O b’ekt qo‘yish. Foydalanuvchi uchun yana bir imkoniyat – ihtiyoriy ob’ektni qo‘yish imkoniyati mavjud. Bu ishni «Вставка» menyusining
«Объект¼» bo‘limi yordamida amalga oshirish mumkin. «Объект» bo‘limi tanlangach ekranda shu bo‘limga oid muloqot oyna xosil bo‘ladi.
Bu oyna yordamida «Вставка» menyusida mavjud
bo‘lmagan elementlarni, masalan, Photoshop, Media Clip, formula redaktori, harita, videokliplar, diagrammalar, Photo Editor lari, MIDI fayllari, kalendarlar va boshqalarni qo‘yish mumkin bo‘ladi. Buning uchun esa ro‘yhatdagi elementlarning keraklisini tanlab, «OK» tugmachasini bosish yetarli. Agar biz istagan element ro‘yhatda kiritilmagan bo‘lsa, uni oynaning «Создание из файла » bo‘limidan qo‘yishimiz mumkin. Buning uchun «Имя файлa:» satriga fayl joylashgan yo‘l va nomi kiritiladi. Agar fayl joylashgan yo‘l yoki fayl nomi aniq bo‘lmasa, u holda «Обзор» elementi yordamida qidirib topish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |