’qullangan

Kengash raisi________________________ N.Xalilov

“_____”_________________2013y.
TAVSIYA ETILGAN

“Yer usti transport tizimlari” kafedrasi

Majlisida muhokama qilingan va tavsiya etilgan

Kafedra mudiri________________________ N.Ikromov

(kafedra majlisining_____-sonli bayonnomasi)

“_____”_________________2013y.



Taqrizchilar:

1. AndMI “YeUTT” kafedrasi t.f.n., dots. I.Z.Nosirov

2.“MJTXK va UE” kafedrasi mudiri, t.f.n., dots. P.Radjiboyev

Tuzuvchilar: t.f.n.dos. K.Qosimov

assistent J.M.Usmonov


“Transport vositalari detallarini ish qobiliyatini qayta tiklash texnologiyasi”

fani.-L...:And.M.I.I.,200__y

Ushbu uslubiy ko’rsatma 5521200-«Transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash» bakalavr yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan. U Davlat ta’lim standarti asosida tayyorlangan namunaviy va ishchi dasturiga mos qilib tayyorlangan. Unda “Transport vositalari detallarini ish qobiliyatini qayta tiklash texnologiyasi” faniga oid avtomobillar detallarini qayta tiklash texnologiyasi jarayonlarini o’rganish «GM Uzbekiston» zavodi misolida keng yoritilgan.
MUNDARIJA

Kirish……………………………………………………………….

Lobarotoriya ishi № 1………………………………………………...

Lobarotoriya ishi № 2………………………………………………...

Lobarotoriya ishi № 3…………………………………………………

Lobarotoriya ishi № 4…………………………………………………

Lobarotoriya ishi № 5………………………………………………….

Lobarotoriya ishi № 6………………………………………………….

Lobarotoriya ishi № 7………………………………………………….

Lobarotoriya ishi № 8………………………………………………….

Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………

K I R I SH
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov Vazirlar Maxkamasida 2006 yil yakunlari hamda joriy yildagi vazifalariga bag’ishlangan 2007 yildagi majlisida qo’ygan muammolarni, ya’ni "Respublikamiz qishloq xo’jaligi uchun yagona texnika siyosatini ishlab chiqish, yangi texnika va texnologiyalar yaratish masalasini xal etish hozirgi bozor iqtisodiyoti davrida umuman Respublikamiz kelajagi uchun eng dolzarb masala hisoblanadi.

Xozirgi zamon taqozosi va texnika taraqqiyoti natijasida texnikalar takomillashmoqda, lekin shu bilan birga ancha murakkablashib ham bormoqda, shu sababli texnikadan samarali foydalanish uchun servis (texnikaviy) xizmat ko’rsatish va ta’mirlashning qudratli bazasi zarurdir.

Resurslarni tejashning eng muxim zaxiralaridan biri mashinalarning yeyilgan detallarining ish qobilyatini tiklash bo’lib, bu ish uchun yangi detallar tayyorlash bilan taqqoslaganda 5-6 barobar kam texnologik operasiyalar talab etiladi. Turli manbalardan olingan ma’lumotlarga qaraganda detallarning 85 foizgachasi ularning ish yuzasi ko’pi bilan 0.3 mm gacha yeyilganda tiklanadi, ya’ni tiklash jaroyonida uncha katta bo’lmagan qalinlikda qatlam qoplanadi.

Yeyilgan detallarni tiklash o’zaro bo’g’liq bir nechta masalalarni xal etishga imkon beradi: zaxira qismlar tanqisligi kamayadi, metal va boshqa materiallar tejaladi, mashinalarni ta’mirlash tannarxi kamayadi.

Mashina-traktor parkiga yuqori sifatli servis (texnikaviy) xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha amalga oshiriladigan hilma-xil tadbirlar kompleksi malakali kadrlarni muxandis mexaniklarni ko’plab tayyorlashni talab etadi. Shu munosabat bilan kafedramiz jamoasi talabalarga xar tomonlama sifatli dars o’tish maqsadida ushbu laboratoriya mashg’ulotlari to’plamini taqdim etadi.

Laboratoriya ishi №1

Mavzu:Dvigatel silindr (gilza) larini nuqsonlarini aniqlash.
1. ISHNING MAQSADI:
Dvigatel gilzalarini, silindrlarini ishchi yuzalarini nuqsonlarni o’rganish, nuqson sabablarini o’rganish va saralash ishlarini bajarish.
2. MASHG’ULOT UCHUN TOPSHIRIQ.
2.1. Ish joyi bilan tanishish.

2.2. Yeyilgan silindrlarni o’lchash va shu asosida saralash.


3. ISH JOYIDAGI KERAKLI JIHOZLAR.
3.1. Saralash va o’lchash ishlari olib borish uchun turli markadagi dvigatel silindrlaridan namunalar ;

3.2.O’lchov asboblari indikatorlar, nutrometr, shtangensirkul.

3.3.O’lchov ishlarini olib borish uchun taglik.

3.4. Silindrlar quyish uchun moslama.


4. ISHNING MAZMUNI VA BAJARISH TARTIBI.
4.1. Silindrlarning yeyilishi. silindrlarda uchraydigan asosiy nuqsonlar ish sirtining yeyilishi va zanglashi, unda chiziqlar va sidirilishlar paydo bo’lishidir. Silindrning ish sirti balandligi bo’ylab ham, diametri bo’ylab ham bir me’yorda yeyilmaydi. Yeyilgan silindrning shakli balandlik bo’ylab og’ma konusga, diametri bo’ylab esa ovalga o’xshab ketadi. Porshenning yuqori chekka nuqtasidagi vaziyatda ustki bosim hosil qiluvchi xalqaning tegib turadigan joyi eng ko’p yeyiladi.

Silindrning balandligi bo’ylab bir me’yorda yeyilmasligiga sabab ish jarayonida xalqalar pastga xarakatlanayotganda va siqish taktida yuqoriga xarakatlanayotganda xalqalar orasida gazlar bosimining o’zgarishidir. Pastki va yuqorigi chekka nuqtalar porshen xarakat yo’nalishining o’zgarishi moy qatlamining uzilishiga va yarim suyuqlikni va xatto chegaraviy ishqalanishning vujudga kelishiga sabab bo’ladi. Silindrning yuqori qismida yuqori xarorat hosil bo’lib, ishqalanish yanada murakkablashadi, buning natijasida qisman moy kuyadi, moy qatlami yuvilib ketadi va zanglash vujudga keladi.

Silindr sirtining tirsakli val o’qidan o’tuvchi tekislikda yotuvchi qismi aylana shaklida yeyiladi. Bunga sabab dvigatel ishlab turgan paytda detallarning, xususan tirsakli valning deformatsiyalanishi detallarning chetlanishlar chegarasida aniq tayyorlanmasligi va aniq yig’ilmasligidir (tirsakli val o’zak va shatun bo’yni o’qiga nisbatan paralelmasligi va x.k). Silindrlarning ish sirtidagi chiziq va sidirilishlar silindrga moy va xavo bilan birga tushib qoluvchi abraziv zarrachalar tahsiri natijasida paydo bo’ladi. Porshen barmog’i bo’shab qolsa, silindrning ish sirtida yirik sidirilishlar paydo bo’lishi mumkin. Porshen xalqalari uzoq vaqt turib qolsa, juda ko’p chiziq va sidirilishlar hosil bo’ladi. Moy filtri va havo tazalagichga yaxshilab qarab turish yo’li bilan abraziv yeyilishni kamaytirish mumkin.

Silindrlarning qanchalik yeyilishi indikatorli nutromer bilan o’lchanadi. Masalan, traktor dvigatellarining gilzalarida yuqori poyasda, gilzaning yuqori qirrasidan 30-35 mm masofada o’lchanadi.

4.2. Silindrni tekshirish. Dvigatellarni silindrlari yoki gilzalari balandligi bo’yicha konussimon yeyiladi, aylanma bo’yicha esa tuxum shaklida yeyilishi silindrni geometrik o’qiga mos kelmaydi. Silindrni konusligi (gilza) olinib aylanasi sxemada ko’rsatilgandek 8 bo’lakka ajratib chiziladi. Silindrni balandligi bo’yicha jadval yordamida 15,30,60,90, 140 va 200 nisbatda bo’linadi.


2 4 I

1 8

3 2 7 3 I


3 6

4 5


4 2 I
1 I

Rasm 4. Silindrni bo’laklarga ajratib chizish.


Ko’rsatilgan xar bir chuqurlikda tirsakli valni o’qiga, ya’ni I-I kesimda va shatunning xarakat bo’yicha ya’ni III-III kesimda silindrni diametri o’lchanadi.
5. OLINGAN NATIJALAR.

3-jadval


Dvigatelni sildindrlarini o’lchash natijalari.

Gilzani balandligi bo’yicha bo’linishi

O’lchash turi



O’lchash natijalari, mm.

1

2

3

4


15

Tirsakli valning o’qi bo’yicha (1-1). Shatunning xarakati bo’yicha (3-3) farqi ( ovalnost )













30

Tirsakli valning o’qi bo’yicha ( 1-1).Shatunning xarakati bo’yicha (3-3) farqi ( ovalnost )













60

Tirsakli valning o’qi bo’yicha ( 1-1) Shatunning xarakati bo’yicha ( 3-3) farqi ( ovalnost )













90

Tirsakli valning o’qi bo’yicha (1-1). Shatunning xarakati bo’yicha ( 3-3) farqi ( ovalnost )













140

Tirsakli valning o’qi bo’yicha ( 1-1). Shatunning xarakati o’qi bo’yicha ( 3-3 ) farqi (ovalnost )













200

Tirsakli valning o’qi bo’yicha (1-1). Shatunning xarakati o’qi bo’yicha ( 3-3)













Silindrlarkonusligi

Tirsakli val o’qi bo’yicha ( 1-1). Shatunning xarakati bo’yicha ( 3-3).












Konuslik quyidagicha hisoblanadi.



bu yerda: D-15 chuqurlikdagi o’lcham ;

d- 200 chuqurlikdagi o’lcham ;
Silindrdagi yeyilishi epyurasini chizish kerak. Kesim epyurasini chizish uchun silindrni 30 va 90 chuqurlikdagi sxemada ko’rsatilgan 2-2; 4-4 qolgan kesimlari o’lchaniladi. So’ng 1-1; 2-2; 3-3; 4-4 o’lchamlarini qo’yib kesimni yeyilish epyurasini chiziladi. Silindrni yeyilishidan hosil bo’lgan konusini epyurasini chizish uchun vertikal chizilgan o’qiga 15,30,60,90,140 va 200 pog’onalarda olingan kesim ( diametr) o’lchamlarini qo’yiladi.
6.X U L O S A
Olingan natijalar asosida fikrlaringizni yozing
7.TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR
1. Silindrlar qanday yeyiladi.

2. Yeyilgan yuzalar qanday aniqlanadi.

3. O’lchash marshrutlari qanday.

4. Qanday asboblarni bilasiz.


Laboratoriya ishi № 2

Mavzu:Dvigatel silindr ( gilza) larini tiklash texnologiyasini o’rganish.
1.ISHNING MAQSADI.
Blok silindrlarini buzuqliklarini aniqlash uslubini o’zlashtirish va tiklash texnologiyasini o’rganish.
2.MASHG’ULOT UCHUN TOPSHIRIQLAR.
2.1.Ish joyidagi jihozlar bilan tanishish:

2.2.Silindrlarni ruxsat etilgan va chegaraviy o’lchamlarini, shaklini egallagan joyini va ko’zga tashlanadigan buzuqliklarini o’rganish:

2.3.Ta’mirda turgan silindlarni va blok silindrlarni defektovka qilish va kartasini to’ldirish ;

2.4. Ta’mirlash texnologiyasi va turlarini o’rganish.


3.ISH JOYIDAGI KERAKLI JIXOZLAR.


Tekshirilgan blok silindrlari, gilza silindri, mikrometrlar, shtangentsirkul, indikatorli nutromerlar, tekshiriladigan plita, gidravlik sinash uchun stend KP-0406 markali.
4.ISHNING MAZMUNI VA BAJARISH TARTIBI.
Silindrlarni ta’mirlash usullari: ta’mir o’lchamlari. Silindrlar belgilangan : ta’mir o’lchamigacha yo’nib kengaytiriladi, so’ngra ularga xoninglab yoki shilifovkalab ishlov beriladi. Gilzasi almashtirib qo’yilmaydigan dvigatellarning silinrlari barcha o’lchamlaridan foydalanib bo’lgandan so’ng,(silindr diametri 1,5mm ga kattalashgandan so’ng) qayta ta’mirga berilib, gilzalar tiklanadi, so’ngra ishlov berib normal o’lchamga keltiriladi . Shundan so’ng, ularni ta’mirlashning siklini takrorlash, bunda porshenlarning ta’mir o’lchamlaridan birin-ketin foydalanish mumkin.

Silindrlar (gilzalar) vertikal olmos yo’nish stanoklarida VK-2 yoki VK-3M markali qattiq qorishmadan qilingan plastinkali kesgichlar bilan yo’nib kengaytiriladi. Avtomobil dvigatellarining silindrlari bloki usti tekisligiga o’rnatiladigan ko’chma yo’nish stanoklarida ham yo’nib kengaytirilishi mumkin.

Avtomobil dvigatellari (yurgizib yuborish dvigatellari) bloklarini yo’nib kengaytirishda silindrlar o’qlari orasida masofa saqlanadi va o’qiga nisbatan perpendikulyar vaziyatiga rioya qilinadi. Moy karterining silindrlar blokiga tutashadigan sirti va silindrning ustki chetidan olingan faska, shuningdek, silindrning yuqori qismidagi yeyilmagan qismi blokni o’rnatishda ba’zan sir vazifasini o’taydi. Silidrlar gilzalarini yo’nib kengaytiradigan baza sifatida ustki va pastki o’tkazish oyaschalari olinadi. Gilgzalarni yo’nib kengaytirishda o’lchamiga yetkazish (xoninglash) uchun 0,06-0,12mm (avtomobil dvigatellarining silindarlari uchun 0,04-0,10mm) orasida quyim qoldiriladi. Silindrlarni aniq o’lchamga yetkazish va abraziv bruschalar bilan yupka qirindilar olib, silliq sirt hosil qilish xoninglash deyiladi.

Silindrlar vertikal xoninglash stanogida, bunday stanoklar bo’lmaganda esa vertikal parmalash stanoklarida o’lchamiga yetkaziladi. Abraziv bruschalar mahsus kallakka mahkamlab qo’yiladi. Kallak stanok shpindeli bilan sharnirli biriktiriladigan hamda undan aylanma va ilgarlama-qaytma xarakat oladi.

Silindrlarga to’g’ri geometrik shakl berish uchun abraziv bruschalar xoninglash vaqtida silindrning ikki tomoniga taxminan uzunliklarining 1/5-1/3 qismiga chiqib turishi lozim. Bruschalar silindrdan juda chiqib tursa, u "kor set " shaklini, yetarlicha chiqib turmasa, (qoplash, p) silindr burchaksimon shaklini oladi. Xoninglash paytida silindr ichiga uzliksiz ravishda sotuvchi suyuqlik (kerosin yoki 80-90% li kerosin bilan mashina moyi yoki urchuk moyi aralashmasi) berib turiladi. Suyuqlik silindr devorlarini sovitibgina qolmay , ulardan va bruschalardan abraziv zarrachalar hamda mayda qirindilarni ham yuvib turadi.

Mexnat unumdorligini oshirish va sirtning tozaligini ta’minlash uchun o’lchamga yetkazishni ikki operatsiyaga bo’lib, ya’ni yuzaki va uzil-kesil xoninglab olib borish tavsiya qilinadi. Yuzaki xoninglashda yirik donli abraziv bruschalardan foydalaniladi va kallak sekin aylantiriladi.Uzil-kesil xoninglash uchun 0,01-0,03 mm qo’yim qoldiriladi. Yuzaki xoninglash uchun donadorligi 80-150 va qattiqligi SM2-SK-K bo’lgan bruschalar qo’llaniladi.

Silindrlar faqat yo’nib kengaytirilganda yoki silliklangandan keyingina xoniglanmaydi. Agar traktor dvigatelining remont qilinadigan gilzasining ichki diametri nominal o’lchamdan 0,15mm dan ko’p farq qilmasa, uni yo’nib kengaytirib o’tirmay, nominal o’lchamdan 0,20mm kattalashtirilgan birinchi remont o’lchamigacha xoninglanadi.

Gilzaning xoninglangan ichki diametri o’lcham uchun belgilangan dopusk oralig’ida bo’lishi lozim. Gilzaning avvalgi va konusli ko’pi bilan 0,03mm bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Silindr sirtining tozaligi etalonlariga solishtirib ko’rish yo’li bilan tekshiriladi yoki profilometr bilan nazorat qilinadi. Ustki va pastki o’tkazish poyaschalarining traktor gilzalarining ichki sirtiga nisbatan tepishi 0,1mm dan oshmasligi kerak (devorning turlichaligi yaqqol sezilib turgan joylar belgilab qo’yiladi) devorning turlichaligi mahsus moslama indikator bilan yoki shatunlarni tekshirishga mo’ljallangan asbobda tekshiriladi.

Detal birikmalarni tartibli qilib ajratishni texnik nazorat qilish davri defektovka qilish deyiladi.

Detalni defektovka qilishda yeyilish mikdoriga qarab remont qilmasdan yaroqlikka ajratiladi. Bloklarni defektovka qilish ishi KP-04-06 stendida gidravlik sinash ishidan boshlanadi. Blokni stendga mahkamlash ishida, tashqi teshigi qopqoq bilan berkitiladi. Stenddagi nasos yordamida blok teshiklari va golovka ichki yo’llari suv bilan to’ldiriladi va 0,4-0,5MPa bosim hosil qilinadi.

Bosim manometr yordamida nazorat qilinadi. Sinov 5 minut ichida o’tkaziladi. Turtkich qo’yiladigan teshikdagi vtulka taqsimlash vali vtulkasi, oraliq shesternya barmog’i yeyilishi indikatorli nutromer yordamida o’lchanadi, qaysiki ikkita tekislikda va ikkita kesimda. Yeyilgan silindrlar GOST 18509-80 bo’yicha o’lchanadi va tekshiriladi. Silindrlarning ichki diametri 4 ta tekislikda va kamida 7 kesimda o’lchanadi.

Dvigatel silindrlarini tiklash. Ishni bajarish tartibi. Silindrlarni ishchi sirtlarini holatini tekshiriladi va hamma silindrlarni xar xil tekislikda va navbatdagi remont o’lchami aniqlanadi. Yo’niladigan blok yoki gilza moslama yordamida 278N tipli stanok stoli ustiga o’rnatiladi, shu tariqa yo’niladigan silindr shpindel yoniga joylashtiriladi. Shpindel silindr ichiga tushiriladi va markazga keltiriladi, ya’ni sterjenni vintini jilvirish bilan birga shpindelni bir vaqtda aylantirish orqali shpindelni quyi silindr o’qi bilan ustma-ust tushadi. Silindrlar bloki stol ustida erkin xarakatlanadi. Blokni yana ham aniqroq o’rnatish uchun shpindel o’qi atrofida soat tipidagi indikatorli moslamadan foydalaniladi.

Blokni markazga keltirgandan keyin dastgox ustuniga mahkamlab qo’yiladi.

Rezetsni o’lchamga sozlash uchun quyidagi formuladan foydalanamiz:



bu yerda:R- Mikrometr rastvor o’lchami, mm

Ds-silindr diametri,mm

Dg-qirqadigan golovka diametri, mm

K-xonigovaniya qilish uchun quyim 0,05-0,07mm

Rezets yo’niladigan o’lchamga qo’yiladi. Keyin jadval bo’yicha qirqish rejimi tanlanadi va stanokni shpindelini aylanish chastotasi hisoblanadi.

bu yerda :V- qabul qilingan qirqish tezligi.

Silindrlarni yo’nishda qirqish rejimi.

1- jadval



Ishlov beriladigan material

Asboblar qirquvchi material

Yo’nish ko’rinishi

Qirqish rejimi

Tezlik m/s

Qirqish chuqurligi, mm

Uzatish mm/ayl

Legirlanmagan cho’yan

Qotishmadan tayyorlangan plastina

Xomaki toza

0,34...0,5 0,37...1.0

2...4

0,25


0,3-0,7

0,1-0,4


Dastgoxni pasporti bo’yicha shpindelni aylanishlar chastotasini tanlaymiz. Yo’nish ishi silindrni boshidan oxirigacha bir o’tishda bajariladi. Blokni boshqa silindrlari ham shu bir hil o’lchamda yo’niladi. Silindr yo’nilgandan keyingi konussimonligi va ovvaligi silindrni to’la uzunligiga 0,03 mm gacha ruxsat etiladi. Sirtni gadir- budirligi 6-chi klassdan kam bo’lmasligi kerak. Kesilgan silindrlarga ohirgi ishlov beriladi (xoninglash) Xoninglash ishi 38-39M markali dastgoxda o’tkaziladi. Xoniglash ishida abraziv yoki olmosli toshlar ishlatiladi va ular mahsus golovkalarga mahkamlanadi. Xoning qilingandan keyingi sirtni tozaligi 3-chi klassga javob berishi kerak. Silindrni avvalgi 0,02-0,03 mm dan oshmasligi kerak.


5.OLINGAN NATIJALAR.
5.1.Olingan natijalarga asosan yeyilishni xarakterini va dvigatel bloklarini yorilgan joylarini aniqlang.

5.2.Gilza silindrlarini ovalligini aniqlang (ovallikni A-A,B-B,V-V,G-G, qirqimlardagi o’lchamlarni farqlari bo’yicha oling). (200-15)g

5.3.Konussimonlik quyidagi formula bilan hisoblanadi:


bu yerda :D-chuqurlik boshidagi o’lcham 15mm

d -chuqurlik oxiridagi o’lcham 200mm

5.4.Silindrlarni remont o’lchamiga yoki nominal o’lchamiga tiklash texnologiyasini ishlab chiqing.

5.5. Silindrlarni yo’nish va xoning qilish bo’yicha to’la yozuv qismini tuzing.
O’LCHOV NATIJALARI


T/r

Silindr parametrlari

Silindrlar

1

2

3

4

5

6

7

8

1

Silindrlarni eng katta yeyilgan o’lchami, mm

























2

Tanlab olingan ta’mir o’lchami , mm

























3

Xoninglashdan keyingi o’lcham, mm
























ZMZ-53 Dvigatelini silindr va porshenlario’lchamlari.



O’lcham

O’lcham guruh

Diametr, mm



Silindr, mm

Porshen, mm

Nominal

A

92,000....92,012

91,998....92,000

B

92,012....92,024

92,000....92,012

V

92,024....92,036

92,012....92,024

G

92,036....92,048

92,024....92,036

D

92,048....92,060

92,036....92,048

Birinchi ta’mir

1A

92,048....92,060

92,036....92,048

1B

92,512....92,524

92,500....92,512

1V

92,524....92,536

92,512....92,524

1G

92,536....92,548

92,524....92,536

1D

92,548....92,560

92,536....92,548

Ikkinchi ta’mir

2A

93,000....93,012

92,988....93,000

2B

93,012....93,024

93,000....93,012

2V

93,024....93,036

93,012....93,024

2G

93,036....93,048

93,024....93,036

2D

93,048....93,060

93,036....93,048

7.XULOSA.


Olingan natijalarga qarab o’z fikringizni bildiring, ya’ni qanday qilinsa sifatli remont qilish mumkin.
8.TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR.

1.Silindrlar qanday yeyiladi?

2.Silindrlarni yeyilishi kattaliklari qanday aniqlanadi?

3.Silindrlarni qanday remont qilish usullari bor?



Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish