Mashinasozlik



Download 0,9 Mb.
bet2/3
Sana10.02.2017
Hajmi0,9 Mb.
#2238
1   2   3

Lobaratoriya ishi № 3
Mavzu:Dvigatel tirsakli vallarini nuqsonlarini aniqlash
1. ISHNING MAQSADI:

Detal (val)ni ishchi yuzalarini yeyilish darajasini, ularni o’lchash usullari bilan nuqsonlarini o’rganish, yeyilish xarakterlarini va sabablarini o’rganish.


2. MASHG’ULOT UCHUN TOPSHIRIQLAR.
2.1.Ish joyi bilan tanishish.

2.2.Yeyilgan vallarning bo’yinlarini va chig’anoq uzunliklarini o’lchash.



    1. 2.3.Eyilish sxemasini o’rganish.

2.4.Asbob uskunalardan foydalanishni o’rganish.

2.5.Detallarni saralashni o’rganish.


3.ISH JOYIDAGI KERAKLI JIHOZLAR.
3.1.Tekshirish uchun ma’lum muddatlarda ishlagan turli markadagi

dvigatel vallari.

3.2. Mikrometrlar, indikatorlar, shtangentsirkullar.

3.3. Tirsakli vallar qo’yilgan moslama.

3.4. O’lchash ishlari olib borish uchun verstak.
4. ISHNING MAZMUNI VA BAJARILISH TARTIBI.

4.1. Tirsakli vallarga xos nuqsonlar. Ko’pincha, o’zak va shatun bo’yinlari yeyiladi va shikastlanadi (sirti shilinadi,chuqur chiziqlar tushadi va x.k.)

taqsimlash shesternyasi, maxovik, shkivlar o’rnatiladigan joylar yeyiladi, moy qaytarish rezbasi yeyiladi, val toretsidagi sharikli podshipnik turadigan teshik hamda xrapovik qadaladigan rezba yeyiladi yoki shikastlanadi. Maxovik uchun mo’ljallangan flanetsning toretsi urila boshlaydi, undagi maxovikni maxkamlash boltlari o’tadigan teshiklar yeyiladi, val egiladi.

4.2. Tirsakli val bo’yinlari yeyilishini tekshirish. Tirsakli val, ayniqsa, tirsakli valning shatun bo’yinlari bir meyorda yeyilmaydi: uzunligi bo’ylab ular konus shaklini, aylanasi bo’ylab esa oval shaklini oladi. O’zak bo’yinlar yeyilish natijasida faqat oval shaklini oladi. Shatun bo’yinlarining konus shaklida yeyilishiga quyidagilar sabab bo’ladi: detallarni tayyorlash vaqtida yo’l qo’yiladigan to’g’ri

geometrik shakldan og’ish natijasida hosil bo’ladigan qiyshiqliklar; dvigatel ishlagan paytda tirsakli val elastik deformatsiyalanishi; shatun bo’yinlariga moy keladigan kanallarning qiya joylashganligi, bu moyning seperatsiyalanishiga sabab bo’ladi (markazdan qochma kuch ta’sirida abraziv zarrachalar kanalining val aylanish o’qidan uzoqroq devoriga o’tiradi). Abraziv zarrachalarning asosiy qismi moy kanalidan chiqib, kanal qiyshaygan tomonining qarama-qarshi tomoniga yo’naladi, natijada bo’yinning ana shu qismi jadal yeyiladi.

Bo’yinlarni oval shaklida yeyilishiga sabab gazlarning bosimi va krivoship-shatunli mexanizm detallarining inertsiya kuchi ta’sirida vujudga keluvchi ishorasi o’zgaruvchan yuklanishlardir. Shatun bo’yinlari valning aylanish o’qiga qaragan tomonida eng ko’p yeyiladi. Tirsakli val bo’yinlarining holati yaxshilab yuvilgandan so’ng tekshiriladi. Bo’yinlarni ta’mirlanishi talab qiluvchi sidirilishlar, chuqur chiziqlar va boshqa nuqsonlar bo’lmasa o’lchamlarni tekshirishga kirishiladi. Ovallik va konuslik kattaligini aniqlash uchun bo’yinlar diametrini mikrometr bilan I-I va II-II kesimlarda o’lchanadi. Bu kesimlar bo’yin chetlaridan 10 mm qo’yib olinadi. Bo’yinlarning o’lchamlari ikki o’zaro perpendikulyar tekisliklar A-A va V-V da ham o’lchanadi. Bu tekisliklardan biri valning simmetriya tekisligi ustiga tushadi.

Tirsakli val bo’yinlarini charxlash yoki charxlamaslik ularning umumiy texnik holatiga qarab aniqlanadi. Agar bo’yinlarning ovalligi va konusligi hamda podshipniklardagi tirqishlar oraligi ko’rsatilgan qiymatlardan oshmasa, shuningdek bo’yinlarda sidirilish, chuqur chiziqchalar, yoriqlar va boshqa nuqsonlar bo’lmasa, tirsakli val bo’yinlari charxlanmaydi va bundan keyingi ishlatishga yaroqli hisoblanadi (odatda shatun, bo’yinlarining ovalligi 0.05-0.06 mm gacha, o’zak bo’yinlariniki -0.06-0.08 mm. gacha, dvigatellarning turli tiplari uchun shatun podshipniklaridagi tirqish 0.015-0.25 mm. o’zak podshipniklaridagi tirkish -0.25-0.30 mm bo’lishiga yo’l qo’yiladi).

Bu shartlar valning podshipniklar bilan komplektligi saqlangan holda, ya’ni bir-biriga moslashgan juftlar mavjud bo’lgan xoldagina yaroqli hisoblanadi. Vkladishlar almashtirilgan yoki podshipniklar qo’yib tiklangan holda tirsakli val bo’yinlari va podshipniklaridagi tirqishlar normal texnik shartlarga mos kelishi lozim.

Tirsakli valning chig’anag’ini uzunligini aniqlash uchun uni pastki holatidagi o’lchami ( r) va yuqori xolatdagi o’lchami (N) aniqlanadi.

Tirsakli valni chig’anog’ini uzunligini aniqlash. Kesim chig’anoq uzunligi

( r ) quyidagicha aniqlanadi.


N


h

Rasm 3. Tirsakli val chig’onog’ini aniqlash moslamasi


1-jadval

Dvigatel tirsakli vali bo’yinlarining o’lchamlari




Bo’yinni kesimlar

dagi o’lchami


O’lchashning turi



Bo’yinni o’lchash natijasi, mm

Shatun uchun bo’yin

Tayanch uchun bo’yin

1

2

3

4

1

2

3

4

1

Oldingi


Tirsak tekisligidagi tirsak tekisligiga perpendikulyar farq (ovalnost)

























2

O’rtasi


Tirsak tekisligidagi tirsak tekisligiga perpendikulyar farq (ovalnost)

























3

Ketidan


Tirsak tekisligidagi tirsak tekisligiga perpendikulyar farq (ovalnost)
























5. OLINGAN NATIJALAR.

2-jadval

Tirsakli valni o’lchashdan olingan ma’lumotlarni quyidagi jadvalga joylashtiring.




Bo’yinning diametri, mm

Farq,mm ovallik

Konuslik ,mm

Chi


g’a

noq uzunligi


Tirsak tekkis

ligida

Perpendikulyar

Tekislikda


Tir

sak tekisligida



Tirsak

ka per


pendikulyar tekislikda

Tirsak tekisli-gidagi

Tirsak-ga perpendikulyar tekis-likda

(1) oldin

gi


(2) o’rtacha

(3) keyingi

(1)

Oldin


gi

(2)

o’rtasi


(3) keyingi















































































6.XULOSA
Olingan natija asosida o’z fikringizni ayting.


7. TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR.
1. Tirsakli vallarga hos qanday nuqsonlarni bilasiz.

2. Tirsakli val bo’yinlari nima uchun bir hilda yeyilmaydi.

3. Tirsakli vallarni yeyilganligini qanday tekshirish mumkin.

4. O’lchash ishlarida qanday xavfsizlik qoidalariga rioya qilish kerak.


Laboratoriya ishi № 4

Mavzu: Dvigatel tirsakli vallarini tiklash texologiyasini o’rganish.

1. ISHNING MAQSADI:


Detal (val)ni ishchi yuzalarini yeyilish darajasini, ularni o’lchash usullarini o’rganish, yeyilish xarakterlarini va sabablarini o’rganish. Tiklash texnologiyalari bilan tanishish.
2. MASHG’ULOT UCHUN TOPSHIRIQLAR.
2.1.Ish joyi bilan tanishish.

2.2.Yeyilgan vallarning bo’yinlarini va chig’anoq uzunliklarini o’lchash.



    1. 2.3.Eyilish sxemasini o’rganish.

2.5.Tiklash texnologiyasi turlarini tog’ri tanlashni bilish.
3.ISH JOYIDAGI KERAKLI JIHOZLAR.
3.1. Tekshirish uchun ma’lum muddatlarda ishlagan turli markadagi

dvigatel vallari.

3.2. Mikrometrlar, indikatorlar, shtangentsirkullar.

3.3. Tirsakli vallar qo’yilgan moslama.

3.4. O’lchash ishlari olib borish uchun verstak.
4. ISHNING MAZMUNI VA BAJARILISH TARTIBI.
Hozirgi vaqtda avtomobillarning ishdan chiqqan detall va uzellarini, yangi detall va uzellarga almashtirishdan ko’ra ularni qayta ta’mirlab ishlatish keng tarqalmoqda.

Avtomobil detallarini qayta ta’mirlashning afzalligi shundaki:



  • Qimmatbaho bo’lgan material tejaladi,

  • Mehnat sarfi kamayadi,

  • Texnologik jarayon arzon turadi,

Detallarni qayta ta’mirlash bir qancha usullarini mavjud. Masalan: Plastik gaz yordamida termik ishlash galvaniq yoki kinematik qoplama qoplash sintetik materiallarni qo’llash hamda mexanik ishlov berish. Ma’lumki avtomobillarning tirsakli vallari bo’yin qismlari ishlash jarayonida yeyiladi. Eyilish natijasida ruxsat etilgan o’lchamdan chetga chiqadi. Natijida ularga qayta ishlov berib ta’mirlanadi. Vallarning ta’mirlanishi bo’yin diametrlarini 1 mm gacha mexanik ishlov berish yo’li bilan bajariladi. Vallarning bo’yin qismi diametri 1 mm dan ortiq kamaysa val yaroqsiz xolatga o’tadi.

Bunday vallarni qayta ta’mirlashda quyidagi texnologiyalar keng qo’llaniladi:



  • Payvandlab qayta tiklash,

  • Koplama bilan koplab, qayta tiklash,

  • Sintetik material bilan qayta tiklash texnologiyasi.

Lekin hozir payvandlab qayta tiklash usuli keng foydalaniqmoqda. Valning yeyilgan bo’yin qismlari tozalanadi, so’ngra gaz payvandlash dastgoxi yordamida bo’yin qismiga metall eritilib qoplanadi. Eritilayotgan metall materiali val materiali bilan bir xil bo’ladi.

Qoplangan bo’yin qismlari kerakli o’lchamlarni olgach unga termik ishlov beriladi. So’ngra mexanik ishlov yordamida val qayta ta’mirlanadi.

Tirsakli vallarni qayta ta’mirlashda quyidagi yo’nalish kartasidan foydalaniladi.



Opera - tsiya

Operatsiya nomi

Kerakli asbob va

uskunalar



001

005


010

015


020

025


030

035


040

Markaziy teshiklar va bo’yin qism tozlana.

Bo’yinlarni metall bilan qoplash

Press yordamida valni to’g’rilash

Temirlik ishlov berish

Press yordamida valni to’g’rilash

Tokarlik operatsiya

Jilovlash operatsiyasi

Valni balansirovka qilish

SUPER FINISH Nazorat


Tokarlik stanok

Gaz payvandlash dastgoxi Press

Termik pech.

Press


Tokarlik stanok

Dumolok jilvirlash stan

Muvozanatlovchi dastgox Xong stanogi Stol otk.


5. OLINGAN NATIJALAR.

2-jadval

Detalning eski izi

Operatsiyaning nomi

Asosiy o’tishlar

Dastgox

Moslama

Asboblar




































1) Valning yeyilgan bo’yin qismlari tozalanadi.

2) Gaz alangasida payvandlash dastgoxi yordamida bo’yin qismiga metal eritilib qoplanadi.

3) Qoplangan bo’yin qismlari kerakli o’lchamlarni olgan unga termik ishlov beriladi.

4) Mexanik ishlov yordamida val qayta ta’mirlanadi.

5) Zarur o’lchamlarni aniqligi o’lchov asboblari orqali tekshiriladi.

6) Valni qayta tiklash texnologik jarayoni kartasi tuzliladi 2-jadval.
6.XULOSA

Olingan natija asosida o’z fikringizni ayting.


7. TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR.

1. Tirsakli vallarga hos qanday tiklash usullarini bilasiz.

2. Tirsakli val bo’yinlari yeyilish sabablari.

3. Tirsakli vallarni yeyilganligini qanday tekshirish mumkin.



Laboratoriya ishi № 5

Mavzu: Dvigatel tirsakli vallarini o’zak va shatun bo’yinlarini payvandlash

usuli bilan tiklash texologiyasini o’rganish
1.ISHNING MAQSADI.

  1. Elektrokantakt usulida payvandlash jarayonining mohiyati bilan tanishish.

  2. Elektrokontakt usulida payvandlashning turlari, jihozlari va ishni o’rganish.

  3. Elektrokontakt payvandlash usulining qo’llanish sohalari, afzalliklari va kamchiliklari bilan tanishish.

2. MASHG’ULOT UCHUN TOPSHIRIQLAR.

2.1.Ish joyi bilan tanishish.


    1. 2.2.Eyilish sxemasini o’rganish.

    2. 2.3.Tiklash texnologiyasi bilan tanishish.

2.4.Asbob uskunalardan foydalanishni o’rganish.
3. ISH JOYIDAGI KERAKLI JIHOZLAR.

3.1. Tekshirish uchun ma’lum muddatlarda ishlagan turli markadagi

dvigatel vallari.

3.2. Mikrometrlar, indikatorlar, shtangentsirkullar.

3.3. Tirsakli vallar qo’yilgan moslama.

3.4. Elektrokontakt usulida payvandlash uskunasi.


4. ISHNING MAZMUNI VA BAJARILISH TARTIBI.

4.1.Umumiy ma’lumotlar: metallarning payvandlanadigan joylarini bosim bilan bir-biriga qisib, ular orqali elektr toki o’tkazib, qizdirish yo’li bilan olib boriladigan payvandlashga elektrokontakt usulida payvandlash deyiladi.


1 – rasm.


Elerokontakt usulida payvandlash sxemasi.

1-transformator; 2-egiluvchi o’tkazgich; 3-4-tok uzutuvchi simlar; 5-6-elektrodlar; 7-8-payvandlanayotgan detallar; 9-qayta ulagich; 10-kontaktor; 11-vaqt sozlagichi.

Elektrod toki o’tishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik miqdori quyidagi ifoda bilan aniqlanishi mumkin.


Q = L2 · R · t , joul
bu yerda J - tok kuchi, A;

R - detallarning bir-biriga qisib turilgan joyidagi

qarshiligi, Om;

t - tok kuchining tahsir etish vaqti, s


Ifodadan ko’rinib turibdiki, ajralib chiqayotgan issiqlik miqdori tok kuchining kvadratiga bog’liq ekan. Shuning uchun detalning payvandlanadigan joyi juda tez qizishini ta’minlash uchun tok kuchini bir necha o’n ming ampergacha kattalikda olinadi. Bundan tashqari, tok kuchi o’tadigan yuzaning /F/ kichikldigi hisobiga

/ ifodaga qarang/

R = m

va zona harorati ortishi bilan qarshilik ortadi. Bularning hammasi detalning payvandlanadigan zonasini juda ham qisqa (soniyaning o’ndan bir va mingdan bir qismi ) vaqt ichida kerakli haroratgacha qizishini ta’minlaydi.

Elektrokontakt usulida payvandlash rejimi ko’rsatkichlariga tok kuchi, uning ta’sir etish vaqti, bosim kuchi va uning ta’sir etish vaqti kiradi.

Elektrokontakt payvandlash usuli ish unumining yuqoriligi, payvand tok sifatining yaxshiligi, jarayonni keng miqyosda mexnizatsiyalash va avtomatlashtirish mumkinligi payvandlash narxining arzonligi kabi ko’rsatkichlariga ko’ra mashinasozlikda va qurilishda po’lat va rangli metall qotishmalaridan ajralmas konstruktsiyalar olishda undan keng foydalanilmoqda. Keyingi vaqtlarda bu usul qishloq xo’jalik mashinalarini ta’mirlashda yeyilgan yuzalarni qayta tiklashda zamonaviy usullar qatoriga kirib kelmoqda.

Elektrokontakt usuli payvand chok olish usuliga ko’ra quyidagi asosiy xillarga ajratiladi.

1. Uchma-uch 2- rasm

2. Nuqtaviy 3- rasm

3. Rolikli 4- rasm

Uchma-uch payvandlashda birikma ikkala detal uchlarining yon yuzalarini bir-biriga payvandlanishidan hosil bo’ladi. bu usul bilan trubalar, relslar, zanjirlar, parmalar va boshqalar payvandlanadi.

Nuqtaviy payvandlashda uchlari kichik yuzali elektrod yordamida detallar bir-biriga qattiq qisib, ular orqali tok o’tkazib, birikma hosil qilinadi. Nuqtaviy payvandlash avtotraktor va qishloq xo’jalik mashinasozligida kabinalar, kuzovlar, don, urug’, o’g’it solinadigan idishlar va boshqalar tayyorlashda qo’llaniladi.

Rolikli payvandlashda payvand chok aylanuvchi qator payvand nuqtada bir-birini ma’lum miqdorda bosib tushuvchi qator payvand nuqtalar sifatida qilinadi. Payvand nuqtalarning bir-biriga nisbatan joylashishiga qarab, chok uzluksiz va uzlikli bo’lishi mumkin.

Bu usul bilan sanoatda suyuqlik quyiladigan idishlar, truba kabilar tayyorlashda, shuningdek, mashinalarni ta’mirlash jarayonida detallarning yeyilgan yuzalarini qayta tiklada foydalaniladi.Yuzalarini qayta tiklashga mo’ljallangan 011-1-02 “Remdetal” qurilmasi keltirilgan.

Qayta tiklanadigan detal shpindel va markaz bilan ushlab ma’lum tezlikda aylantiriladi. Tezligi avtomatik ravishda boshqariladigan aravachada payvandlash kallagi joylashgan bo’lib, uning ikkita roligi bor.

Bu usul detallarning yeyilgan yuzalariga metall simi, lenta yoki kukunini tokning kuch impulslari yordamida qoplashga asoslangan.





2 – rasm. Nuqtaviy payvandlash sxemasi (a) va payvandlangan nuqtalar (b).




3 – rasm. Rolikli payvandlash sxemasi (a) va payvand chok (b).


4
-rasm. 011-1-02 “Remdetal” elektrokontakt payvandlash qurilmasi.
Ketma-ket berib turiladigan tok impulsi detalning qayta tiklanadigan butun yuzasida vintsimon chiziq bo’ylab joylashgan va bir-birini har tomondan qisman bosib tushuvchi payvand nuqtalar hosil qiladi. Bunga detalning aylanma va qurilma aravachasining bo’ylama xarakati hisobiga erishiladi. Detalning ortiqcha qizishiga yo’l qo’ymaslik va payvandlangan qatlamni toblash maqsadida payvandlash zonasiga sovituvchi suyuqlik yuborib turiladi.

5. ISHNI BAJARISH TARTIBI

1. Elektrokontakt usulida payvandlash jarayonining mohiyati qisqa yoziladi.

2. Elektrokontakt usulida payvandlash turlarining sxemasi chiziladi.

3. 011-1-02 “Remdetal” elektrokontakt payvandlash qurilmasining tuzilishi va ishlash qoidasi o’rganiladi.

4. Namunaga po’lat lentani payvandlab,sifati tekshiriladi.

5. Payvandlangan yuza ishchi o’lchamigacha jilvirlanadi.

6. Ish yuzasidan xulosa yoziladi.


6. XULOSA

Olingan natija asosida o’z fikringizni ayting.


7.TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR.

  1. Elektrokontakt usulida payvandlashning fizik mohiyatini aytib bering?

  2. Elektrokontakt usulida payvandlashning qanday turlari mavjud?

  3. Payvandlash usuliga ko’ra rolikli mashinalarning qanday turlari mavjud?

  4. Detallarni qayta tiklashda ularning yeyilgan yuzalariga qoplash uchun qanday materiallardan foydalaniladi?



Laboratoriya ishi № 6

Mavzu: Dvigatel gaz taqsimlash vali nuqsonlarini aniqlash.

1.ISHNING MAQSADI:

Detal (val) ni ishchi yuzalarini yeyilish darajasini, ularni o’lchash usullari bilan nuqsonlarini o’rganish, yeyilish xarakterlarini va sabablarini o’rganish.
2. MASHG’ULOT UCHUN TOPSHIRIQLAR.

2.1.Ish joyidagi jixozlar bilan tanishing.

2.2.Detallarni nazorat qilish va tekshirish bo’yicha o’lchash ishlarini bajaring.

2.3. Val nuqsonlarini o’lchash usuli bilan aniqlang.


3.ISH JOYIDAGI KERAKLI JIXOZLAR:

3.1. Tekshirish uchun ma’lum muddatlarda ishlagan turli hil taqsimlash vallari.

3.2. Mikrometrlar, indikatorlar, shtangentsirkullar va lupa (x30)

3.3. Pnevmatik pribor.

3.4. O’lchash ishlari olib borish uchun verstak..
4.ISHNI MAZMUNI VA BAJARISH TARTIBI.

Taqsimlash vallari 15X,15HM,12XHZA,18XGT,40 selekt,45,40X,45X markali po’latlardan, shuningdek legirlangan cho’yanlardan tayyorlanadi.Tayanch bo’yinlarining,kulachoklarning,ekssentrik ish sirtining qattiqligi 51-63 HRC bo’ladi.

Taqsimlash vallarining egilish va buralishga bikrligidan kichik bo’lganligidan uning

Aniqlik xarakteristikalarini tiklash vaqtida qo’shimcha qiyinchiliklar yuzaga keladi.


1-jadval

Taqsimlash vallarining aniqlik tavsiflari




Taqsimlash valining elementi

Parametrlari

Tehnik talablarning ruxsat etilgan qiymatlari

Tayanch bo’yinlar

1.Ishlov berish aniqligi

2.Sirtning g’adir-budirligi

3.Ovallik va konussimonlik

4.Radial yo’nalishda tepishi



6-7 kvalitet

Ra=0.32-0.63 mm

Ko’pi bilan 0.01 mm

0.015-0.025 mm



Kulachoklar

1.Simmetriya o’qining nominal xolatdan og’ishi

2.Profilning nazorat qilish nuqtalaridan og’ishi

3.Kulachok yasovchisining val o’qiga nisbatan og’ish burchagi

4.Sirtning g’adir- budirligi


± (30'-1°30')


± (1°-2°)

± (8'-16')

Ra=0.8-1.25mm


Bo’yinning tiraladigan toresi

1.Yasovchiga nisbatan perpendikulyarmasligi

2.Tores sirtining g’adir-budirligi


0.02-0.03mm


Ra=0.8-1.25mm

Kulachok va bo’yinlarning ish sirtlarining yeyilishi, valdagi darz ketgan, singan va egilgan joylar, shikastlangan rezbalar uchrashi taqsimlash vallarining o’ziga xos nuqsonlari xisoblanadi.

Aniqlanadigan nuqsonlar:kulachoklarning yeyilishi, valning egilishi, ekssentrikning yeyilishi, rezbali teshiklarning yeyilishi, shesterniya turgan bo’yinlarning yeyilishi, tayanch bo’yinchalarning yeyilishi, darzlar va yorilib tushishlar.


OLINGAN NATIJALAR.

2-jadval



Taqsimlash valining elementi nuqsonlari

Parametrlari

Aniqlangan qiymatlar

Tayanch bo’yinlar

1.Sirtning g’adir-budirligi

2.Ovallik va konussimonlik

3.Radial yo’nalishda tepishi





Kulachoklar

1.Simmetriya o’qining nominal xolatdan og’ishi

2.Profilning nazorat qilish nuqtalaridan og’ishi

3.Kulachok yasovchisining val o’qiga nisbatan og’ish burchagi

4.Sirtning g’adir- budirligi






Bo’yinning tiraladigan toresi

1.Yasovchiga nisbatan perpendikulyarmasligi

2.Tores sirtining g’adir-budirligi






6. XULOSA


Olingan natija asosida o’z fikringizni ayting.
7.TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR.


  1. Taqsimlash vallarida uchraydigan nuqsonlarni aytib bering.

  2. O’lchash vaqtida qanday asboblardan foydalaniladi.

  3. Qanday nuqsonli vavvar ishlatishga yaroqli xisoblanadi.


Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish