Elektron sahifada «Рамка» dan foydalanish. Menyuning «Вид» bo‘limidan «Панели инструментов» ni tanlaymiz. Undan «Рамки» panelini faollashtiramiz. Word oynasining panellari qatorida «Ramka»ga oid uskunalar paneli ham hosil bo‘ladi.
Xosil bo‘lgan oynalarning parametrlarini to‘g‘rilab chiqiladi, ya’ni oynaning yangi xosil qilingan qismda joylashgan ramkaga biror fayl joylashtiriladi. Buning uchun kerakli ramkani tanlab sichqonning o‘ng tomonini bosamiz. Xosil bo‘lgan kontekstli menyudan «Свойства рамки¼» ni tanlasak ushbu muloqot oyna xosil bo‘ladi. «Начальная страница » satriga joylashtirilishi kerak bo‘lgan fayl nomi yoziladi. «Имя:» satriga esa ihtiyoriy nomlarni qo‘yish mumkin.
A gar ramkaning o‘lchamlari brauzer o‘lchamlarining o‘zgarishiga bog‘liq ravishda o‘zgarishi kerak bo‘lsa, u holda o‘lcham parametrlari joylashgan bo‘limda
-
«единицы» satrida «протест» birligini tanlab, ramka kengligini belgilovchi «ширина» va balandligini belgilovchi «высота» satrlariga butun oynaning necha foizini tashqil etishi kiritiladi. Agar tahrirlash jarayonida ko‘rsatilgan o‘lcham har qanday holatda ham o‘zgarmay qolishi kerak bo‘lsa, u holda «единицы» satrida «Сантиметры» birligini tanlab, ramka kengligi va balandligini santimetrlarda ko‘rsatib qo‘yiladi. Ramka xususiyatlarining «Границы» qismida ramkaning chegaralari xususiyatlari belgilanadi. Agar xosil qilinayotgan sahifada ramka chegarasi ko‘rsatilishi shart bo‘lmasa «границы отсутствуют»ni tanlaymiz, aks holda esa «показать границы всех рамок»ni tanlaymiz. Ramkaning qalinligi «ширина границы» satrida, rangi esa «свет границы» satrida ko‘rsatiladi. Elektron sahifani brauzer orqali ochganda ramkalarning o‘lchamlarini o‘zgartirish mumkin. Buning uchun «разрешить изменениеразмеров» satri yozilgan tanlash katagiga belgi qo‘yish lozim, aks holda ramkaning o‘lchamlarini o‘zgartirish mumkin bo‘lmay qoladi. Agar sahifadagi yozuvlar miqdori ko‘p bo‘lib, ularning bir qismigina ko‘rinib turadigan bo‘lsa, u holda sahifani varaqlash uchun maxsus element — sahifani oynada vertikal yoki gorizontal yo‘nalishda harakatlantiruvchi «g‘altak» kerak bo‘ladi. Uni o‘rnatish uchun «показывать полосы прокрутки»da kerakli parametrni qo‘yish kerak. Agar «При необходимости» elementi tanlansa, yozuvlar miqdori oz, ya’ni oynaga sig‘adigan bo‘lsa, «g‘altak» ko‘rinmaydi, yozuvlar miqdori oynaga sig‘may qolsa, «g‘altak» xosil bo‘ladi. «g’altak» oynada doimo ko‘rinib turishi uchun «Всегда» elementi tanlanadi. Agar «g‘altak» bo‘lishi muhim bo‘lmasa, u holda «никогда» elementi qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |